Kecha kun davomida O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, chorshanba kuni 353 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Fermer va sotib oluvchi tashkilotlar, klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, fermer xo‘jaliklarining 180 mlrd so‘mdan ko‘proq qarzga botgani va boshqalar — Adliya vazirligi «Fermerga madad» aksiyasi doirasida fermerlar manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazayotgan holatlarni o‘rganmoqda. Vazirlik ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha choralarni taklif qilmoqda.
Prezident farmoni bilan 30 dan ziyod hokim, qator davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari mukofotlandi. Ular orasida Toshkent shahri va poytaxtning bir nechta tumanlari, Jizzax viloyati va Jizzax shahri, Xorazm viloyati va uning tumanlari hokimlari hamda boshqalar bor.
Jazoirning Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzayotgani, Yaponiyaning 8 ta prefekturasida favqulodda holat e’lon qilingani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi qabul qilingan qonun va qarorlar, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishi, reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari oqlanishi — “Gazeta.uz"ning 25 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Polsha prezidenti Anjey Duda telefon orqali muloqotda fuqarolarni O‘zbekiston hududi orqali evakatsiya qilishdagi ko‘mak uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi.
6 ta jinoyat ishi bo‘yicha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi.
Hukumat qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ruminiya, Polsha, Tojikiston, Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Hukumat qaroriga muvofiq, uy-joy olish yoki yakka tartibdagi uy-joylar uchun subsidiyalarni to‘lash muddati 2021 yil 1 dekabrgacha uzaytirildi. Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdor etib belgilandi.
Dollarning rasmiy kursi 19,66 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 654,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarda yangi o‘quv yili bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy shaklda boshlanishini ma’lum qildi.
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 432 ta yoki o‘tgan yildagi umumiy ko‘rsatkichdan 2,3 barobar ko‘proq elektromobil import qilindi. Ular asosan Xitoydan olib kirildi.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston o‘zining Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarida prezident saylovi davrida saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirilmoqda.
Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etib, poytaxtda yashovchi har bir odamga 36 kv. metrdan yashil maydon to‘g‘ri kelmoqda, deya ma’lum qildi Jahongir Ortiqxo‘jayev (2018 yilda 60 kv. m ekani aytilgan edi). Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichni London darajasiga olib chiqish uchun qariyb 1,5 mln tup «sifatli daraxtlar» ekilishi kerak.
MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, soliq bo‘yicha jarimalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin. Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 1 sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Oshayotgan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar, davlat organi xodimlarining onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, ayrim sportchi-trenerlarga har oylik to‘lov, yangi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabining bekor qilinishi va boshqalar — 1 sentyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting