Angrenlik yigit «UNIVERSAL KREDIT» nomli soxta Telegram-guruh ochib, 15 daqiqa ichida mikroqarz berilishi haqidagi e’lon bilan 10 nafardan ziyod fuqaroning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari birinchi kunida sakkizta sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berilishi, Strategik rivojlanish agentligining tashkil etilishi, Sodiq Safoyevga rektorlik vazifasi yuklatilishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Andijonlik fuqaro yarim yil davomida go‘shtini iste’mol qilish uchun o‘z uyida itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi. Unga nisbatan it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzish hamda jonivorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi moddalar asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Prezident qarori bilan, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyati ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.
Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.
Koronavirusdan davolanayotgan va karantinga olingan shaxslar O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashishlarini ta’minlash uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning uylariga ko‘chma qutilar bilan tashrif buyurish rejalashtirilgan. Bunda muddatidan avval ovoz berish davridagi epidemiologik vaziyat inobatga olinadi.
Dollarning rasmiy kursi 16,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 615,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Urgut tumanida fuqaro Telegram`dagi guruhda, guruh a’zolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, boshqa fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan taxqirlagan. Ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
Toshkent shahar hokimligi 24−26 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi. Avvalroq, O‘zgidromet dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘lishini e’lon qilgan edi.
Iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1574 nafar qochqinlarni qabul qildi. Keyinchalik ular charter reyslari bilan Kobul va Mozori-Sharifga qaytarilgan. Mamlakat chegaradosh hududlardan 100 mingga yaqin afg‘on qochqinlarini qabul qilishga tayyor.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.
Juma kuni ertalab Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uchqahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama ekrani yonib ketdi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Avvalroq, mamlakat bayroqdorlari sifatida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov e’lon qilingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting