Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda ishbilarmonlar va sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar, qolaversa, 500 mln dollarlik kelishuvlar ham imzolandi.
Yevropadagi toshqinlarda 48 ga yaqin kishining halok bo‘lgani, pandemiya sababli bolalar o‘rtasida muntazam emlashlar sonining kamaygani, MDHda COVID-sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalasining muhokamasi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning boshqa mamlakatlar yetakchilar bilan uchrashuvi, bloger Otabek Sattoriy ishi, Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochilishi — “Gazeta.uz"ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani Toshkentdagi uchrashuvda afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligi ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. «Adolat» SDP Chiroqchi tuman Kengashi raisi Sobir Axmedov va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida feldsher ishga qayta tiklandi.
Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar muhokama qiladigan maydonga aylanadi.
Dollarning rasmiy kursi 9,34 so‘mga pasaydi va jami 10 650,66 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi biroz pasaydi.
«Tolibon» harakati vakillari Kobulda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Afg‘oniston hukumatiga uch oylik muddatga o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. Buning evaziga ular ilgari qo‘lga olingan harakatning 7000 jangarilarini ozod etishni talab qilishgan.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’kidlashicha, tashkilotlarda majburiy emlash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u vaksina olmagan fuqarolarning erkini cheklash kerakligini aytdi. «Bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak», — deydi Alisher Qodirov. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev ham «ommaviy emlashni ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerakligi»ni ta’kidlagan edi.
Toshkentning markaziy ko‘chalari xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan delegatsiyalar sababli vaqti-vaqti bilan yopilmoqda. Ularga tutash ko‘chalarda katta tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Haydovchilarga navigatorlarga qarab harakatlanish, jamoat transporti yo‘lovchilariga esa manzilga borish uchun odatdagidan uzoqroq vaqt ketishini inobatga olish tavsiya etiladi.
AQSh Afg‘onistondagi tinchlik bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashda va Afg‘oniston mudofaa kuchlariga yordam berishda davom etadi, deya ma’lum qildi AQSh prezidentining maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall Toshkentdagi yig‘ilishda. «Biz Qo‘shma Shtatlarga va ittifoqchilarimiz hamda sheriklarimiz xavfsizligiga tahdid soluvchi terrorchilarga qarshi agressiv harakatlarimizni davom ettiramiz», — dedi u.
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Abdulla Azizov O‘zbekiston endi oyoqqa turayotganini, shuning uchun davlat xizmatchilari dam olish kunlari ham ishlashga majburligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta odamga bog‘lanib qolgan boshqaruv tizimdan bosqichma-bosqich voz kechish kerak.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.
Apellyatsiya sudi avvalroq 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy uchun jazo muddatini o‘z kuchida qoldirdi. Blogerga ikkita uyi qaytariladi.
O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 60,5 foizi oltinda. Birinchi o‘rinni 8,1 ming tonna zaxiralari bilan yana AQSh egallamoqda. Oltin sotib olish bo‘yicha eng faol markaziy banklar beshtaligiga O‘zbekiston ham kirgan.
«Markaziy Osiyo Mamlakatlari — AQSh» formati mintaqada hamkorlikni rivojlantirishning noyob modeli hisoblanadi. U iqtisodiyot, energetika va savdo sohasidagi aloqalarni yaxshilashga, xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berishga yordam berdi, deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.
Jizzaxda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus, 367 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Amir Temur xiyobonida 150−200 ga yaqin fuqarolar to‘planishiga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) ma’muriy javobgarlikka tortildi. Unga 1 mln 225 ming miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting