O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida Pfizer/Bio N Tech vaksinasining 1,2 mln dozasi olib kelinishi ham ko‘zda tutilgan.
Jurabek Laboratories tomonidan «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi ishlab chiqilib, Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Ijobiy javob olingach va Rossiyadan xom-ashyo keltirilgach, O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini quyish avgust o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Jurabek Laboratories ishlab chiqarish direktorining ma’lum qilishicha, kompaniya birinchi bosqichda 2 mln doza «Sputnik V» va 10 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bellashuvlarda qatnashishdi. Ular orasida bokschi Bahodir Jalolov keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, qolgan barcha sportchilar musobaqadagi ishtiroklarini tugatishdi.
Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi olingandan so‘ng, ikkinchisini olgunga qadar 12 hafta (3 oy)dan ortiq vaqt o‘tsa, fuqaro revaksinatsiya qilinadi, deya ma’lum qildi SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov.
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar va aholi zich joylashgan mahallalar, ichki yo‘l yoqalari va boshqa bo‘sh maydonlarda istirohat yo‘laklari tashkil etiladi.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Toyota YTHga uchradi. Oqibatda bir kishi vafot etdi, 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda Belarus muholifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayani qabul qildi. Bayden AQSh «Belarus xalqini demokratiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini» ta’kidladi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qiymati 4,9 mlrd dollar bo‘lgan «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni konda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor, Toshkentdagi “Panorama” kinosaroyi va “Kosmonavtlar” metro bekati loyihalari muallifi Sergo Sutyagin vafot etdi.
Sport jurnalistlari Nikolo Skira hamda Fabritsio Romano o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni Italiyaning “Roma” klubi bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lum qilishdi. Rimliklar hujumchini 16 mln yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha “Roma” manfaatlarini himoya qiladi.
Burger King tez ovqatlanish restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda. OOO Burgerhouse kompaniyasi ro‘yxatga olingan, xodimlar ishga olinmoqda. Birinchi filial yil oxirigacha ochilishi mumkin.
Kecha O‘zbekistonda 879 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida uchta sport turi bo‘yicha 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, Tokio olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan bronza medal, prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi — “Gazeta.uz"ning 28 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 61 yoshli piyodani yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev olimlarning tadqiqotiga asoslanib koronavirus bilan kurash hali yana kamida 10 yil davom etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababdan «Sputnik V» va xitoy-o‘zbek vaksinalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha muhokamalar bormoqda. Prezident fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. «Vaksina olganlarga shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti», — dedi u.
Toshkentning Mirobod tumanida bir qator ko‘chalardagi 500 dan ziyod tashqi yozuvlar va axborot matnlari «Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunga moslashtirildi. Jumladan, «Beauty salon», «Sloyonnaya samsa», «Apteka» kabi yozuvlar o‘zbekchalashtirildi.
Chorshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mehribonlik uylaridagi bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilmayotganini qayd etdi. Shuningdek, hokimlar, sektor rahbarlari va Xalq ta’limi vazirligi mehribonlik uylari bilan yetarlicha ishlamagani tanqid ostiga olindi. Shundan kelib chiqib, 16 ta «Mehribonlik uyi» va 4 ta «Bolalar shaharchasi» Milliy Gvardiya tizimiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Tokiodagi Olimpiadaning beshinchi kunida dzyudochi Davlat Bobonov bronza medali sohibiga aylanib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadigi ikkinchi medalni keltirdi. Bokschilar Mirazizbek Mirzahalilov va Dilshod Ro‘zmetovlar Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroklarini tugatishdi. Dzyudochi Gulnoza Matniyazova ham yakka bahslardagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlab, aralash jamoaviy yo‘nalishdagi ishtirokiga tayyorlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting