7 iyul kuni Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ham koronavirusga qarshi emlandi.
Prezident farmoni bilan korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilganlarning ochiq elektron reyestri yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ro‘yxatga kiritilganlar davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi, tadbirkorligi davlat xaridlarida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi taqiqlanadi.
Seshanba kuni O‘zbekistonda 471 nafar fuqaroda koronavirus, 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Ularga xorijda bank hisobraqamlarini ochish taqiqlanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik uchun javobgarlik joriy qilinadi.
2021−2022 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abiuturiyent uchun prezident granti joriy etildi. Grant sohiblari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. O‘qish davomida grantni olish uchun barcha fanlardan «a’lo» baho olish kerak bo‘ladi. O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini olganlar magistraturaga imtihonlarsiz davlat granti asosida qabul qilinadi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yer usti metrosi qurilishida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, noma’lum shaxslar 899 mln so‘mlik kabel mahsulotlarini o‘g‘rilagan. Avvalroq transport prokurori Ma’rufjon Xodjayev transport prokurori Ma’rufjon Xo‘jayev xuddi shuncha miqdordagi talon-torojliklar haqida ma’lum qilgan edi.
Prezidentning yangi qarorlari, Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxati, Surxondaryoda 109 tup qimmatbaho daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlanishi, Nurmat Otabekovning koronavirusga qarshi emlash to‘g‘risidagi fikri — “Gazeta.uz"ning 6 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 25 iyundan 5 iyulgacha Samarqandda 860 kishida koronavirus aniqlanganligini ma’lum qildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining kunlik statistikasiga ko‘ra xuddi shu vaqt davomida viloyatda 693 ta yangi koronavirus bemorlari qayd etilgan.
Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida yo‘lovchi samolyotining qulab tushgani, Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaralarida xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida 20 ming askarni safarbar qilayotgani, Tokiodagi Olimpiadaning ochilish marosimiga faqat VIP-mehmonlarning kiritilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident farmoni bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.
Deputat Rasul Kusherbayevning fikricha, karantin choralarining kuchaytirilishi amalda katta natija bermaydi, aksincha, aholining hukumat va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin. U ham koronavirusga qarshi emlashni majburiylikka o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov aholini COVID-19ga qarshi majburiy emlash g‘oyasini to‘g‘ri deb hisoblaydi. U bu borada Rossiya tajribasini o‘rganishni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonun PDXX faoliyatini asosiy yo‘nalishlari, huquq va majburiyatlari, qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar, shuningdek, PDXX harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, sovuq va o‘q otar qurollarni qo‘llash shartlari va boshqalarni tartibga soladi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga 329 mln 157 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan o‘zbek-qozoq chegarasini shakllantirish bo‘yicha qanday muzokaralar olib borganini so‘zlab berdi. «Har doim o‘zining qarashi bor edi. U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan», — dedi u.
Dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 602,56 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
Qashqadaryoning Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘ida iyun oyida energiya ta’minoti muammolariga e’tiborni jalb qilish uchun Toshkent-Qarshi temir yo‘lini to‘sib qo‘ygan to‘qqiz fuqaro 15 kunga hibsga olindi.
Toshkent ko‘chalarida 28 ta fotoradar, shuningdek, yo‘l harakati qoidalarini buzishni qayd etuvchi 89 ta intellektual kamera ishlamoqda, deya xabar berdi YHXBB.
Rossiya harbiy mutaxassislari va O‘zbekiston harbiylari bilan hamkorlikda «Sazagan» dala-o‘quv maydonida «BTR-82» jangovar texnikasi va «AGS-17» granatomyotlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, fuqarolarning jamoat joyida ibodat libosida yurganligi uchun javobgarlik bekor qilinmoqda. Bunga qadar, ibodat libosida yurganlik uchun BHMning 5 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutka qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting