O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko
10 yanvar 2022, 14:07

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston saboq olishi kerakligini, chunki tartibsizliklar tashkilotchilari unga ko‘z tikib turganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Qozog‘istondagi vaziyat nafaqat tashqi, balki ichki omillarga ham bog‘liq ekanligini aytdi.

Qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi — OAV
10 yanvar 2022, 13:39

Qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi — OAV

Qozog‘istonda terrorizmda gumon qilinib ushlangan qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi. U hozirda Bishkekga olib ketilmoqda.

Ta’til vaqtida o‘qituvchilarning maoshi saqlanib qoladi, yozgi ta’til muddati esa qisqarmaydi
10 yanvar 2022, 13:37

Ta’til vaqtida o‘qituvchilarning maoshi saqlanib qoladi, yozgi ta’til muddati esa qisqarmaydi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda qishki ta’til uzaytirilgan muddatda o‘qituvchilar va xodimlarning oylik maoshi to‘liq to‘lab berilishini ma’lum qildi. Qolaversa, yozgi ta’tilga chiqish vaqti o‘zgarmaydi, uchinchi chorak o‘quv kunlari 1−4-sinflarda 9 kun, 5−11-sinflarda 11 kunga qisqaradi, darslar esa tig‘izlashtirib o‘tiladi. Ta’til kunlari o‘quvchilarni maktablardagi to‘garaklarga jalb etish taqiqlanadi.

«Ichki ishlar xodimi emas». Navoiyda qora niqobdagi shaxslar fuqarolarni kaltaklagan holatga izoh berildi
10 yanvar 2022, 13:01

«Ichki ishlar xodimi emas». Navoiyda qora niqobdagi shaxslar fuqarolarni kaltaklagan holatga izoh berildi

To‘dako‘l suv havzasida qora niqobdagi nazoratchi inspektorlar va baliqchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Viloyat IIB formadagi shaxslar «Ichki ishlar xodimi emasligi va egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olgani» o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan JKning bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi
10 yanvar 2022, 11:23

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida beg‘araz yordam sifatida 500 ming dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi.

Yakshanba kuni 389 kishida koronavirus aniqlandi
10 yanvar 2022, 11:20

Yakshanba kuni 389 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yakshanba kuni deyarli 390 kishida koronavirus aniqlandi, 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonga ta’ziya bildirdi
10 yanvar 2022, 10:39

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonga ta’ziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni mamlakatdagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya izhor etdi.

Xususiy maktablarga ham qishki ta’tilni uzaytirish tavsiya qilindi
10 yanvar 2022, 10:05

Xususiy maktablarga ham qishki ta’tilni uzaytirish tavsiya qilindi

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi nodavlat ta’lim muassasalariga qishki ta’tilni 24 yanvarga qadar uzaytirishni, ushbu muddat ichida esa o‘quvchilarning onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar va turli tanlovlarda ishtirokini ta’minlashni tavsiya qildi. Qolaversa, ushbu davr uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaslik so‘raldi.

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda
10 yanvar 2022, 09:08

O‘zbekistonga go‘sht importi Qozog‘istondagi vaziyat tufayli kechikmoqda

O‘zbekistonga Belarus va Ukrainadan import qilinadigan go‘shtni yetkazib berish kechikmoqda. Bu ko‘plab yuklar uchun tranzit yo‘lagi hisoblangan Qozog‘istondagi inqiroz bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» bilan suhbatda bo‘lgan uch tadbirkor yetkazib berishdagi uzilishlar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Surxondaryoda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
10 yanvar 2022, 08:48

Surxondaryoda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Surxondaryoning Boysun tumanida kechasi kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Bu va boshqa hududlarda yer osti silkinishlari kuchi 2 dan 3 ballgachani tashkil etdi.

Qozog‘istonda qirg‘izistonlik musiqachi pogromchi sifatida ko‘rsatildi
9 yanvar 2022, 23:31

Qozog‘istonda qirg‘izistonlik musiqachi pogromchi sifatida ko‘rsatildi

Qirg‘iziston TIV qozoq telekanallarida qirg‘iz musiqachisi Vikram Ruzaxunov pogromlar qatnashchisi sifatida ko‘rsatilgani uchun Qozog‘istonga norozilik notasini yubordi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari uning terrorchi emasligini ma’lum qildi. Prezident Sadir Japarov ham vaziyatga izoh berdi.

O‘zbekistonda «omikron» shtammi qayd etildi
9 yanvar 2022, 18:27

O‘zbekistonda «omikron» shtammi qayd etildi

SSV 7 yanvar kuni O‘zbekistonga kirib kelgan chet el fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. 8 yanvar holatiga COVID-19 bilan kasallanish holatlari rekord darajada qayd etilib (369 ta holat), umumiy kasallanishlar soni 200 mingdan oshdi.

O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi
9 yanvar 2022, 17:32

O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi

COVID-19`ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Barcha tashkilotlarga xodimlarni faqat emlanganidan keyin ish joyiga kiritishga ruxsat beriladi. Davlat organlariga har qanday tadbir o‘tkazish taqiqlanadi. Aholini to‘liq emlash jarayoni jadallashtiriladi.

Turkmaniston «Do‘zax darvozaci» gaz kraterini so‘ndirishni rejalashtirmoqda
9 yanvar 2022, 14:42

Turkmaniston «Do‘zax darvozaci» gaz kraterini so‘ndirishni rejalashtirmoqda

Turkmaniston prezidenti 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri yonib turgan «Do‘zax darvozasi» gaz kraterini so‘ndirishni buyurdi.

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 498 ming so‘m etib belgilandi
9 yanvar 2022, 10:37

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 498 ming so‘m etib belgilandi

O‘zbekistonda bir oyda kishi boshiga minimal iste’mol xarajatlari 13,2 foizga oshib, 498 ming so‘mni tashkil etdi. Minimal iste’mol xarajatlarining oshirilishi natijasida ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdorlari ham kamida shu summaga yetkazilishi kutilmoqda.

Maktablarda qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi
9 yanvar 2022, 10:27

Maktablarda qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi

XTV maktablarda qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi. Mazkur qaror maktab rahbarlari va pedagoglar uchun yangi Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida qabul qilindi.

8 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 yanvar 2022, 22:00

8 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmasdan Malibu`ga qarshi o‘qotar qurol ishlatilgani, narxi azonlashgan AI-80 benzini, O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmaganini aytgan Nurmat Otabekov, Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi, Qozog‘istondagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 8 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

8 kunda xarid cheklari uchun yig‘ilgan keshbek qariyb 950 mln so‘mni tashkil etdi
8 yanvar 2022, 18:51

8 kunda xarid cheklari uchun yig‘ilgan keshbek qariyb 950 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yanvar oyi boshidan beri 10 mingdan ortiq iste’molchi 100 mingga yaqin xarid chekini keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Fuqarolarda yig‘ilgan keshbek summasi esa 941 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmadi — Nurmat Otabekov
8 yanvar 2022, 17:28

O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmadi — Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanmagan. «Biroq, ortiqcha xotirjamlikka berilish ham yaramaydi… Yangi shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas», — dedi u.

Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi e’lon qilindi
8 yanvar 2022, 16:33

Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

Hukumat komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Denov shahridagi «savdo majmuasidagi chaqnashda portlovchi moddalar qo‘llanilmagan». Majmua ostidan o‘tgan, biroq, foydalanishda bo‘lmagan quvurning 6 ta joyidan sizib chiqqan gaz bino ichida to‘plangan va portlash yuzaga kelgan. Voqeadan bir kun oldin shahar gaz ta’minoti bo‘limi ushbu uzilmay qolgan gaz quvuri liniyasini tarmoqqa ulagani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting