O‘zbekistonga 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi keltirildi
30 avgust 2021, 02:14

O‘zbekistonga 90 ming doza «Sputnik V» vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. U vaksinaning birinchi komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlashga mo‘ljallangan.

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i orqali o‘tgan yo‘lda harakat cheklanadi
29 avgust 2021, 20:30

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i orqali o‘tgan yo‘lda harakat cheklanadi

«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi.

Hokim o‘rinbosarlari faoliyati KPI asosida baholanadi
29 avgust 2021, 19:35

Hokim o‘rinbosarlari faoliyati KPI asosida baholanadi

Prezident qarori bilan hokimlar o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etilmoqda. Ular faoliyati «qoniqarsiz», «qoniqarli», «yaxshi» va «a’lo» deb baholanadi. Ular hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun shaxsiy javobgar etib belgilandi.

Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini qayta tiklaydi
29 avgust 2021, 18:54

Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini qayta tiklaydi

Afg‘onistondan amalga oshirilgan evakuatsiya reyslariga xizmat ko‘rsatish uchun 19 avgust kuni yopilgan Toshkent-3 mahalliy reyslar aeroporti 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklamoqda

Qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan loyihalar davlat tomonidan infratuzilmalar bilan ta’minlanadi
29 avgust 2021, 18:13

Qiymati 200 mlrd so‘mdan oshadigan loyihalar davlat tomonidan infratuzilmalar bilan ta’minlanadi

1 oktyabrdan davlat qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlaydi. Prezident bilan uchrashuvda tadbirkorlar infratuzilmalar bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan edi.

Bir guruh chiroqchiliklar prokuror bilan uchrashish uchun g‘alayon ko‘targaniga izoh berildi
29 avgust 2021, 15:24

Bir guruh chiroqchiliklar prokuror bilan uchrashish uchun g‘alayon ko‘targaniga izoh berildi

Chiroqchida qo‘shni homilador ayolni zo‘rlamoqchi bo‘lganida ayol tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan marhumning yaqinlari prokuror bilan uchrashish maqsadida to‘palon ko‘targani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura mazkur yig‘ilish aslida IIO tomonidan aholi vakillari bilan mast holda o‘g‘lini o‘ldirgan ota bilan bog‘liq jinoyat ishini muhokama qilish uchun tashkil etilganini bildirdi.

Paralimpiada-2020. Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi
29 avgust 2021, 14:05

Paralimpiada-2020. Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik para-dzyudochi Sharif Halilov bronza medali sohibi bo‘ldi. U bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Hafta boshida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
29 avgust 2021, 13:24

Hafta boshida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

30 avgust kuni Toshkent shahri, Toshkent viloyati va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Devorlarda giyohvand moddalarni reklama qilgan shaxslar ushlandi
29 avgust 2021, 12:56

Devorlarda giyohvand moddalarni reklama qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida uylarning devorlariga giyohvand moddalarni reklama qilgan yozuvlarni yozgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Tekshiruvlarda jami 62 ta yozuv aniqlandi.

O‘zbekiston 7 oyda 14,5 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qilgan
29 avgust 2021, 12:33

O‘zbekiston 7 oyda 14,5 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 7 oyda O‘zbekiston xorijga qiymati 14,5 mln dollarga teng bo‘lgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Eksport qilish bo‘yicha mamlakatlar kesimida Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda.

28 avgust kuni O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus aniqlandi
29 avgust 2021, 11:02

28 avgust kuni O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 322 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

«Osten» liftlari EOII sertifikatini oldi
28 avgust 2021, 17:00

«Osten» liftlari EOII sertifikatini oldi

Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi.

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi
28 avgust 2021, 16:23

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi

18 yalpi majlisda senatorlar jami 8 ta qonunni, shu jumladan, sug‘urta faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperativi, soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash, harbiy xizmat, Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi hujjatlar ma’qulladi.

Xitoy-o‘zbek vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi
28 avgust 2021, 14:43

Xitoy-o‘zbek vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalari e’lon qilindi

Juma kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza tadqiqotlari natijalarining dastlabki statistik tahlili e’lon qilindi. Unga ko‘ra, vaksina barcha shtammlar uchun umumiy 81,7% samaradorlikni namoyish etgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonotiga ko‘ra, «klinik tadqiqotlar natijasi vaksina aholiga koronavirus yuqishining oldini olishda samarali ekanini tasdiqlagan».

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonliklar bitta oltin va ikkita kumushni qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 13:48

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonliklar bitta oltin va ikkita kumushni qo‘lga kiritdi

Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 3 ta medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Para-dzyudochi Feruz Saidov oltin, para-pauerliftingda Ro‘za Qo‘ziyeva va para-dzyudochi Parvina Samandarovalar kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalaniladi
28 avgust 2021, 13:14

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalaniladi

Hukumat qarori bilan 2022 yildan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etishda qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi
28 avgust 2021, 11:45

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi
28 avgust 2021, 11:11

27 avgust kuni 829 kishi koronavirusga chalindi, 8 nafar bemor vafot etdi

Juma kuni O‘zbekistonda 829 kishi COVID-19 bilan kasallandi, 857 nafar bemor esa tuzaldi. Davolanayotgan bemorlarning 8 nafari olamdan o‘tdi. Qolaversa, shu kuni 334 kishida pnevmoniya aniqlangan, bemorlarning 4 nafari vafot etgan.

Nima tayyorlaymiz: maffinlar
28 avgust 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: maffinlar

Rezavor mevali, quyultirilgan sut va tvorogli, shokoladli — Zira.uz mazali maffinlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi
28 avgust 2021, 09:58

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va bitta bronzani qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 o‘yinlarida o‘zbekistonlik paralimpiadachilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Nayza uloqtirishda Nozimaxon Qayumova, disk uloqtirishda esa Mohigul Hamdamova chempion bo‘lgan bo‘lsa, yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov bronza medali sohibiga aylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting