Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida parakanoechi Shahnoza Mirzayeva va yengil atletikachi Muxammad Rexsimov O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi. Avvalroq, yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bayroqdor bo‘lishi aytilgan edi.
«Tolibon» Afg‘onistonni boshqaradigan 12 kishilik kengash tashkil etishni rejalashtirmoqda.
JSST uyda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilishning asosiy qoidalarini eslatdi. Jumladan, virus yuqtirgan bemorni izolyatsiya qilish, u joylashgan xonani shamollatib turish va unga faqatgina niqob bilan kirish kerak. COVID-19 bilan kasallangan odamga tinchlik, ko‘p suyuqlik va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi lozim.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 807 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 321 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobarxon Nosirova tasdiqlandi. Bunga qadar u tumandagi «El rizqi non» MCHJ rahbari bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.
Polshaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etayotgani, Rim papasining taxtdan voz kechishi mumkinligi, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning KXSHT davlat rahbarlari sammitida mehmon sifatida ishtirok etishi, UzAuto Motors`ga yangi bosh direktor tayinlanishi, Qo‘rg‘ontepa tumani prokurorining o‘z lavozimidan ozod kilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonda 7 oy ichida 124,9 ming dona — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kam avtomobil ishlab chiqarildi. Nexia va Spark modellarini ishlab chiqarishda eng ko‘p tushish qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev KXSHTga a’zo davlatlarga Afg‘oniston bilan chegarani ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabboyev o‘z lavozimidan ozod kilindi. Avvalroq, u tuman obodonlashtirish xodimlarini o‘zining uchastkasida ishlatgani aytilgan edi.
«Tolibon» nazorat qilmaydigan yagona Panjsher provinsiyasi harakat vakillari tomonidan qamal qilindi. Provinsiyaning qarshilik vakillari toliblar bilan to‘qnash kelishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilib, jiddiy muzokaralarga chaqirishdi.
Dollarning rasmiy kursi 0,54 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 641,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqotida Afg‘onistondagi hozirgi notinch vaziyatni muhokama qildi.
Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u «Gruppa GAZ», «AvtoVAZ «prezidenti va Yazaki`ning Yevropa bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.
Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shanba kuni respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xayriya hasharida 3 mlrd 193 mln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Shundan 189 mln so‘mdan ortig‘i «Mahalla» fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratilgan, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hisobotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting