Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yarim yil ichida sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot berdi. Jumladan, 99 ta odam savdosi fosh etilgani aytildi. Tanzila Narbayeva esa ushbu jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va 34 ta holat chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
2021 yilning 6 oyi davomida sodir bo‘lgan 542 ta YTHlarda 458 nafar bola jarohatlangan, 104 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar soni o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan 33,3 foizga ortgan. Yarim yilda umumiy YTHlar soni 3,5 mingdan ortiq, ularda 1000ga yaqin inson halok bo‘lgan.
Dollarning rasmiy kursi 17,43 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 642,43 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.
Prezident imzolagan yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida» gi qonun bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Hujjatda shuningdek, sudyalarning intizomiy javobgarligi va ularning ijtimoiy himoyasi batafsil aks ettirilgan.
TIV pandemiya davrida xorijliklarning O‘zbekistonga kirishi bo‘yicha tartiblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobil orqali kelayotganlar mamlakat hududidiga faqat PZRning manfiy ko‘rsatkichiga ega bo‘lsagina kiritiladi. Shuningdek, mamlakatga kirish vaqtida turistda koronavirus infeksiyasining alomatlari bo‘lib, PZR musbat bo‘lsa, o‘ni o‘z davlatiga qaytarish ishlari yo‘lovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, tibbiyot xizmat sohasidagi ko‘plab muammolar joylarda vaqtida o‘rganishlar olib borilmaganligi sababli kelib chiqmoqda. U aholining salomatligini ta’minlashda mahalliy kengashlar ham faol bo‘lishi kerakligini qayd etdi.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga jami 5 958 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, shundan 5 348 nafari ayol, 393 nafari erkak hisoblanadi. Hududlar kesmidida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (1598), Jizzax (861) va Namangan viloyatidan (540) bo‘lgan.
Isroilda 60 yoshdan oshganlarni COVID-19`ga qarshi Pfizer vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlash ishlari boshlandi. Buning uchun fuqarolar kamida besh oy oldin ikki dozali kursni tamomlagan bo‘lishi kerak. Hozircha Isroil revaksinatsiyani boshlagan birinchi mamlakat hisoblanadi.
AQShning SRK Consulting kompaniyasi direktori Mayk Bir O‘zbekistonda 45 mln tonna mis va 5,5 ming tonna oltin zaxirasi mavjudligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektromobillarni ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan jahon bozorida misga bo‘lgan talab ham keskin ortadi. U O‘zbekistonda mis ishlab chiqarishga qaratilayotgan e’tiborni uzoqni ko‘zlovchi siyosat deb atadi.
1 avgustda mamlakatni salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Havo harorati +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 30−31 iyulda Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Kecha O‘zbekistonda 897 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.
Qibray tumanida besh kishi shafqatsiz ravishda o‘ldirildi, gumondor qo‘lga olindi.
O‘zbekistonga COVAX mexanizmi doirasida AQShdan 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Ushbu vaksina butun mamlakat bo‘ylab 18 yoshdan oshgan fuqarolarni emlashda qo‘llaniladi. Kuzda AstraZeneca va Pfizer vaksinalarini yetkazib berish rejalashtirilgan.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 5 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Qoraqalpog‘istoning Taxiatosh tumanida mast holda IIBga olib ketilgan fuqaro vafot etdi. Fuqaroning yaqinlari uning o‘limida profilaktika inspektorini ayblamoqda. Hozirda IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.
Prezident tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashdi. Shavkat Mirziyoyev undan mashinaning qulayliklar, oylik maoshi, hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘radi. “11−12 mln, ko‘tarilib boryapti hozir. Uyim yo‘q edi, uyli bo‘ldim. Hozir Malibu avtomashinam bor”, — dedi haydovchi.
Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari, Braziliyada qor yoqqani, Malayziya muxolifatining mamlakat bosh vazirini iste’foga chiqishga chaqirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks etgan 18 mln so‘mlik poyabzallar taqdim etdi. Adliya vazirligi buni «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi. Shuningdek, Toshkent adliya boshqarmasi poytaxtdagi davlat organlarida davlat ramzlaridan foydalanishda 363 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlagan. Natijada, 55 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
O‘zbekiston o‘zbek sportchilari ishtirokidagi ikki boks jangi natijalaridan norozi bo‘lib, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari komissiyasiga murojaat qildi. Komissiya besh nafar hakam faoliyatini ekspertlar kuzatayotgani, biroq janglar natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, Shavkat Mirziyoyevning Olmaliqqa tashrifi, O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 17,9 mln doza vaksina olib kelinishi rejalashtirilayotgani — “Gazeta.uz"ning 29 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting