Bedarak yo‘qolgan andijonlik taksichining jasadi Toshkentda Cobalt yukxonasidan topildi
11 yanvar 2022, 12:35

Bedarak yo‘qolgan andijonlik taksichining jasadi Toshkentda Cobalt yukxonasidan topildi

Andijon-Toshkent yo‘nalishida taksichilik qiluvchi fuqaro Toshkentga yo‘lovchi olib ketib, bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi Toshkentdagi avtoturargohda turgan Cobalt yukxonasidan topildi. Hozirda 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

TIV: Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchilar ro‘yxati tuzildi
11 yanvar 2022, 12:13

TIV: Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchilar ro‘yxati tuzildi

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Qozog‘istondagi fuqarolarga zarur yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Nur-Sulton shahridan aviaparvozlar amalga oshirilmoqda, qolaversa, Olma-otadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati tuzilgan. Hozirda O‘zbekiston fuqarolarining hibsga olingani haqida ma’lumot yo‘q.

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi
11 yanvar 2022, 12:01

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi

Dushanba kuni 425 kishida koronavirus aniqlandi. Yana 4 kishi kasallikdan vafot etdi.

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi
11 yanvar 2022, 11:56

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, niqob taqmagan fuqarolar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa 9 yanvar kuni karantin qoidalarini buzgan 899 kishidan, 721 nafari ogohlantirilgani, qolgan 178 nafari esa jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Jizzax shahrida eskirgan gaz quvurlari almashtiriladi
11 yanvar 2022, 11:45

Jizzax shahrida eskirgan gaz quvurlari almashtiriladi

Jizzax shahrida eski gaz quvurlari 1,5 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yangi quvurlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari soni ham qisqaradi. Mazkur loyiha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

S7 Airlines samolyoti Urganchga favqulodda qo‘ndi
11 yanvar 2022, 10:57

S7 Airlines samolyoti Urganchga favqulodda qo‘ndi

Moskva — Qarshi reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti kechasi Urganchga favqulodda qo‘ndi — yo‘lovchilardan biriga tez tibbiy yordam kerak bo‘ldi.

Yunusuboddagi daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi
11 yanvar 2022, 10:47

Yunusuboddagi daraxtlarga ikkinchi marta suiqasd uyushtirildi

Toshkentda niqobdagi noma’lum shaxslar dekabr oyidan buyon ikkinchi marta archa daraxtlarini kesib tashlashga urinishdi. Uchastkani auksionda sotib olgan tadbirkor daraxtlarning ko‘chirilishiga rad javobini bergan ekologlar ustidan shikoyat qildi.

Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘li va poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasi ta’mirlanadi
11 yanvar 2022, 10:37

Toshkent-Chinoz avtomobil yo‘li va poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasi ta’mirlanadi

Prezident dushanba kuni Toshkent va Jizzax viloyatlari hamda poytaxtda avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga oid loyihalar bilan tanishdi. Unga ko‘ra, «Toshkent-Chinoz» avtomobil yo‘lining 10 km qismini ta’mirlab, 5 dona yerosti o‘tish yo‘lagini bunyod etish, Jizzax shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etish, qolaversa, Toshkentdagi Temur Malik ko‘chasini 6 tasmali etib qayta qurish rejalashtirilmoqda.

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 yanvar 2022, 22:00

10 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qozog‘istonga ta’ziya bildirgan Shavkat Mirziyoyev, Navoiyda fuqarolarni kaltaklagan qora niqobli shaxslar, maktablarda yozgi ta’til muddati o‘zgarmasligi, Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda 200 kishi bo‘lganligi, Qozog‘istondagi vaziyat tufayli importi kechikayotgan go‘sht, qat’iy karantin rejalashtirilmaganligi, niqobsiz fuqarolarga jarima qo‘llanilmasligi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 10 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 yanvar 2022, 21:36

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda yong‘in oqibatida 19 kishining halok bo‘lgani, Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiyaga qo‘llamoqchi bo‘lgan sanksiyalaridan xavotirda ekani, Qozog‘istonda Jambil viloyati politsiya boshlig‘i hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigining vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Namanganda odamlar to‘plangani aks etgan video Yangi yil bayramida olingan — IIB
10 yanvar 2022, 20:58

Namanganda odamlar to‘plangani aks etgan video Yangi yil bayramida olingan — IIB

Namangan viloyati IIB yo‘l bo‘ylab o‘nlab odamlarning yugurib ketayotgani aks etgan video Yangi yil oqshomida tasvirga olingani, yo‘lni hech kim to‘sib qo‘ymagani, namoyishlar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari yana telefon orqali muloqot qildilar
10 yanvar 2022, 20:34

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari yana telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston prezidenti bilan yana telefon orqali muloqot qildi. Ular ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilib, qo‘shni davlatda tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdilar.

Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanayotganidan shikoyat qilishdi
10 yanvar 2022, 20:14

Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanayotganidan shikoyat qilishdi

Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanmoqda, deya xabar qildi Nasafnews sayti. Nashr viloyat YHXB rahbari o‘rinbosari ekani taxmin qilinayotgan shaxsning xodimlarga 20 tadan «protokol» rasmiylashtirishni topshirgani aks etgan audioyozuvni taqdim etdi. IIV YHXBB xizmat tekshiruvi boshlangani haqida ma’lum qildi.

«Jarima to‘g‘risida gap yo‘q». Habibulla Oqilov niqob taqmaganlar jarimaga tortilishi haqida
10 yanvar 2022, 18:20

«Jarima to‘g‘risida gap yo‘q». Habibulla Oqilov niqob taqmaganlar jarimaga tortilishi haqida

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida niqob taqmaganlar jarimaga tortilmasligi, aksincha ogohlantirilishi ta’kidlanganini ma’lum qildi. «Yo‘lda to‘xtatgan militsiya, Milliy gvardiya xodimi o‘zi niqobni „iltimos shuni taqib oling“ deb beradi. Hech qanday jarima to‘g‘risida gap yo‘q», — dedi u.

«Gap davlat to‘ntarishiga urinish haqida ketmoqda» — Qosim-Jomart Toqayev
10 yanvar 2022, 17:59

«Gap davlat to‘ntarishiga urinish haqida ketmoqda» — Qosim-Jomart Toqayev

Qozog‘iston butun mustaqillik tarixidagi eng og‘ir inqirozni boshidan kechirdi, bu davlat to‘ntarishiga urinish edi, dedi KXSHT sammitida prezident Qosim-Jomart Toqayev. Uning fikricha, asosiy zarba Olmaotaga qaratilgan edi, shaharning qulashi janubni, keyin esa butun Qozog‘istonni egallashga yo‘l ochardi.

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti
10 yanvar 2022, 17:57

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilgani yo‘q. Ommaviy tadbirlar bekor qilinmagan, ammo epidemiologik vaziyatga qarab choralar keskinlashishi mumkin, deya ta’kidlandi poytaxtda o‘tgan SSV va SEO matbuot anjumanida.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
10 yanvar 2022, 16:42

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 3,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 840,02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda jami 200 kishi bo‘lgan
10 yanvar 2022, 16:35

Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda jami 200 kishi bo‘lgan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ilk «omikron» aniqlangan bemor bilan birga samolyotda 130 nafar o‘zbekistonlik, 70 nafar chet el fuqarosi bo‘lganini va ularning barchasi karantinga olinganini ma’lum qildi. U shuningdek, O‘zbekistonda omikron 7 yanvar kuni aniqlansa-da, 8 yanvar kungi xabarda omikron aniqlanmagani aytilganiga izoh berdi.

Kreditlarga asoslangan iqtisodiy o‘sish xavflarni keltirib chiqarishi mumkin — Fitch
10 yanvar 2022, 16:19

Kreditlarga asoslangan iqtisodiy o‘sish xavflarni keltirib chiqarishi mumkin — Fitch

Kreditlash hisobiga O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlari aktivlar sifatining yomonlashuvi va banklarning tashqi moliyalashtirish manbalariga qaramligining kuchayishi kabi risklarni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi Fitch Ratings agentligi hisobotida.

Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
10 yanvar 2022, 15:08

Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning asosiy qismida O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo hukm suradi, kunduzi havo harorati +12 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni esa yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting