Rossiya bilan yaqin sheriklik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish O‘zbekiston xalqaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, dedi mamlakat tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Toshkentda o‘tkazilgan «Valday» klubi konferensiyasida.
Parkent tumanida yashovchi shaxs fermer xo‘jaligi rahbariga bankdan 3 mlrd so‘m kredit ajratilishini aytib, undan kredit miqdorining 10 foizini berishini so‘radi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida mansabdor shaxs qum barxanlaridan litsenziyasiz foydalanishiga ruxsat berish uchun 5,6 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistondagi qishloq joylarini rivojlantirish loyihasi uchun $275 mln miqdorida qarz ajratiladi. Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY hududlarida amalga oshiriladi.
Roodell kompaniyasi ADM Jizzakh zavodida LADA avtomobillarini yig‘ishni boshladi. Birinchi bo‘lib Vesta SW va XRAY modellarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Tez orada ular safiga Largus ham qo‘shiladi.
20 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda bolalarni poliomelitga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Bu Tojikiston va Afg‘oniston poliomelit holatlari aniqlanganligi bilan bog‘liq. Mamlakat hududlariga 1,2 million doza vaksinalar yetkazib berildi.
Jizzax viloyatidagi tuman prokurori jinoyat ishiga aloqador shaxsni kamoqqa olmaslik uchun 2 ming dollar so‘ragan. Samarqand viloyatidagi tuman prokurorlaridan birining o‘rinbosari sudlanuvchiga tayinlangan jazoni og‘irroq jazo turiga o‘zgartirishga harakat qilib, birinchi yengilroq jazoni o‘z kuchida qoldirish uchun 10 ming dollar talab qilgan. DXX boshqa shunga o‘xshash korrupsiya holatlari haqida ham xabar berdi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-98 markali benzin ishlab chiqarildi. 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.
Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda kelajakda buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yiliga 250 taga yetkazish, jigar transplantatsiyasini esa 50 taga yetkazish rejalashtirilgan, ma’lum qildi Senat matbuot xizmati. Shuningdek, yurak transplantatsiyasini joriy etish va yiliga 50 ta amaliyot hamda o‘pka transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 529 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 84 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir fuqaro xususiy uylardan birida ko‘chirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi paytida sud ijrochilariga, politsiya xodimlariga o‘q uzgan. Otishma oqibatida besh kishi vafot etgan.
Rossiya Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlar yakunlari bo‘yicha “Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya” va “Noviye lyudi” yetakchi bo‘ldi. To‘qqizta ma’muriy birlikda ham hudud rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, aksariyat saylangan gubernatorlar hukmron partiya vakillari hisoblanadi.
1 mln dona uzum ko‘chatlarini yetkazib berish bo‘yicha 9,95 mlrd so‘mlik tenderda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida milliy bilim va innovatsiyalar markazi (buyurtmachi) rahbari Alisher To‘rayevning o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘ldi.
«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlarining o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi, deya xabar qildi «O‘zbeknaftgaz». Jumladan, neft bazasida 23,3 mlrd so‘mlik 3219 tonna avtobenzin birja savdolari orqali sotib olinmasdan, iste’molchilarga jo‘natib yuborilgan. Bundan tashqari, ayrim xodimlar yoqilg‘i sig‘imlarining kalibrovka jadvallarini o‘zgartirilib, zaxiralarni yashirgan, haydovchilar esa mexaniklar bilan kelishib, benzinni hisobdan chiqarishgan. 11 xodim ishdan bo‘shatildi, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi boshlanishi, Respublika maxsus komissiyasining qarorlari, YTH oqibatida jurnalistning halok bo‘lishi — “Gazeta.uz"ning 20 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Afg‘onistonda teraktlar oqibatida bir necha kishining halok bo‘lgani, Xitoyda bolalar uchun TikTok’ning cheklangani, Hindistonning 500 ming xorijlik sayyohga bepul viza berayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent IIBB YHXB bo‘linmalarida avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma berish ishlari qayta tiklandi. Texpasportlarni almashtirish bo‘yicha murojaatlar sonining ortib ketgani ularni berishda muammolarni keltirib chiqargani aytildi.
Qonunchilikka fuqarolik protsessida soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti kiritildi. Da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 20 baravaridan, YATTga nisbatan 10 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 5 baravaridan oshmasa, ishlar soddalashtirilgan tartibida ko‘rib chiqiladi.
«Trest-12» qurilish kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. UzAssets investitsiya kompaniyasi «raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali» «Trest-12» ustav kapitalidagi 51,12 foizlik aksiyalar paketi sotilishi haqida e’lon berdi.
Termizning «Surxon» klubi futbolchisi Javohir Esonqulov jamoa sardori, klub sport direktori va birinchi vitse-prezidenti tomonidan do‘pposlanganini ta’kidladi. Klub esa Esonqulov jamoa rahbarining kabinetiga kiraverishdagi devorga uni haqorat qiluvchi so‘z yozib qoldirganligini ma’lum qilib, faqat ikkita futbolchi o‘rtasida mushtlashuv bo‘lganini aytdi. Futbolchining rafiqasi uni dubinkalar bilan kaltaklaganini ta’kidlamoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting