Nodir Nurmatov Jizzax viloyat hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bukmekerlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalasi muhokama qilindi. Bir qator qonunlarga bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normalar kiritish taklif etildi.
Qatar aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Mvzkur havo qatnovini “Qatar Airways” aviakompaniyasining besh turdagi samolyotlari amalga oshiradi.
EY auditorlik kompaniyasi bankrotlikka uchrab, yopilib ketgan Zeromax kompaniyasi tufayli bosimlar ostida qoldi. Financial Times millionlab dollarlarning zargarlik buyumlarini sotib olishga sarflangani va offshor hisob raqamlariga o‘tkazilganiga e’tibor qaratdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,37 so‘mga pasayib, 10 682,86 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Milliy tiklanish partiyasi bilan mojarolarga izoh berdi. Bahrom Abduxalimov partiya «maqolasida yozgan faktlardan orqaga qaytmasligini» aytib, Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda ayblayotganini yana bir bor tasdiqladi. Qolaversa, u partiya bu to‘g‘risidagi xabarni tarqatish uchun blogerlarga pul to‘laganini inkor etdi. «Debatni Alisher Qodirov bilan ham kutish mumkin», — dedi Bahrom Abduxalimov.
Prezidentlik saylovlarida «Adolat» partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov saylovoldi jarayonlarda debatlar albatta o‘tkazilishini ma’lum qildi. U o‘z raqiblari «yetarli kompetensiyaga ega ekanliklarini» va ular bilan o‘tkaziladigan debatlar «shubhasiz qiziq bo‘lishini» ta’kidladi.
Energetika vazirligi Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtga teng bo‘ladigan uchta fotoelektrostansiyalar qurish bo‘yicha tenderni e’lon qildi.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev Arktika zonasida o‘tkazilgan mashg‘ulot paytida inson hayotini saqlab qolib, halok bo‘ldi.
UzAuto Motors, «Jizzax avtomobil zavodi», ADM Jizzakh, Roodell va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2021 yilning birinchi yarmida jami 2,57 trln so‘mlik (240,9 mln dollar) bojxona bojlari, QQS va aksiz soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan. UzAuto Motors avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar ham milliardlab so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi, deya ma’lum qildi Tashqi ishlar vazirligi. Vazirlik yangi davlat idoralari bilan «konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini» bildirdi.
Qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Terim otryadlari rahbarlariga mavsum yakuniga qadar 2 mln so‘mdan mehnat haqi beriladi.
BMTning rasmiy vakili Ramiz Alakbarov Afg‘onistonning muhtoj aholi qatlamlarisha mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxiralari shu oyda tugashi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda besh yoshdan kichik bolalarning yarmidan ko‘pi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, aholining uchdan bir qismidan ortig‘i yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. Ayni paytdagi mavjud talabni qondirish uchun oziq-ovqat sektorining o‘ziga kamida 200 million dollar mablag‘ zarurligi aytilmoqda.
«Adolat» Bahrom Abduhalimovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Abduhalimovning «Adolat — hayotimizning bosh mezoni» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan korrupsiya va har qanday ko‘rinishdagi «samosud» uchun qat’iy jazo belgilash, Tergov qo‘mitasini tashkil etish, oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilish, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona — Ta’lim vazirligiga aylantirish, «Jamiyatda yurish-turish, odob-ahloq qoidalari» kodeksini yaratish kabilar o‘rin olgan.
7 sentabr kuni O‘zbekistonda 338 ming 971 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 mln 547 ming 450 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 7,28 foizini tashkil qilmoqda.
1 oktabrdan boshlab eksport hajmi $20 mlndan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari uchun $5 mlngacha bo‘lgan bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi. 12 oy davomida 1 mln AQSh dollaridan ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirishi mumkin.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 660 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 138 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Davlat qarzi ikkinchi chorakda 1 mlrd dollarga oshdi. 1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan.
Surxondaryoda To‘palang suv omboridan 361 kilometrlik magistral suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 138 mln dollarlik loyiha To’palang HPD Platinum tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting