Jomiy bozori yaqinidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
17 yanvar 2022, 12:16

Jomiy bozori yaqinidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Olmazor tumanidagi Jomiy bozori hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. 5 daqiqa ichida 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, 30 daqiqada olovni o‘chirgan. Hodisa oqibatida binoning 350 kvadrat metr qismi zararlangan, jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi
17 yanvar 2022, 11:16

Toshkentdagi YTHda ikki o‘smir halok bo‘ldi

Toshkentning Yashnobod tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir (2005 y.t.) Spark mashinasida tezlikni oshirishi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan. Buning oqibatida esa avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
17 yanvar 2022, 10:23

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlandi, shuni yarmidan ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, bemorlarning yana 3 nafari vafot etdi.

Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita
17 yanvar 2022, 10:02

Andijondagi qimmatbaho 12 tup daraxt noqonuniy kesilgan — Ekoqo‘mita

Andijon shahar perinatal markazi hududida qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatiga kiritilgan 12 tup Eldor qarag‘aylari noqonuniy ravishda kesilgan. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan deb baholab, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishini ma’lum qildi.

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi
16 yanvar 2022, 21:44

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi

O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi
16 yanvar 2022, 14:17 21

16-yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi

Endilikda 1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini rag‘batlantirish uchun har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi.

Andijon viloyati perinatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlandi
16 yanvar 2022, 12:47

Andijon viloyati perinatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlandi

Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup daraxt kesildi. Daraxtlarning kesilishi Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilmagan. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov daraxtlarni kesishga buyruq berganini hokimlik matbuot xizmati rad etdi.

Shanba kuni 900 dan ortiq kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi
16 yanvar 2022, 11:57

Shanba kuni 900 dan ortiq kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi

15 yanvar kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlarining yarmi Toshkent shahrida (456 ta) qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tilidan Qozog‘istondagi voqealar sabab 2 kunda qaytgan
15 yanvar 2022, 21:51

Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tilidan Qozog‘istondagi voqealar sabab 2 kunda qaytgan

O‘zbekiston prezidenti 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqib, 7 yanvar kuni odatdagi tartibda ishlashga kirishgan edi. Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov aynan Qozog‘istondagi tartibsizliklar tufayli Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tilidan 2 kunda qaytgani ma’lum qildi.

Umra safariga ilk reys 22 yanvar kuni amalga oshiriladi
15 yanvar 2022, 20:53

Umra safariga ilk reys 22 yanvar kuni amalga oshiriladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy umra mavsumida ilk reyslar 22, 25 va 28 yanvar kunlari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Safarga 2020 yilning fevraligacha ro‘yxatdan o‘tganlar boradi. Ziyoratchilar Astra-Zeneca, Moderna, Pfizer yoki Jonson&Jonson vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim. Sputnik V va o‘zbek-xitoy vaksinalarini olganlar esa talab qilingan vaksinalardan birining ilk dozasini olishi yetarli bo‘ladi.

O‘zbekiston armiyasi: raqamlar va faktlar
15 yanvar 2022, 20:21

O‘zbekiston armiyasi: raqamlar va faktlar

Global Firepower Index reytingida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari orasida to‘rtinchi va dunyoning 140 mamlakati orasida 54 o‘rinni egallagan. Mamlakat harbiy qudratining tahlili.

Ofshor kompaniyalar «Ohangaronsement» zavodidagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi
15 yanvar 2022, 14:47

Ofshor kompaniyalar «Ohangaronsement» zavodidagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi

Kiprning Lamanka Enterprises Limited hamda Buyuk Britaniyaning Virjiniya orollaridagi Giacinttar Limited kompaniyalari «Ohangaronsement» zavodidagi ulushlari sotuvga chiqarilganini ma’lum qildi. Aksiyalar paketi 1,88 trln so‘mga baholanmoqda.

«Hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi lozim» — Shavkat Mirziyoyev
15 yanvar 2022, 14:30

«Hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi lozim» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident hokim yordamchilarini hech qaysi hokim yoki rahbar majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi», hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerakligini ta’kidladi. «Hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi lozim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

2022 yilda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish uchun jami 12,5 trln so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratiladi
15 yanvar 2022, 13:50

2022 yilda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish uchun jami 12,5 trln so‘mlik kredit va subsidiyalar ajratiladi

Prezident videoselektor yig‘ilishida mahallalardagi hokim yordamchilari odamlarni tadbirkorlik va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishi lozimligini ta’kidladi. Ushbu maqsadlarga esa shu yilning o‘zida 10 trln so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trln so‘m subsidiya ajratiladi, har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 mlrd so‘mdan to‘g‘ri keladi.

Toshkentning 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar ishga tushdi
15 yanvar 2022, 13:24

Toshkentning 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar ishga tushdi

Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ketma-ket yettinchi kun o‘smoqda
15 yanvar 2022, 11:47

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ketma-ket yettinchi kun o‘smoqda

Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket yettinchi kun o‘sishda davom etmoqda — juma kuni yana 876 kishida virus aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (434 ta holat) qayd etildi. 2 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.

Nima tayyorlaymiz: gazaklar
15 yanvar 2022, 10:30

Nima tayyorlaymiz: gazaklar

Uyda tayyorlanadigan sarimsoqpiyozli suxariklar, lavash va pishloqli chipslar, shprotlardan tayyorlangan pashtet, pishloqli lavash, pishloq va kolbasali «atirgullar», pishloq va ko‘katli pishiqlar — Zira.uz gazaklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ishonchli boshqaruvga beriladi
14 yanvar 2022, 22:44

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ishonchli boshqaruvga beriladi

«Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi direksiyasidagi davlat ulushini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish belgilanmoqda. Bundan tashqari, Arnasoy suv omborida bir yil muddatga baliq ovlashga moratoriy e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 yanvar 2022, 22:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining 2021 yilda 146,8 mlrd dollargacha o‘sgani, Yevroparlamentning Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi, Yaponiya sobiq bosh vaziri Tosiki Kayfuning vafot etgani, BMTning 11 milliondan ortiq afg‘on xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Metroning «Turkiston» stansiyasida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
14 yanvar 2022, 22:10

Metroning «Turkiston» stansiyasida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

14 yanvar kuni kechki payt metroning Yunusobod yo‘nalishi «Turkiston» bekatida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tutun chiqishiga olib keldi. Nosozlik bartaraf etilgan, yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish tiklangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting