Endi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi
30 oktabr 2024, 10:54

Endi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yo‘lning chetki chap qismida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi. 2022-yil 1-maydan yuk mashinalariga yo‘lning chap tomonidan harakatlanishi taqiqlangan, ammo jarima ko‘zda tutilmagandi.

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar
30 oktabr 2024, 10:00

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar

2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda.

Samarqandda yo‘l chetidagi “KamAZ”ga urilgan Nexia haydovchisi vafot etdi
29 oktabr 2024, 23:20

Samarqandda yo‘l chetidagi “KamAZ"ga urilgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Toshkentdagi bog‘chada bolaga ayollar kiyimini kiydirib, raqsga tushirgan tarbiyachi ishdan olindi
29 oktabr 2024, 22:57

Toshkentdagi bog‘chada bolaga ayollar kiyimini kiydirib, raqsga tushirgan tarbiyachi ishdan olindi

Toshkent shahridagi bog‘chada 6 yoshli bolaga ota-onasining ruxsatisiz ayollar kiyimini kiydirib, pardoz qildirgan va qizlarga xos raqsga tushirgan tarbiyachi ishdan olindi. Bolaning otasi bu o‘g‘lining qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblagan.

Gaz plitalari har yili Yevropada 40 mingga yaqin erta o‘limga olib kelishi mumkin — tadqiqot
29 oktabr 2024, 22:41

Gaz plitalari har yili Yevropada 40 mingga yaqin erta o‘limga olib kelishi mumkin — tadqiqot

YI va Buyuk Britaniyada deyarli 40 mingta erta o‘lim holati gaz plitalarini yopiq joylarda ishlatganda ajralib chiqadigan azot dioksidi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deyiladi Ispaniyaning Xayme I universiteti tadqiqotida. Avval AQShda ham shu mavzuda tadqiqotlar o‘tkazilgandi.

MSK yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini tasdiqladi
29 oktabr 2024, 21:59

MSK yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini tasdiqladi

Markaziy saylov komissiyasi yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi natijalarini tasdiqladi va siyosiy partiyalar o‘rtasida 75 deputatlik mandatini taqsimladi.

Yuqori soliq va bojlar O‘zbekistonda avtobozorning rivojlanishini cheklamoqda — KPMG
29 oktabr 2024, 21:34

Yuqori soliq va bojlar O‘zbekistonda avtobozorning rivojlanishini cheklamoqda — KPMG

KPMG Uzbekistan avtobozor tahlili va avtomobil narxini belgilovchi omillarni taqdim etdi. Bojlar “inomarka"lar narxining 70% va undan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan bo‘lishi mumkin. Bozor rivojlanishidagi to‘siqlar murakkab sertifikatlash talablari va yonilg‘i bilan bog‘liq muammolarni ham o‘z ichiga oladi.

Vazirlik va idoralar xodimlari soni yana qisqartirilmoqda
29 oktabr 2024, 20:01

Vazirlik va idoralar xodimlari soni yana qisqartirilmoqda

Prezident qarori bilan vazirlik va idoralarning rahbar va ishlab chiqarish xodimlari soni yana 2845 taga (5,2 foiz) qisqartirilmoqda. Hokimliklarning boshqaruv apparati xodimlari soni ham kamaytiriladi.

Soychaga ichimlik suv keldi. Qanday qilib?
29 oktabr 2024, 18:28

Soychaga ichimlik suv keldi. Qanday qilib?

Namangan viloyatidagi shu vaqtgacha ichimlik suv masalasida muammolari bo‘lgan Soycha qishlog‘ida 2 mln dollarlik xalqaro loyiha doirasida suv infratuzilmalari qurildi. U o‘nlab qishloqlar orasidan bir necha mezonlarga ko‘ra tanlab olingan. Loyiha 2026-yilga qadar davom etadi.

Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
29 oktabr 2024, 17:49

Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchi Abbosbek Fayzullayev OFK tomonidan erkaklar orasidagi eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi.

Toshkent tumanidagi 43 mingga yaqin xonadon 10 soat davomida gazdan uziladi
29 oktabr 2024, 17:30

Toshkent tumanidagi 43 mingga yaqin xonadon 10 soat davomida gazdan uziladi

Toshkent tumanidagi 42 ming 948 ta xonadon 10 soat davomida gaz ta’minotidan uziladi. Bu vaqtda gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalar qishki diafragmalarga almashtiriladi.

2025-yilda qaysi soliqlar mahalliy budjetga yo‘naltiriladi?
29 oktabr 2024, 17:16

2025-yilda qaysi soliqlar mahalliy budjetga yo‘naltiriladi?

2025-yil mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirish uchun ular ixtiyorida qoladigan soliq tushumlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i, aylanmadan soliq hamda qisman jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobiga amalga oshiriladi.

“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmay xorijda konsert beradigan san’atkorlarning litsenziyasini to‘xtatishini ma’lum qildi
29 oktabr 2024, 16:56

“O‘zbekkonsert” tashkilotni ogohlantirmay xorijda konsert beradigan san’atkorlarning litsenziyasini to‘xtatishini ma’lum qildi

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlarga O‘zbekistondan tashqarida konsertlar o‘tkazishdan avval tashkilotni yozma ravishda xabardor qilish shartligini eslatdi. Talablarni buzganlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
29 oktabr 2024, 16:23

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

“Mahalla yettiligi” tizimida 51 ming nafar xodim faoliyat yuritmoqda — Qahramon Quronboyev
29 oktabr 2024, 16:18

“Mahalla yettiligi” tizimida 51 ming nafar xodim faoliyat yuritmoqda — Qahramon Quronboyev

Hozir O‘zbekistonda jami 9452 ta mahalla mavjud. Qahramon Quronboyevga ko‘ra, aholini boshqarish uchun yaratilgan “mahalla yettiligi” tizimi dunyoning birorta davlatida yo‘q. “Bugungi kunda 51 137 nafar xodim yettilikda faoliyat yurityapti”, — dedi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi.

2025-yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda
29 oktabr 2024, 15:34

2025-yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda

2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.

O‘zbekiston aholisining real daromadlari statistikasi yaxshilandi
29 oktabr 2024, 15:17

O‘zbekiston aholisining real daromadlari statistikasi yaxshilandi

To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, aholining real daromadlari 7,7 foizga o‘sdi, bu 2023-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan yuqori. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 15,5 foizga (inflyatsiyani hisobga olgan holda — 5,5 foizga) o‘sib, 17,4 mln so‘mni tashkil etdi.

Naim Qosim “Hizbulloh”ning yangi yetakchisi bo‘ldi
29 oktabr 2024, 15:17

Naim Qosim “Hizbulloh”ning yangi yetakchisi bo‘ldi

Naim Qosim “Hizbulloh” guruhining yangi bosh kotibi etib saylandi. 71 yoshli rahbar 30 yildan ortiq harakat yetakchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytiriladi
29 oktabr 2024, 14:54

Xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytiriladi

Prezident qarori bilan xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytirilishi belgilandi. Agentliklar ushbu mablag‘ni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishi mumkin.

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi
29 oktabr 2024, 14:52

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarimengil vaznda vaqtinchalik WBA kamari uchun meksikalik Rikardo Espinosaga qarshi jang qiladi. Uchrashuv dekabr oyida Monakoda bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting