Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Afg‘onistondagi mojaro ishtirokchilarini ShHTga a’zo davlatlar bilan chegaradosh tumanlarda beqarorlik va kutilmagan oqibatlarga olib keluvchi kuch va harakatlarni qo‘llashdan tiyilishga chaqirdi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov fikriga ko‘ra, rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) bilan profilaktik suhbat emas, balki «unga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatib, jamoat tartibi va sog‘ligiga xavf tug‘dirgani, yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzgani» nuqtai nazaridan huquqiy baho berilishi kerak.
O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Mehnat shuxrati» ordenlari sohibi, «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev 76 yoshida vafot etdi.
Yangi O‘zbekiston universitetida mahalliy talabalar uchun bir yillik kontrakt narxi 49 mln 700 ming so‘m ekanligini ma’lum qilindi. Xorijiy talabalar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi.
Dollarning rasmiy kursi 10,91 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 660,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kurslri ham biroz ko‘tarildi, yevro kursi biroz pasaydi.
Toshkent byudjetidan davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizliklari) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash xarajatlari uchun 5,72 mlrd so‘m ajratiladi. Hokimning qaroriga binoan yetkazilgan zarar sud qarorlari asosida qoplanadi.
Farg‘ona viloyatida qurilish balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Shuningdek, Namangan viloyati, Buxoro viloyati, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Toshkent shahrining Chilonzor hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
O‘zXDP deputati Sherzod Rahmonov ayrim yo‘l harakati qoidalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. Xususan, partiya harakatlanayotgan transport vositalarida radarlardan foydalanishni bekor qilishni va barcha turdagi radarlarning joylashuvi onlayn rejimda ko‘rsatilishini taklif qilmoqda.
SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ta’kidlashiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston bo‘ylab emlash tadbirlari uchun yaratilgan imkoniyatlarning teng yarmidan foydalanilmoqda. Har bir emlash punktida kuniga 36 nafar fuqaro emlanmoqda, rejada esa 70 kishi bo‘lgan. «Vaksinadan boshqa biz epidemik vaziyatni barqarorlashtiradigan bir taklifni yoki qandaydir tashabbusni ko‘rmayapmiz», — dedi u. Shuningdek, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlariga rag‘bat sifatida moddiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
O‘zgidromet kecha Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan, sakkiz kishi halok bo‘lgan sel kelishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, 15−16 iyul kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida xabar berildi.
Prezident farmoni bilan, avgust oyida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, farmon bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa qator choralar e’lon qilindi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 491 nafar fuqaroda koronavirus, 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi xalq ta’limi tizimiga qaytdi. Shuningdek, o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni 64 ming 892 nafardan 46 ming 214 nafarga (30%ga) kamaygan.
2008 — 2020 yillarda 12 nafar o‘zbekistonlikka Buyuk Britaniyaning «oltin vizasi» berilgan, biroq ularning kimligi haqida ma’lumot yo‘q. Hisobotga ko‘ra, mazkur vizalarning aksariyatini korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan Xitoy, Rossiya, Gongong va AQSh kabi mamlakatlar fuqarolari olgan.
13 iyul kuni Amir xiyobonida 150−200ga yaqin fuqarolar to‘plangan. Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, bunga rossiyalik bloger, «Subo»ning obunachilariga pul tarqatish haqidagi e’loni sabab bo‘lgan. Ichki ishlar organlari tomonidan to‘plangan fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilish va ommaviy to‘planmaslik kerakligi tushuntirilgan hamda ular tarqatilgan, deyiladi boshqarma bayonotida.
Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Unda raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trln so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 mln dollarga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish belgilandi. Vazir, viloyat, tuman va shahar hokimlari portallarini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Dunyoda to‘yib ovqatlanmaydiganlar sonining ko‘paygani, Google’ning 593 mln dollar miqdorida jarimaga tortilgani, Fransiyada majburiy emlash va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘ining o‘rinbosari — Davlat xaridlari departamenti direktori sifatida ishlagan Gulnora Rahimova moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkentning 11 tumanida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun tashkil etilgan maxsus poliklinikalar, O‘zbekistonning London fond birjasiga $635 mln va 2,5 trln so‘mlik yevrobondlarni joylashtirish, Kosonsoy tumanida sel kelishi — «Gazeta.uz»ning 13 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent metropoliteni uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan 10 ta poyezd sotib olishga 63,3 mln yevro yo‘naltirilmoqda. Byudjetdan 8,7 mln yevro ajratilsa, qolgan mablag‘lar kreditlar hisobidan qoplanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting