Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga 329 mln 157 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan o‘zbek-qozoq chegarasini shakllantirish bo‘yicha qanday muzokaralar olib borganini so‘zlab berdi. «Har doim o‘zining qarashi bor edi. U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan», — dedi u.
Dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 602,56 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
Qashqadaryoning Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘ida iyun oyida energiya ta’minoti muammolariga e’tiborni jalb qilish uchun Toshkent-Qarshi temir yo‘lini to‘sib qo‘ygan to‘qqiz fuqaro 15 kunga hibsga olindi.
Toshkent ko‘chalarida 28 ta fotoradar, shuningdek, yo‘l harakati qoidalarini buzishni qayd etuvchi 89 ta intellektual kamera ishlamoqda, deya xabar berdi YHXBB.
Rossiya harbiy mutaxassislari va O‘zbekiston harbiylari bilan hamkorlikda «Sazagan» dala-o‘quv maydonida «BTR-82» jangovar texnikasi va «AGS-17» granatomyotlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, fuqarolarning jamoat joyida ibodat libosida yurganligi uchun javobgarlik bekor qilinmoqda. Bunga qadar, ibodat libosida yurganlik uchun BHMning 5 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutka qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin edi.
Kecha O‘zbekistonda 496 nafar fuqaroda koronavirus, 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 360 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
COVID-19 pandemiyasi tufayli Angliyada joriy etilgan barcha cheklovlar 19 iyuldan butunlay bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. «Biz qonuniy cheklovlardan voz kechamiz va odamlarga virus bilan qanday kurashish to‘g‘risida o‘zlari asosli qarorlar qabul qilishlariga imkon beramiz» — dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson. Sentyabrga qadar mamlakatning barcha voyaga yetgan fuqarolari ikki dozali vaksinalar bilan to‘liq emlanishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha tashkil qilingan Call-markazlarga murojaatlar soni 20 kun ichida 3 barobar ko‘paygan. Call-markazga kuniga 1100−1200 ta murojaat kelib tushmoqda.
Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 118 ming 988 ta nikoh holatlari qayd etildi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p nikoh Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida rasmiylashtirilgan.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahririda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tizimi soddalashtirilmoqda, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qo‘yilgan taqiq bekor chiqarilib, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Bundan tashqari, diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasini olgach tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi joriy qilinmoqda.
Buxoro viloyatidagi 4 ta bolalar bog‘chasining 22 nafar xodimlarida va Pedagogika kollejining 3 nafar xodimida COVID-19 aniqlangani uchun mazkur muassasalar 14 kunlik karantinga olindi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov 3 iyul kuni Qashqadaryoga xizmat safari chog‘ida koronavirusga qarshi emlandi.
Senat raisi tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar haqida gapirar ekan, himoya orderini hech kim olmasada kerak, degan fikrda bo‘lganini aytdi. «Ayniqsa O‘zbekistonda, uzoq qishloqlarda yashayotgan ayollar uyimdagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmasin deydi. Bu tizim qanday ishlar ekan deb o‘ylasam, 1 yil ichida 15 ming ayol himoya orderini olibdi», — dedi u. Shuningdek, himoya orderini erkaklar ham olishi mumkinligi, qolaversa uning muddatini bir oydan uzoqroqqa cho‘zish hamda bu boradagi qonunchilikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.
Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojini muhokama qildilar.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda tashkil etishga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatildi. Sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar, BAAning emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagani, Indoneziyada chet elliklar uchun kirish qoidalari kuchaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodlari va «O‘zKlaas Agro» Chirchiqqa ko‘chirilib, sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Klasterni tashkil etishga 500 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting