Ushbu haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida havo harorati juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kun davomida havo +44 darajagacha issiq bo‘ladi. Shamol va changli bo‘ronlarning kuchayishi kutilmoqda.
22 iyul kuni O‘zbekistonda yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich — 738 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, 462 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Prezident farmoni bilan tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish masalalarini o‘rganuvchi Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi. Hujjatga asosan, davlat organlari va tashkilotlari Agentlikning so‘roviga ko‘ra birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.
Poytaxtning Yashnobod tumanida Matiz 65 yoshli piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
22 iyul, dam olish kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan prezident nutqida belgilangan vazifalarni muhokama qilish maqsadida videoselektor o‘tkazildi. Unda koronavirusdan xavf osti guruhiga kiritilgan fuqarolar ham qatnashgan. Shu kuni bosh vazir boshchiligida ham mehnat vaziri va boshqa rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Aushvits-Birkenau (Osvensim) nemis konslager va o‘lim lagerlari majmuasida 100 nafardan ziyod o‘zbekistonliklar saqlangan, deyiladi Polshada o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida.
2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
23−24 iyul va 26−27 iyul kunlari Toshkent shahrining bir qator tumanlarida suv quvurlarini ko‘chirish munosabati bilan sovuq suv o‘chiriladi va suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
Andijon viloyatida Koreyaga ishga yuborishni va’da berib, buning evaziga 6 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chorshanba kuni koronavirus holatlarining rekord darajada o‘sishi qayd etildi — 719 kishi kasallikka chalindi. Qariyb 500 nafar fuqaroda pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 bilan og‘riganlarning yana 4 nafari vafot etdi.
Farg‘ona viloyatida taksi haydovchisi jonsiz holda topildi. To‘rt kishi, jumladan uch nafar voyaga yetmagan bolalar (ikki nafari o‘quvchi) uni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.
Ikkita kompaniya hamda «Asakabnk» bosh ofisi va filiali xodimlari 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur mablag‘lar Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan.
Namangan viloyatida sel kelishi va suv toshqinlari natijasida ikkita ko‘prik va bir qancha avtomobilga zarar yetdi, uylarni suv bosdi. 130 nafardan ortiq kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida besh oydan kamroq muddat ishlagan Shuhrat Otaboyev Xalq banki boshqaruv kengashi raisi bo‘ldi.
20 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 8 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
Toshkentda 5 nafar fuqaro harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini qurilish firmasi boshlig‘iga olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdorida pul berishini talab qilgan. Ular oldindan 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Toshkent viloyatida yana bir shunga o‘xshash holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida fuqaroni noqonuniy tarzda o‘qishga kirib qo‘yish hamda Sirdaryo viloyatida kredit berish evaziga pul talab qilish kabi holatlar aniqlandi.
20 iyul kuni O‘zbekistonda 698 ta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu 2021 yil boshidan eng katta ko‘rsatkich. Shuningdek, 478 kishida pnevmoniya aniqlangan. 4 nafar koronavirus bemori vafot etgan.
299 ta eskirgan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishga 700 mln yevro talab etiladi, deya xabar qildi prezident. Mazkur loyiha amalga oshirilgach, 78 ming gektar yer qo‘shimcha foydalanishga kiritish, 78 mln kVt*s elektr energiyasini va 56 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini tejashga imkon yaratadi. Birinchi bosqichda 98 ta stansiyani modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun 146 mln yevro kredit talab qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Davlat rahbariga savollar, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha g‘oya va takliflarni 31 iyulga qadar yuborish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting