Hafta boshida respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kuni havo harorati biroz ko‘tariladi, cho‘lli hududlarda harorat +44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher G‘aniyev vaqtincha ishdan chetlatildi. Avvalroq, o‘zbekistonlik suzuvchilar g‘irrom yo‘l bilan Olimpiadaga chiqishga urunishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. MOQ va Sport faxriylari kengashi ushbu holat «sport tamoyillariga mos kelmasligini va olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini» ta’kidladi.
18 iyul kuni O‘zbekistonda 585 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi.
Yakkabog‘ tumani hokimligi o‘z binosiga ega emasligi, hokimlik hozirga qadar Xalq demokratik partiyasining balansida bo‘lgan binoda faoliyat yuritayogani ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimi bundan bosh vazir o‘rinbosarlarining, moliya vazirining ham xabari borligi va tez orada bino qurilishini aytdi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikki Nexia ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Ikki avtomashina haydovchilari esa shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkentda Qibray tumanida joylashgan 7 gektar yer maydonini 23,5 ming dollar evaziga tender savdolariga qo‘yish orqali sotib olib berishni va’da qilgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
17 iyul kuni O‘zbekistonda 507 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 436 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi.
Qaymoqli, yogurtli, shokoladli va mevali — Zira.uz uyda tayyorlasa bo‘ladigan muzqaymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshda vafot etdi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlandi. «Hamshaharlar o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichini qabul qilib oldim. O‘ylaymanki, bu koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi», — dedi hokim.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari, kafe, restoran va choyxonalar, sport maktablari, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlari, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat hokimiyati, boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 1 noyabrgacha to‘liq emlanishi shart etib belgilanmoqda. To‘liq ro‘yxat.
Respublika maxsus komissiyasi OTMlarga kirish uchun test sinovlarini ochiq maydonlarda, xususan, stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Virgin Galactic kompaniyasi 2022 yilda koinotga amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvozga 2 ta chiptani lotereyaga qo‘ydi. G‘olibga parvozdan tashqari transfer, mehmonxonada joy va Richard Brenson bilan kosmodromga shaxsiy ekskursiya va’da qilingan.
Quyi palata Spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun hujjatlariga muvofiq, majburiy emlash mumkin emasligini ma’lum qildi. Buning uchun huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Biroq, deputatlar Respublika maxsus komissiyasiga ixtiyoriy emlanganlarni rag‘batlantirish va imtiyozlar berish yoki harakatlarini cheklash borasida tavsiyalar bergani aytilmoqda. Qolaversa, xodimlari emlangan kafe va restoranlarga cheklangan vaqtda ham ishlashga ruxsat berish taklifi bildirilgan.
Kubaning koronavirusga qarshi Abdala vaksinasi klinik sinovlarning uchinchi bosqichida kasallikning og‘ir shakli va o‘limga qarshi 100% samaradorligini ko‘rsatdi. Vaksinaning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadiganlarni 300 ming kishiga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 14,59 so‘mga pasaydi va jami 10 611,38 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga borib, bemor va shifokorlar bilan suhbatlashdi. Markazda davolanayotganlarning 65 foizi ayollar ekani, qolaversa, bemorlar orasida vaksina olganlar ham borligi aytildi. Ta’kidlanishicha, vaksina olganlarda kasallik yengil o‘tmoqda, ular 3 kunda davolanib chiqayapti. «Tezda fuqarolarga vaksina qilish kerak. Bo‘lmasa ertaga odamlarni joylashtira olmaymiz», — deydi hokim.
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan o‘zbekistonlik dastlabki ayol atlet sifatida tarixda qoladi.
Prezident qaroriga asosan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi «Uchinchi Renessans — Yangi O‘zbekiston» g‘oyasini targ‘ib qiluvchi, mamlakatning yangi yuksalish davridagi yutuqlarni ilmiy asosda o‘rganuvchi va keng jamoatchilikka yetkazuvchi markazga aylantiriladi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting