Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi — Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari
16 fevral 2022, 16:40

Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi — Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari

«Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi», — deya ma’lum qildi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. «Gazeta.uz» e’lon qilgan maqoladan keyin hokimlik ko‘chani rekonstruksiya qilish loyihasiga o‘zgartishlar kiritdi — u yerga avtobuslar uchun yo‘lak qo‘shildi va chorrahalardan biri o‘zgartirildi.

Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi
16 fevral 2022, 16:39

Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi

Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘n kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qo‘y va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berdi. Bu maqsadlarga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Undan tashqari, soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo‘y va echkichilik xo‘jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ida ortda qolayotgan hududlarni sanab o‘tdi
16 fevral 2022, 16:30

Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ida ortda qolayotgan hududlarni sanab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, pandemiya va iqlim o‘zgarishi sharoitida dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilib borayotgan bir vaqtda, ayrim tuman hokimlarida aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish uchun qanday tizimli ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida aniq tasavvur yo‘q. Shu sababli, viloyat hokimlariga bir oyda o‘zgarish qilmagan tuman hokimlarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi.

«3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmadim». Toshkent hokimi homiylik, Akfa va Artel haqida
16 fevral 2022, 16:23

«3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmadim». Toshkent hokimi homiylik, Akfa va Artel haqida

Toshkent hokimi oldin ishlagan kompaniyalari Artel va Akfa tomonidan shaharga ko‘rsatilayotgan homiylik yordami haqidagi savollardan charchaganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar ba’zi aktivlarini sotib, mablag‘larni shahardagi loyihalarga homiylik qilishga yo‘naltirmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev qilgan savob ishlari haqida hech kimga aytmaganligini, bu haqida afsuslanishini bildirdi. «3,5 yil ishlagan bo‘lsam, davlatning bir so‘m puliga ham xiyonat qilganim yo‘q», — dedi u.

Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
16 fevral 2022, 15:52

Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi.

Diniy masalada munosabat bildirganda xolis bo‘lishni so‘raymiz — Din ishlari qo‘mitasi
16 fevral 2022, 15:39

Diniy masalada munosabat bildirganda xolis bo‘lishni so‘raymiz — Din ishlari qo‘mitasi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ayrim diniy soha vakillari O‘zbekistonning din sohasidagi davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunishi va baholashini, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilishini ta’kidladi. Oldinroq Toshkent shahar imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov adliya vaziri Ruslanbek Davletovning «do‘zaxga kirish-kirmaslik tanlovini odamlarning o‘ziga qo‘yib beringlar» degan so‘zlariga qarshi chiqqan edi.

O‘zbekistonda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tashkil etilmoqda
16 fevral 2022, 13:16

O‘zbekistonda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi. Inspeksiya Davlat budjeti mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida ishlaydi.

G‘afur G‘ulom bog‘ini yozda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda
16 fevral 2022, 12:06

G‘afur G‘ulom bog‘ini yozda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda

G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management kompaniyasi vakilining aytishicha, bog‘ni 2022 yil yozida ochish rejalashtirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga 4 mln dollar sarmoya kiritilgan. Avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kompaniyani sarmoyaviy majburiyatlarni bajarmayotgani uchun tanqid qilgan edi.

Buxoro neft bazasida 22 mlrd so‘mdan oshiq xato-kamchiliklar aniqlandi
16 fevral 2022, 11:41

Buxoro neft bazasida 22 mlrd so‘mdan oshiq xato-kamchiliklar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarda «Buxoro neft bazasi»da 22 mlrd 58 mln so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlandi. Holatlarning asosiy qismi bazaning sobiq bosh hisobchisi ishtirokida amalga oshirilgani aytilmoqda. Shuningdek, neft bazasida 5,5 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuvi, qarindosh-urug‘chilik va 3,4 mlrd so‘mlik talon-taroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Pekin-2022: Komiljon To‘xtayevning natijasi inobatga olinmadi
16 fevral 2022, 11:34

Pekin-2022: Komiljon To‘xtayevning natijasi inobatga olinmadi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi sportining slalom yo‘nalishida Komiljon To‘xtayev 42-natijani qayd etdi. Biroq, dasturdagi texnik xato tufayli uning natijasi hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Shu bilan uning Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi.

ISHID a’zosi ekanligi gumon qilinayotgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
16 fevral 2022, 10:53

ISHID a’zosi ekanligi gumon qilinayotgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

DXX ISHID safida jangovor harakatlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi. Uning hali ham «jihod» qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmagani aytilmoqda.

«Chiroyli qilishimga vaqt bering». Jahongir Ortiqxo‘jayev — Kosmonavtlar maydoni rekonstruksiyasi haqida
16 fevral 2022, 10:40

«Chiroyli qilishimga vaqt bering». Jahongir Ortiqxo‘jayev — Kosmonavtlar maydoni rekonstruksiyasi haqida

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Kosmonavtlar maydonini «chiroyli qilish uchun» unga 10 kun vaqt berishlarini so‘radi. «O‘n kun sabr qiling. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, meni har qancha ayblashlaringga roziman», — degan shahar hokimi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishlar olib borilishi jarayonida qonunchilik buzilganini tasdiqladi.

Abdulla Qodiriy bog‘idagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgan — Ekologiya boshqarmasi
16 fevral 2022, 10:29

Abdulla Qodiriy bog‘idagi daraxtlar noqonuniy ko‘chirilgan — Ekologiya boshqarmasi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Abdulla Qodiriy bog‘idagi 64 tup daraxt noqonuniy ko‘chirilganini ma’lum qildi. Taraxtlarni ko‘chirib o‘tqazgan tadbirkorga nisbatan 1,35 mln so‘m miqdorida jarima tayinlandi. O‘simlik dunyosiga 7,6 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Koronavirusning kunlik holatlari 300dan pasaydi
16 fevral 2022, 10:26

Koronavirusning kunlik holatlari 300dan pasaydi

15 fevral kuni O‘zbekistonda 296 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi. 2 nafar bemor vafot etdi, 52 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi — DXX
16 fevral 2022, 09:57

Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi — DXX

DXX Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 32 gektar yer maydonini 35 ming dollar evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Sudyalik qasamyodini buzgan Buxoro viloyati sudyasi ishdan olindi
16 fevral 2022, 09:41

Sudyalik qasamyodini buzgan Buxoro viloyati sudyasi ishdan olindi

Buxoro viloyati sudining sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Xorazm va Navoiy viloyatidagi sud raislari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.

Qashqadaryoda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro vafot etdi
16 fevral 2022, 08:35

Qashqadaryoda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida mast holda janjal ko‘targani uchun IIBga olib ketilgan 37 yoshli erkak oradan 4−5 soat o‘tib o‘lik holda uyiga qaytarilgani aytilmoqda. Tuman hokimligi uning RSHTTYOIM Qarshi filialida olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Viloyat prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.

Toshkentdagi «Marvarid» uyi oldida joylashgan bog‘ qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
16 fevral 2022, 08:00

Toshkentdagi «Marvarid» uyi oldida joylashgan bog‘ qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Toshkent markazidagi «Marvarid» uyi oldida joylashgan Kosmonavtlar bog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu yerda o‘yin maydonchalari, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi kutilmoqda. Pudratchi sifatida Mimar Group kompaniyasi tanlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 fevral 2022, 22:57

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya Davlat Dumasining Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish qarorini ma’qullagani, Ilon Maskning 5,7 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgani, Mashqlarni yakunlagan Rossiya harbiylarining Qrimni tark etayotgani, Texas bosh prokurori Ken Pakstanning Facebook’ni sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 fevral 2022, 22:00

15 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Gazeta.uz» tahririyatining Shavkat Mirziyoyevga murojaati, Kosmonavtlar maydonidagi ruxsatsiz amalga oshirilayotgan rekonstruksiya, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli Ocard suv brendi, Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytarish uchun ochiladigan jamg‘arma, bojxonada to‘xtatib qolingan 230 kg geroin, Qibrayda yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarilgan o‘quvchi qizlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting