Qashqadaryoda yer tagidan chiqayotgan tutun, «Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlaganlar, Nurafshondagi yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmagani, noyabrda inflyatsion kutilmalar oshgani sabablari, O‘zbekistonda yig‘ilib qolgan 4 mln tonna radioaktiv chiqindi, tez fursatlarda umra safariga ruxsat berilishi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 15 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.
OTM bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.
Yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotlar 22 dekabridan muomalaga chiqarilishi ma’lum qilindi. Ushbu yangi banknotalar 2017 yil namunasidagi 50 ming so‘mlik va 2019 yil namunasidagi 100 ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.
16−18 dekabr kunlari O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida «yashil» iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi. Unga ko‘ra, kelgusida yilda mamlakat YAIM o‘sish sur’atlari 6 foiz, inflyatsiya esa 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga jami 74,6 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Askar Akayev «Qumtor» ishi bo‘yicha guvoh sifatida Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga chaqirildi. So‘roq tafsilotlari oshkor qilinmadi.
Yaqin vaqtlarda pandemiya boshlanishidan avval umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun ziyorat qilish imkoniyatlari yaratilishi mumkin. Bu bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari Saudiya Arabistoni muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.
oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,85 so‘mga pasayib, 10 830,15 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
“Xududgazta'minot” AJ va Bank Apelsin o‘rtasidagi memorandum tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini takomillashtirishga qaratilgan.
Sovet Ittifoqi davridagi uran konlari faoliyati natijasida O‘zbekistonda 4 million tonna radioaktiv chiqindilar to‘planib qolgan. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 240 million, Qirg‘izistonda 132 million, Tojikistonda esa 42 million tonnani tashkil qiladi.
Qonunchilik palatasi yil davomida uchinchi marta davlat budjeti xarajatlarini oshirishni ma’qulladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, eksport sohalarini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa sohalar uchun 2,2 trln so‘m ajratilmoqda. Tuzatishlar uch o‘qishdayoq qabul qilindi.
Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.
Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi chapda burilish vaqtida to‘g‘ridan kelayotgan «Cobalt» mashinasini o‘tkazib yubormagani natijasida avariya sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida esa «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va haydovchi mashina ichida vafot etgan.
Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda to‘rt kishi «Qizil kitob» ga kiritilgan 14 ta jayron va 5 dona yovvoyi qo‘yonni ovlagani aniqlandi. Ular tabiatga 190 mln so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 16,5 foiz va 15,6 foizgacha oshdi. Respondentlar yoqilg‘i narxlarining oshishi va so‘mning qadrsizlanishini umumiy narxlar darajasining kutilayotgan o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida keltirmoqda.
Belarus sudi muxolifatchi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘iga 18 yil qamoq jazosi belgilagani, Fransiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanganlar soni 130 nafardan oshgani, Moskvada oxirgi 32 yillikdagi eng kuchli qor yog‘gani, Janubiy Sudanda 89 kishining noma’lum kasallikdan vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident yaqinda Denovda ro‘y bergan portlash tafsilotlarini televideniye orqali batafsil ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. «Yashiradigan O‘zbekiston emas hozir», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning qo‘shimcha qilishicha, bundan buyon viloyatlar hokimlari shu singari holatlarning oldini olish uchun javobgarlikni shaxsan o‘z zimmasiga oladi.
Rossiyadagi mehnat migrantlari topayotgan daromad,"Qo‘yliq" ma’muriyatining bozor buzilishi haqidagi xabarlarni rad etgani, o‘zbekistonlik sportchining Moskvadagi turnirda ommaviy janjalga sabab bo‘lgani, prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmagani, «O‘zbekiston pochtasi» rebrendingni boshlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning 14 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting