Zira.uz bayramlarga oldindan tayyorlanishni taklif qiladi va Hayit bayrami uchun mazali va g‘ayrioddiy chiroyli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Metroning halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatildi. Hodisa poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Qozog‘istonda emlanmagan davlat organlari xodimlarining ishga kiritilmasligi, Saudiya Arabistonida qarzi uchun qamoqqa olinganlarning kreditlari to‘lanishi, Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent shahrida Matiz avtomobili «Isuzu» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Oqibatda avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan. Hodisa sababli avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni Rustam Qosimovning vafoti munosabati bilan uning xonadoniga borib, oilasiga hamdardlik bildirdi. «Menga eng katta yordamchi, maslahatgo‘y edi. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. Ishlarini farzandlari davom ettirsin», — dedi u. Qosimov aprel oyining boshidan beri betobligi tufayli davolanayotgan bo‘lgan, juma kuniga kelib vafot etgan.
Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali hududida joylashgan, 353 mln dollarga baholangan Silk Road sayyohlik markazini 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu yerda kongress-xoll, sakkizta mehmonxona, «Abadiy shahar» majmuasi, dam olish maskani va boshqa ob’ektlar paydo bo‘ladi. Markaz qanday ko‘rinishda bo‘ladi (foto).
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Surxondaryo viloyatida Damas rusumli avtomashina 3 nafar fuqaroni urib yuborishi natijasida ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatladi va jami 10 511 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda uyning uyning 10 kv.m maydoni zararlandi. Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
9 may kuni janubdan bulutli massivlar kirib keladi va respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 13−18 darajani, kunduzi 25−30 darajani tashkil etadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.
Juma kuni quyi palata deputatlari Hisob palatasiga davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilish vakolatini berishga oid qonun loyihasini qabul qilishdi. Unda shuningdek, tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida tashkilotlar tomonidan palataga kerakli hujjatlar va mutaxassislarni ajratish majburiyati ham belgilanmoqda.
«Nasaf» futbol klubi 50 million so‘mga jarimaga tortildi. Bunga klub 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringanligi sabab etib ko‘rsatildi.
Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini COVID-19`ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Ularga «Sputnik V» vaksinasi qilinmoqda. Jami 250 nafar sportchi va murabbiylar emlanishi reja qilingan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi jamg‘arma tashkil etilib, 2021 yilda unga 50 mlrd so‘mgacha miqdorda mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar esa xorijdan jalb qilinadigan malakali tibbiyot xodimlari hamda mahalliy iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni moddiy rag‘batlantirishga sarflanadi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Pfizer va BioNTech bilan Tokio Olimpiadasi ishtirokchilariga vaksinalarni yetkazib berish to‘g‘risida memorandum imzoladi.
Rossiyaning Tomsk shahrida O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagan migratsiya xizmati xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Hukumat qarori bilan «O‘rmon xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur ko‘krak nishoni o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, o‘rmonlarni muhofaza qilish va ko‘paytirishda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolarga beriladi.
Qishloq tumanlarida beshtadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlari tashkil etiladi. Bo‘sh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 mln so‘mgacha bir martalik beg‘araz ko‘mak beriladi. Bundan tashqari, BMT hamkorligida Diplomatiya universitetida Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazi tashkil etilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting