Koronavirusning kunlik holati 912 tagacha kamaydi
5 fevral 2022, 11:10

Koronavirusning kunlik holati 912 tagacha kamaydi

Juma kuni O‘zbekistonda 912 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test namunalari musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun avval bu ko‘rsatkich 961 taga yetgandi. Qolaversa, 155 kishida pnevmoniya aniqlandi.

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi
5 fevral 2022, 10:12

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi

Epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 fevral 2022, 22:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Putin va Si Szinpiny tashqi aloqalarga oid bayonotni imzolagani, NATO bosh kotibining lavozimini tark etishi, Sukerbergning dunyodagi eng badavlat kishilar TOP-10'ligidan chiqib ketgani, AQShda qor bo‘roni tufayli 230 ming kishining elektrsiz qolgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

4 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 fevral 2022, 22:00

4 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pekinga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon markazi kimnikiligi va bunga Avtotest`ning qanday aloqasi borligi, yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan «Shaffof yo’l» platformasi, «propiska» so‘zidan voz kechishni ma’qullagan senatorar, uch marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar, qishda cho‘milish haqida Toshkent morjlaridan intervyu va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkent mahallalari YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
4 fevral 2022, 21:29

Toshkent mahallalari YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

YUNESKO Toshkent mahallalarini Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritdi. Saida Mirziyoyeva Eski shahardagi mahallalarda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmasligini ma’lum qilib, Zarqaynar ko‘chasining taqdiri uchun qayg‘urgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Uchta agentlikda tayinlovlar amalga oshirildi
4 fevral 2022, 18:05

Uchta agentlikda tayinlovlar amalga oshirildi

Strategik rivojlanish, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentliklarida rahbar lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilingan mansabdor o‘zini osib qo‘ygani ma’lum qilindi
4 fevral 2022, 17:21

budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilingan mansabdor o‘zini osib qo‘ygani ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi maktab bosh hisobchisi uyda o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi hodisa 2019 yil 22-son maktab mansabdorlari 160 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirgani aniqlanganidan keyin sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi prezidentligiga saylandi
4 fevral 2022, 16:53

Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi prezidentligiga saylandi

Endilikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti sifatida ham faoliyat yuritadi.

Endi fuqarolar yo‘llardagi nosozliklar haqida «Shaffof yo’l» platformasi orqali xabar berishi mumkin
4 fevral 2022, 16:28

Endi fuqarolar yo‘llardagi nosozliklar haqida «Shaffof yo’l» platformasi orqali xabar berishi mumkin

Hukumat qarori bilan 1 iyuldan aholi yo‘llardagi nosozliklar, svetofor va yo‘l belgilari o‘rnatilmagani haqida foto va videomurojaatlarni «Shaffof yo’l» platformasi orqali yuborish mumkin. Ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid takliflar ovoz berish yo‘li bilan tanlab olinadi. G‘olib takliflar bo‘yicha yo‘llarni ta’mirlashga har yili mahalliy budjetdan mablag‘ ajratiladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi
4 fevral 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 853,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Senatorlar «propiska» so‘zini qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi
4 fevral 2022, 15:06

Senatorlar «propiska» so‘zini qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi

Senatorlar «propiska» so‘zi ma’nan eskirganligi va fuqarolar ongida «to‘sqinlik qiluvchi», «erkinlikni cheklovchi» degan tushunchalarni keltirib chiqarayotgani uchun uni qonun hujjatlaridan butunlay chiqarishni ma’qullashdi. Endi uning o‘rniga «yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi qo‘llaniladi.

Yunusoboddagi daraxtlarni Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari 24 soat qo‘riqlaydi
4 fevral 2022, 14:48

Yunusoboddagi daraxtlarni Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari 24 soat qo‘riqlaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov payshanba kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi daraxtlar tagi bilan betonlab tashlangan holatni o‘rgandi. Natijada Ekologiya qo‘mitasi, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida mazkur hududda 24 soat nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Anomal iliq havo keskin sovuq bilan almashadi
4 fevral 2022, 12:19

Anomal iliq havo keskin sovuq bilan almashadi

Iliq juma va shanba kunlaridan so‘ng, yakshanba kuni ob-havoning keskin yomonlashishi prognoz qilinmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatilib, shamol kuchayishi kutilmoqda.

Payshanba kuni 961 kishida koronavirus aniqlandi
4 fevral 2022, 12:15

Payshanba kuni 961 kishida koronavirus aniqlandi

3 fevralda yana 961 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, 4 bemor vafot etdi. Kasallanganlarning eng ko‘pi haligacha Toshkent shahri va viloyatida aniqlanyapti.

Toshkent YHXB RIBlari haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olishni to‘xtatishdi
4 fevral 2022, 12:11

Toshkent YHXB RIBlari haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olishni to‘xtatishdi

4 fevraldan Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘lim-bo‘linmalarida haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni qabul qilish to‘xtatildi. Endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar xususiy kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladi. Toshkentda Autodriver Study tomonidan ochilgan Yagona imtihon markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Senat go‘sht va yog‘ importi uchun QQSning nol stavkasi muddatini uzaytirishni ma’qulladi
4 fevral 2022, 11:11

Senat go‘sht va yog‘ importi uchun QQSning nol stavkasi muddatini uzaytirishni ma’qulladi

Senatorlar bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, yog‘ va kartoshkani olib kirish va aylanmasi uchun berilgan QQSning nol stavkasi muddatini 30 aprelga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hukumat vakili apreldan keyin narxlarni qanday ushlab turish rejalashtirilayotganini aytdi.

Rossiyalik bloger Buxoroda dron tufayli uy qamog‘iga olindi
4 fevral 2022, 10:32

Rossiyalik bloger Buxoroda dron tufayli uy qamog‘iga olindi

Rossiyalik trevel-bloger Maksim Limar Buxorodan Novosibirskka uchib ketayotganida bagajida kvadrokopter topilgani sababli qo‘lga olingan. Hozir u uy qamog‘ida saqlanmoqda. Rossiya elchixonasi vaziyatni hal qilish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari bilan aloqada ekanligini bildirgan. Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha ekspertiza tayinlanganini, blogerga nisbatan erkin yashashi uchun hech qanday cheklov o‘rnatilmaganligini ta’kidladi.

Bo‘stonliq tumanidagi «Bochka» hududida an’anaviy tog‘ qishlog‘i barpo etiladi
4 fevral 2022, 10:16

Bo‘stonliq tumanidagi «Bochka» hududida an’anaviy tog‘ qishlog‘i barpo etiladi

Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq darvozasi» va «Yusufxona» hududlarida ekokarkas va jamoat joylari, Janubiy Xo‘jakentda an’anaviy tog‘ qishlog‘i barpo etiladi. Shuningdek, jamoat piknik zonalari tashkil etiladi. Ularning dastlabkisini shu yil bahor mavsumida ochish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Olimpiada ochilishida qatnashish uchun Pekinga tashrif buyurdi
4 fevral 2022, 09:34

Shavkat Mirziyoyev Olimpiada ochilishida qatnashish uchun Pekinga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekinga yetib keldi.

3 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 fevral 2022, 22:02

3 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

24 fevralgacha bosqichma-bosqich oflaynga o‘tadigan OTMlar, kamida bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi kerakligi aytilgan maktab o‘quvchilari, telegramda dars o‘tganlarni tanqid qilgan oliy ta’lim vaziri, Chimyonda quriladigan 269 mln dollarlik oromgoh, «prava» olish uchun ishga tushgan Yagona imtihon markazi, endi faqat bilimi borlar rulga o‘tirishini aytgan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 3 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting