«„Tolibon“ bilan konfrontatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin» — KXSHT bosh kotibi
23 avgust 2021, 23:05

«„Tolibon“ bilan konfrontatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin» — KXSHT bosh kotibi

KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 avgust 2021, 21:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Polshaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etayotgani, Rim papasining taxtdan voz kechishi mumkinligi, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 avgust 2021, 20:48

23 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etishi, UzAuto Motors`ga yangi bosh direktor tayinlanishi, Qo‘rg‘ontepa tumani prokurorining o‘z lavozimidan ozod kilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 44 ming donaga kamaydi
23 avgust 2021, 20:14

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 44 ming donaga kamaydi

O‘zbekistonda 7 oy ichida 124,9 ming dona — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kam avtomobil ishlab chiqarildi. Nexia va Spark modellarini ishlab chiqarishda eng ko‘p tushish qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi
23 avgust 2021, 19:53

Shavkat Mirziyoyev KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli himoya qilish haqida xabar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev KXSHTga a’zo davlatlarga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan tuman prokurori ishdan olindi
23 avgust 2021, 16:48

Uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan tuman prokurori ishdan olindi

Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabboyev o‘z lavozimidan ozod kilindi. Avvalroq, u tuman obodonlashtirish xodimlarini o‘zining uchastkasida ishlatgani aytilgan edi.

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini qamal qildi
23 avgust 2021, 16:44

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini qamal qildi

«Tolibon» nazorat qilmaydigan yagona Panjsher provinsiyasi harakat vakillari tomonidan qamal qilindi. Provinsiyaning qarshilik vakillari toliblar bilan to‘qnash kelishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilib, jiddiy muzokaralarga chaqirishdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
23 avgust 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 0,54 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 641,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
23 avgust 2021, 15:15

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatni muhokama qildi.

Bu Andersson Uzauto Motors bosh direktori bo‘ldi
23 avgust 2021, 14:36

Bu Andersson Uzauto Motors bosh direktori bo‘ldi

Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u «Gruppa GAZ», «AvtoVAZ «prezidenti va Yazaki`ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qorni va qo‘lini jarohatladi
23 avgust 2021, 13:25

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qorni va qo‘lini jarohatladi

Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi
23 avgust 2021, 12:24

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi

Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xayriya hashariga 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi
23 avgust 2021, 11:50

Xayriya hashariga 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi

Shanba kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xayriya hasharida 3 mlrd 193 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shundan 189 mln so‘mdan ortig‘i «Mahalla» fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilgan, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hisobotida.

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi
23 avgust 2021, 11:47

Shavkat Mirziyoyev KXSHTning Afg‘onistondagi voqealar bo‘yicha sammitida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda” KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etadi.

Haftaning birinchi yarmi issiq bo‘ladi
23 avgust 2021, 11:23

Haftaning birinchi yarmi issiq bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida havo harorati +38 darajada bo‘lishi kutilmoqda. 27 avgustdan boshlab harorat asta-sekin pasayadi.

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda
23 avgust 2021, 10:41

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

22 avgust kuni O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus aniqlandi
23 avgust 2021, 10:13

22 avgust kuni O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 349 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi
23 avgust 2021, 09:39

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.

Yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
22 avgust 2021, 17:43

Yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

22 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 17 mln 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi
22 avgust 2021, 15:53

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting