1 yanvardan soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlar faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Bugun, 2 yanvar kuni 19:30 dan so‘ng Toshkentda Hyatt mehmonxonasi va Milliy kutubxona yaqinida dronlar shousi o‘tkaziladi.
2020-yil 1-iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi.
O‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish maqsadida maktablarning 10−11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi hamda «C5+1» formatidagi vazirlar uchrashuvi kechiktirildi.
O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 18 soat ichida 1111 nafar bola dunyoga keldi.
Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz. 2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz, dedi prezident Yangi yil tabrigida.
Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi.
2 yanvarga qadar Toshkentning markaziy ko‘chalarida yuk mashinalari (oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilardan tashqari) harakati taqiqlandi. Bundan tashqari, qurilish va ta’mirlash ishlari ham to‘xtatildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Senat majlisiga bormagani sababli SSV mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
1-fevraldan O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi, shuningdek, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,07 baravarga oshiriladi.
Propiska va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartiblari soddalashtirildi. Propiskasiz bo‘lib turish muddati 5 kundan 10 kunga uzaytirildi.
Poytaxtning Shayxontohur tumanida Abdulla Qodiriy yashagan uyda muzey ochildi. Uy hovlisiga yozuvchining haykali o‘rnatildi. AQSHda esa «O‘tkan kunlar» romanining ingliz tiliga tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 2020-yil 5-yanvar kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi, uni prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi.
Yangi harbiy institut, zamonaviy poligon va xalqaro yutuqlar — 2019-yil O‘zbekiston armiyasi uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi?
«O‘rikzor» bozori sobiq rahbari Dmitriy Limga tegishli 77 dona antikvar avtomobil va mototsikl «O‘zbekkino» agentligiga topshirildi.
O‘zbekiston aholisi Yangi yilning birinchi kunini mintaqaga xos bo‘lgan yog‘ingarchiliklarsiz, quyoshli ob-havo bilan qarshi oladi. 3 yanvarda ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Bosh prokuratura Quvadagi norozilik aksiyasini yoritgan blogerning janozasini o‘qish kerakligi aytilgan audioyozuvdagi ovoz Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekanini aniqladi.
Yanvardan BAA rezidenti maqomini olgan chet el fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasining kamayishi uchun shaxsan javob berishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting