Zarafshon aeroporti qayta ishga tushirilishi mumkin
1 noyabr 2024, 14:30

Zarafshon aeroporti qayta ishga tushirilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Navoiy viloyatida 3 ta korxona ishga tushirilib, 12 ta loyihaning qurilishi boshlandi
1 noyabr 2024, 14:02

Navoiy viloyatida 3 ta korxona ishga tushirilib, 12 ta loyihaning qurilishi boshlandi

Prezident Navoiy viloyatida yangi loyihalarni ishga tushirish marosimida qatnashdi. Xususan, Konimexda yonuvchi slanetslarni qazish va qayta ishlash, Karmanada quyosh foto elektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimi loyihalari qurilishi boshlandi. Navoiy shahrida paxta sellyulozasi korxonasi ishga tushdi.

Toshkent viloyatida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan vafot etdi
1 noyabr 2024, 12:41

Toshkent viloyatida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizni katta umid bilan kutmoqda”. Prezident — saylangan deputatlarga
1 noyabr 2024, 12:34

“Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizni katta umid bilan kutmoqda”. Prezident — saylangan deputatlarga

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda 27-oktabrda o‘tgan parlament saylovi haqida gapirdi. “Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda”, dedi prezident.

Targetga erishish muddati makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik maqsadida uzaytirildi — MB
1 noyabr 2024, 12:22

Targetga erishish muddati makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik maqsadida uzaytirildi — MB

Markaziy bank 5 foizlik inflyatsiya bo‘yicha targetga erishish muddatini uchinchi bor kechiktirdi. MB raisi barqaror institutsional sharoit yaratmay turib, yalpi talabni cheklovchi keskin choralar ko‘rish iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

Prezident Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi
1 noyabr 2024, 12:06

Prezident Navoiy viloyatida 2025-yilni “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” mavzusida prezident sovg‘asi uchun tanlov tashkil etiladi. Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey ochiladi.

Andijonda 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi
1 noyabr 2024, 12:01

Andijonda 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi

Andijon shahrida 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yuborib, joniga qasd qilishga urindi. U kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi
1 noyabr 2024, 11:30

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi

Andijonning Asaka tumanida 1 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketdi. FVB qutqaruvchilari qizni chuqurdan olib chiqdi.

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
1 noyabr 2024, 11:25

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi

“Paxtakor” metro bekatidagi eskirgan eskalator yangilanishi sababli 1-noyabrdan bekatning eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi. Jarayon qachon tugashi ma’lum emas. Metropoliten undan so‘ng Chilonzor yo‘nalishidagi “Mustaqillik maydoni” va “Hamid Olimjon” bekatlaridagi eskalatorlarni ham yangilaydi.

Taksi haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
1 noyabr 2024, 10:50

Taksi haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkent yaqinidagi dalada Yandex Go haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda ulardan biri qarzlari tufayli jinoyatni rejalashtirganlarini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
1 noyabr 2024, 09:54

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona umumfoydalanishdagi tarmoqqa noqonuniy ulanish orqali 1,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi. Toshkentda ishlab chiqarish sexi 578 mln so‘m zarar yetkazdi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi.

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazigan tashkilot 274 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi
1 noyabr 2024, 09:37

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazigan tashkilot 274 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi bo‘yida qum-shag‘al aralashmasi qazib olgan xususiy tashkilot tabiatga 273 mlrd 802 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. U avval ham shu qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortilgan.

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi
1 noyabr 2024, 09:31

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Prezident Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Maqsad — aniq va tabiiy fanlar, IT, iqtisodiyot, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash.

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi
31 oktabr 2024, 23:41

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi

Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia 3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun beton aralashtirgich transportidagi suvdan ham foydalanildi.

Oktabrda dollar kursi qanday o‘zgardi?
31 oktabr 2024, 23:17

Oktabrda dollar kursi qanday o‘zgardi?

So‘m uchinchi oydirki, dollarga nisbatan biroz qadrsizlanmoqda. Oktabr oyi oxirida dollar kursi 59 so‘mga (+0,46%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta o‘tgan yilning shu davridagi 8,8 foizga nisbatan atigi 3,5 foiz devalvatsiyaga uchradi.

To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga oshdi
31 oktabr 2024, 23:02

To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga oshdi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Polsha va BAAdan tushumlar keskin oshdi, Rossiyaning ulushi esa pasayishda davom etmoqda.

2025-yil aprelida gaz va elektr energiyasi tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?
31 oktabr 2024, 22:38

2025-yil aprelida gaz va elektr energiyasi tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?

2025-yil aprelida elektr energiyasi va gaz narxining o‘sishi inflyatsiya darajasini qo‘shimcha 1,5−1,8 foiz punktiga oshiradi va bu omil kelasi yil uchun inflyatsiya prognozida hisobga olinadi, dedi MB raisi. Shu bilan birga, maydagi narxlar o‘sishining ta’siri dastlabki hisob-kitoblardan yuqori bo‘lib chiqdi.

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga
31 oktabr 2024, 22:05

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga

Navoiyga tashrif buyurgan prezident shaharning yangi mahallalaridan birida joylashgan 22-maktabni ko‘zdan kechirdi. Unda 10 dan ortiq to‘garaklar — amaliy san’at, mehmonxona xizmatlari, rassomchilik, suratkashlik, IT, robototexnika, shuningdek, harbiy vatanparvarlik guruhi tashkil etilgan.

2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?
31 oktabr 2024, 20:52

2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi: bazaviy soliq stavkalari saqlanib qoladi, lekin import qilinadigan gaz uchun aksiz solig‘i qaytariladi, qat’iy belgilangan soliq stavkalari, marketpleyslar, suv va boshqalar uchun soliqlar oshiriladi.

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi
31 oktabr 2024, 20:27

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting