O‘zbekiston terma jamoa va Toshkentning «Paxtakor» klubi sobiq a’zosi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. U terma jamoa safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta golga mualliflik qilgan.
Tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi miqdori BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) etib belgilandi. Ilgari buning uchun BHMning 1 baravarini (270 ming so‘m) to‘lash kerak edi. Shuningdek, tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida boj to‘lamasdan qayta murojaat qilinishi mumkin. Boshqa litsenziyalarni olish ham soddalashtirildi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi. O‘zbekiston prezidenti mazkur tashrif davomida MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Yakkasaroy tumanida 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan 1 mlrd 890 mln so‘m undirilgan edi. Deputat Rasul Kusherbayev departament bu pullarni Ekoqo‘mitaga o‘tkazmayotgani haqida post qoldirib, biroz vaqtdan so‘ng uni o‘chirib tashlagandi. 28 dekabr kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish boshqarmasi jarima puli Ekoqo‘mitaga o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Koreya Respublikasi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ehtiyojlari uchun sakkizta o‘t o‘chirish avtomobili, shuningdek, himoya vositalari va jihozlarini yubordi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya tomoni bilan Toshkent viloyatida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv majmuasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Qozog‘iston trassasida Mercedes-Benz yengil avtomashinasi ustiga ag‘darildi. Yengil avtomashinadagi 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, avtobus yo‘lovchilariga jiddiy shikast yetmagan.
Dushanba kuni 100 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar qildi SSV. Bu so‘nggi 9 oydagi eng past ko‘rsatkich. Eng ko‘p holat avgust oyida qayd etilgan edi — 974 kishi.
SSV O‘zbekiston prezidentining yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun 4500 dan ziyod murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Savol va takliflarning eng ko‘pi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga taalluqli.
Chust tuman hokimligining uchta avtomobili OAVdagi maqolalardan so‘ng yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘planib qolgani sababli jarima maydonchasiga qo‘yildi. Jami 42 ta bayonnoma tuzilgan bo‘lib, jarimalarning umumiy qiymati 20,7 mln so‘mni tashkil etadi. Ayrim qoidabuzarliklar 2018 yilda sodir etilgan.
Noyabrda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 22,5 mingta shartnoma tuzildi, bu bir oy oldingiga nisbatan 4 foizga, o‘tgan yilning noyabriga nisbatan esa 14,4 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, ITIM hisob-kitoblariga ko‘ra, ipoteka asosida uy-joy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholi ulushi 26 foizni tashkil etadi.
«Yil ayoli» tanlovida qoraqalpog‘istonlik fermer xo‘jaligi rahbari Palzada Saliyeva g‘olib bo‘ldi. Ayollar tengligini ta’minlovchi eng faol davlat organi sifatida Mudofaa vazirligi, gender tengligini ta’minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida esa Adliya va Ichki ishlar vazirligi tanlandi.
«Tolibon»ning Afg‘oniston universitetlari mablag‘ yetishmasligi sababli yopiqligicha qolishini ma’lum qilgani, Hindistonning yanvardan 15 yoshdan oshgan o‘smirlarni emlashni boshlashi, Yamandagi isyonchilarning Saudiya Arabistoniga 400 dan ortiq raketalar uchirgani, Tailand poytaxtida yangi yil tadbirlari koronavirus sababli bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Viloyatlarga jo‘natilgan 9070 ta prezident sovg‘asi, O‘zbekistonning 38 mlrd dollarga yetgan tashqi qarzi, qorbobo kiyimida sovg‘a tarqatayotgan Sirdaryo viloyati hokimi, moliyaviy mustaqillikka erishayotgan 35 ta OTM, yaratilayotgan «yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari» to‘lov tizimi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 27 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ota-ona qarovisiz qolgan 9070 nafar bolaga atalgan prezident sovg‘asi hududlarga yuborildi. Sovg‘a jamlanmasidan shirinliklar, o‘quv qurollari va bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘a, qolaversa, bolalar uylarining 980 nafar tarbiyalanuvchisi uchun zamonaviy planshetlar o‘rin olgan.
Intellektual mulk agentligi 200 dan ortiq kontrafakt tovarlar, jumladan dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
2022-yil yakuni qadar barcha davlat OTMlarining o‘quv adabiyotlari, davomat, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari to‘liq elektronlashtiriladi. Qolaversa, kelgusi yildan ta’lim muassasalari chet el fuqarolari o‘qishini xorijdan ko‘chirish, talabalar formasi va imtihon fanlarini o‘zi tasdiqlaydi.
Milliy bank protsessing markazi negizida xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun «Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalari» to‘lov tizimi ishlab chiqiladi. U pul o‘tkazmalarini «boshqa to‘lov tizimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning iltimosi va ixtiyoriy tanloviga ko‘ra» amalga oshiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Latviya, Vengriya, Fransiya va Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Qolaversa, uchrashuvda davlat rahbari O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishini aytib o‘tdi.
27 dekabrdan e’tiroban yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarildi. Markaziy bank «Gazeta.uz»ga 50 ming so‘mlikdagi xatolik bartaraf etilganini ma’lum qildi (foto).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting