Prezident mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasi nimalardan iboratligini ma’lum qildi
19 yanvar 2021, 22:08 1

Prezident mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasi nimalardan iboratligini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasini nimalar tashkil etishini sanab o‘tdi. «Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi», — dedi prezident.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 yanvar 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Qirg‘izistonning saqlash sharoiti yo‘qligi uchun Pfizer vaksinasini ishlatishdan bosh tortgani, Germaniyaning karantin choralarini 15 fevralga qadar uzaytirishi, Turkiyaning koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev
19 yanvar 2021, 20:17

Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi — Shavkat Mirziyoyev

«Ijod» jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etiladi. 120 mlrd so‘m ajratilishi ta’kidlandi. Yig‘ilishda ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar ham berildi.

Eng katta xavf loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida — prezident
19 yanvar 2021, 20:00

Eng katta xavf loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida — prezident

Shavkat Mirziyoyev «eng katta xavf — bu aksariyat odamlarimizda loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida», deya ta’kidladi. Hozirgi zamonda ma’naviy nuqtai nazardan «uxlab yotish»ga, loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘qligi aytildi.

Men Abduqodir Toshqulovni sinab ko‘rdim — prezident yangi oliy ta’lim vaziri haqida
19 yanvar 2021, 19:05

Men Abduqodir Toshqulovni sinab ko‘rdim — prezident yangi oliy ta’lim vaziri haqida

Prezident yaqinda tayinlangan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga ko‘p vazifalar berganligini ta’kidladi. «Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u rektor ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini tanqid qilib, dars bermagan taqdirda tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish lozimligini ta’kidladi.

Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi
19 yanvar 2021, 19:02

Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi

Andijonda bloger ayol QK sobiq rahbarlariga oid jinoiy ishni tajribasiz sudya ko‘rayotgani, unga kiritilgan iltimosnoma va arizalar rad etilgani uchun sudlanuvchilar va o‘zi ochlik e’lon qilishini aytdi. «O‘zbekistonda haqiqatga erishish uchun och qolib, o‘ladigan bo‘lsam, shunga ham roziman», — dedi u. Sudyalar oliy kengashi uning qarorini vaziyatga siyosiy tus berib, bosim o‘tkazishga urinish deb baholadi.

Andijonda ota o‘z qizini 9-sinfligidan buyon zo‘rlab kelganligi aytilmoqda
19 yanvar 2021, 18:43

Andijonda ota o‘z qizini 9-sinfligidan buyon zo‘rlab kelganligi aytilmoqda

Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Yo.R. 9-sinfligidan buyon otasi tomonidan zo‘rlab kelinganligini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, voqeadan xabardor qo‘shnilar, qarindoshlar, ichki ishlar organlari xodimlari va mahalla mutasaddilari bu holatga befarq bo‘lgan. Hodisa yuzasidan prokuratura tekshiruvi boshlandi.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:45

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:29

Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosarlar nomzodlari ma’qullandi.

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi
19 yanvar 2021, 16:55

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi. U bungacha Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lgan

Toshkentda aholining muammolarini hal qilish uchun deputatlarga 2 mlrd so‘mdan ajratiladi
19 yanvar 2021, 16:42

Toshkentda aholining muammolarini hal qilish uchun deputatlarga 2 mlrd so‘mdan ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd so‘mdan ajratiladi. Bunda 60 ta deputatga ja’mi 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

«Yuventus» Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi — OAV
19 yanvar 2021, 16:39

«Yuventus» Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi — OAV

«Yuventus» futbol klubi Shomurodovning transferi borasida «Jenoa» klubi bilan muzokaralarga kirishgan. Turinliklar o‘zbekistonlik futbolchini kishki transfer oynasining o‘zidayoq safiga qo‘shib olishi mumkin.

Qarshi hokimiyati sanoat zonasi qurish uchun deyarli 2900 tup daraxtni kesib tashladi
19 yanvar 2021, 16:17

Qarshi hokimiyati sanoat zonasi qurish uchun deyarli 2900 tup daraxtni kesib tashladi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining xulosasisiz, Qarshi shahar hokimligi tomonidan 10 gektar maydonda kichik sanoat zonasini barpo etish uchun 2874 tup daraxt noqonuniy kesildi.

Chilonzorda mikroavtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
19 yanvar 2021, 15:28

Chilonzorda mikroavtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 57 yoshli M.T.ni mikroavtobus urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin
19 yanvar 2021, 14:57

Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

2021 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan, lekin hozir Milliy qonunchilik bazasida mavjud emas.

Kommunal tashkilotlar faoliyatida 20 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi
19 yanvar 2021, 14:47

Kommunal tashkilotlar faoliyatida 20 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlandi

Ichimlik va issiq suv tarmoqlariga ulanish hamda hisoblagichlarni qiyoslash xizmatlarini ko‘rsatishda kommunal tashkilotlar tomonidan 20 mingga yaqin qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Aksariyat qonunbuzarliklar Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. DXA kommunal tashkilotlarni ogohlantirdi.

Sudanda bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 kishi vafot etdi
19 yanvar 2021, 13:59

Sudanda bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 kishi vafot etdi

Sudandagi G‘arbiy Darfur provinsiyasining Geneyna shahrida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 129 nafar inson vafot etgan va 198 kishi jarohatlangan. Zo‘ravonliklar 16 yanvar kuni Geneyna shahrida yashovchi fuqaroning o‘ldirilishidan so‘ng boshlangan.

Farg‘onada 19 yoshli qiz va yana bir ayolning bir oy davomida ushlab turilib, zo‘rlangani rad etildi
19 yanvar 2021, 13:23

Farg‘onada 19 yoshli qiz va yana bir ayolning bir oy davomida ushlab turilib, zo‘rlangani rad etildi

Farg‘ona viloyatida 19 yoshli qiz va ayol olib ketilib, asossiz ushlab turilgani va zo‘rlangani haqida xabar tarqalgan. Viloyat prokuraturasi ushbu holatni tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

Jizzax viloyatining Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
19 yanvar 2021, 13:00

Jizzax viloyatining Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va «Agrobank» viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga hokimlikka tayinlandi. Eski hokimlarning boshqa ishga o‘tgani xabar qilindi.

85 mingga yaqin avtomashinaning «tonirovka”si uchun 302 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘langan
19 yanvar 2021, 12:27

85 mingga yaqin avtomashinaning «tonirovka"si uchun 302 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘langan

2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar «tonirovka uchun» jami 82 125 ta ruxsatnoma berilgan va 302 mlrd 635 mln so‘m pul mablag‘lari undirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting