O‘zbekistondagi akademik litseylarda dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlar sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Germaniyaning g‘arbiy qismlarida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Reynland-Pfals federal yerida kamida 63 kishi, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada kamida 43 kishi vafot etgani hozircha ma’lum. 1000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Hududda mobil aloqa mavjud emas, shuning uchun rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qayerda ekanliklari haqida xabar bera olmayapti.
Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.
Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 28,7% ga — 74,9 trln so‘mgacha o‘sdi. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarning 67,8 foizi oltin va mis qazib olish korxonalari, QQS bo‘yicha — neftgaz sektori va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari hamda avtomobil va ehtiyot qismlari importi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Buxoro viloyatining Buxoro tumanida hokimlik zaxirasida turgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi emlanish va vaksinalar haqida tarqalayotgan gaplarga izoh berdi. «Vaksina olmaslik, uning tarkibi to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatish durust emas», — deya ta’kidlandi fatvoda. Avvalroq, idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.
Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi. 4 kishi vafot etdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi.
Jamshid Haydarov Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi.
O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi pandemiya munosabati bilan ado etilmaydigan bo‘ldi. O‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi. Shuningdek, juma namozlari ham vaqtincha o‘qilmaydi.
BAAda komendantlik soati va mamlakatga kirish tartibining yangilangani, JARdagi tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining vafot etgani, BMT bosh kotibining Olimpiya sulhiga rioya qilishga chaqirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning bir qator xorijiy TIV rahbarlarini qabul qilishi, avtokreditlarning 40 foizga oshishi, G‘ijduvonda bir guruh ayollar kredit sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishi, Ozarbayjonning O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yuborishi — “Gazeta.uz"ning 16 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Tolibon» taklif qilgan yagona tanlov — ular tomonga o‘tish yoki taslim bo‘lish, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha konferensiyada. U hukumat toliblar bilan muzokaralar olib borish va ularga yon bosmaslik uchun barcha choralardan foydalanilayotganini qo‘shimcha qildi.
Toshkentning Mirobod tumanida 56 yoshli piyodani Tracker avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etdi.
Yevroittifoq tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha konferensiyada Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar va xalqaro hamkorlar ushbu mamlakatda tinchlik va taraqqiyotni ilgari surish borasida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo va Rossiya TIV rahbarlari qo‘shma bayonotda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun imkoniyatlarni qidirishda davom etish kerakligini ta’kidlashdi va ixtilofdagi barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirishdi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya davomida Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirayotganini aytdi. U shuningdek, afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga ishonch bildirdi.
Buxoroning G‘ijduvon tumanida 15 nafardan ziyodroq ayollar avtotrassani to‘sib qo‘ydi. Buxoro viloyat MTB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular bolalar bog‘chasi qurishi kerak bo‘lgan mahalliy tadbirkor bilan kelishib ish qilishgan. Yo‘lni to‘sib qo‘yish aksiyasi natijasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qildi viloyat IIB.
Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadi. Sammitga tayyorgarlik masalalari prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Dollarning rasmiy kursi 24,69 so‘mga pasaydi va jami 10 625,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting