Sud Kattaqo‘rg‘on viloyati soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining o‘limida yo‘l-patrul xizmatining ikki sobiq xodimini aybdor deb topdi. Har biriga 2 yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
AQSh elchixonasida joylashgan havo tozaligi nazorat stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish indeksi 3 dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra rekord — 190 darajani tashkil qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot vazirligi (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksilariga obuna bo‘ladi. Uchta vazirlikning XTTB va XMKning ustav kapitalidagi mos ravishda 91,92 mln dollarlik 762 dona va 12,78 mln dollarlik 12 781 dona aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha taklifi ma’qullangan.
Andijon tumanida yashovchi fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan ish ochildi. IIB profilaktika inspektori va mahalla raisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Janubiy Koreyaga Nigeriyadan tashrif buyurgan er-xotin va ularni kutib olgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning «Omisron» shtammi aniqlandi. Koreyaliklar 270 ga yaqin kishi bilan muloqotda bo‘lgani, O‘zbekistonlik fuqaro esa tashxis qo‘yilishidan bir kun avval 400 kishi yig‘ilgan diniy muassasaga borgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan behayo video ortidan Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi uning hamkasblari tashabbusi bilan chaqirilgan hamda tegishli qarorni 24 nafar deputatdan 23 nafari qo‘llab-quvvatlagan.
Kavkaz hududlaridan O‘zbekistonga kirib keladigan antitsiklon dam olish kunlari havo haroratini tushiradi. Kunduz kuni havo +10 darajagacha pasayadi. Biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5−6 dekabr kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu oktabrdagi saylovdan keyin birinchi davlat tashrifi hisoblanadi.
Energetika vazirligi va Jahon banki 2022 yilda O‘zbekistonda vodorod ishlab chiqarishning texnik salohiyatini baholaydi. O‘rganishlar yakunida «ko‘k» va «yashil» vodorodni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.
Markaziy bank tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ va «VENKON GROUP» MCHJlariga to‘lov faoliyatini olib borish uchun litsenziya berildi.
O‘zbekiston tumanida issiqxona faoliyatini tashkil etish, Sherobod tumanida esa uy-joy qurish uchun yer sotishga uringan shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Jahon banki boshqaruvi Afg‘oniston rekonstruksiya trast jamg‘armasi donorlari mablag‘ o‘tkazishni tasdiqlaganidan so‘ng Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan 280 mln dollar ajratadi. Donorlar uchrashuvi 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Prezident Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari esa 1 yanvarda faoliyatini boshlaydi. Har bir tuman va shaharga vazirlik va banklardan xodimlar biriktiriladi. Ular bir yilga xizmat safariga yuboriladi va maoshi saqlab qolinadi. Ularning eng yaxshilari esa «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoniga tavsiya qilinadi.
Poytaxtni suv bilan ta’minlovchi «Qodiriya» suv inshootining yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik yuzaga kelib, nasos agregatlari o‘chib qolgan. Buning oqibatida shaharning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Toliblar O‘zbekistonni Afg‘oniston hukumati qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Avgust o‘rtalarida Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyoti Termiz xalqaro aeroportiga majburiy ravishda qo‘ndirilgan edi.
Alisher Usmonov xoldingi «MF Texnologii» (VK, sobiq Mail.ru Group) kompaniyasidagi 57 foizlik ulushini «Gazprom» bilan bog‘liq SOGAZ kompaniyalar guruhiga sotdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 1 martgacha O‘zbekistonning barcha tumanlarida blokpostlar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV ushbu xabarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida hududlarda kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Fitch Rating agentligi prognozlariga ko‘ra, «O‘zbekgidroenergo» investitsiya dasturlari 2030 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda issiqlik elektr stansiyalari ulushini 75 foizdan kamroq darajagacha qisqartirish imkonini beradi.
Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bilan chiqdi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga 15 turdagi qonunbuzarlik kiritilmoqda. Shuningdek, poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shu turdagi jinoyatchilarni muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik va jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik taklifi bildirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting