Bokuda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston tashkilotning to‘la huquqli a’zosi deb e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Grenada — Karib dengizidagi orol-davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda MDH sammitida O‘zbekistonning 2020 yilda Hamdo‘stlikka raisligida e’tibor qaratiladigan ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi.
Samarqandda uchta maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Har uchoviga ham bitta autsor oziq-ovqat yetkazib bergan.
Toshkentdagi Qatortol savdo majmuasida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida kunlik tushum oldingi kunlarga qaraganda 3 barobarga, «O‘rikzor» bozorida esa 2 barobarga oshdi.
Podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari yer osti suvlari zaxiralari qisqargani sababli ulardan tejab foydalanishga o‘tadi.
Senatorlar yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, uning maqsadlari va vazifalarini kengaytirdi. Markaziy bank endilikda Senatga hisob beradi.
Qarshidagi tug‘uruq majmuasida ta’magirlik holati aniqlanib, bosh vrachi, uch shifokor va hamshira vazifasidan ozod qilindi.
Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuida boshlangan sambo bo‘yicha jahon chempionatida 50 dan ziyod davlatdan sambochilar qatnashmoqda.
Prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.
1 yanvarda joriy etilgan qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz 2020 yildan bekor qilinadi. Dvigatel hajmiga ko‘ra hisob-kitob qilish tartibi qaytmoqda.
Transport vaziri o‘rinbosari Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazma doirasida Myunxen xalqaro aeroportining boshqaruvchi direktori Ralf Gaffal bilan muzokaralar olib bordi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan Elmurat Xaitmetov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi.
1 yanvardan qandolat mahsulotlari va shokolad importi uchun bojxona boji stavkalari 30 foizgacha oshiriladi. Hozirda ular mos ravishda 20 va 15 foizni tashkil etadi.
«Mehr 2» deya nomlangan insonparvarlik operatsiyasi doirasida Iroq davlatidan 64 nafar bolalar O‘zbekistonga olib kelindi.
Toshkentning «Kamolon» mahallasida 26 yoshli bank xodimini o‘limida turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshi ayblanmoqda.
Dilshod Saidjonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Yaman darvozasiga beshta gol kiritdi.
Shoxruh G‘iyosov Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting