Hukumat davlat xaridlarida ishtiroki taqiqlangan 529 turdagi tovar ro‘yxatidan o‘simlik yog‘ini chiqardi. 2020 yilda O‘zbekistonda 450 ming tonna o‘simlik yog‘i sotilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi import qilingan.
Marmara dengizining shilimshiq modda bilan qoplangani, Pokistonning o‘z harbiy bazalarini AQShga berishdan bosh tortgani, Belarusda 470 dan ortiq kishining siyosiy ayblov bo‘yicha hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqishi, Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklanishi, Everestga chiqqan o‘zbekistonlikka prezident sovg‘asi topshirilishi, 15 iyundan umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanishi va “Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar — “Gazeta.uz"ning 8 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. Uning vazifalari samarali targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va internetdan foydalanish madaniyatini oshirishdan iborat.
Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 22,84 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 554,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tanasi 100% kuyib ketgani aytilgan shaxs tirik bo‘lib chiqdi. U aslida qarzini to‘lamaslik uchun o‘zini o‘ldiga chiqarib qo‘rsatish rejasini tuzib, Toshkent shahrida istiqomat qiladigan boshqa fuqaroni o‘ldirganligi ma’lum bo‘ldi.
«Parrandasanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Isayev endi tashkilotga rahbarlik qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kungi videoselektorda ma’lum qilgan. Unga shuningdek, Veterinariya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarish ham yuklatildi.
Respublika umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul 15 iyundan boshlanishi belgilandi. Ota-onalar 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar.
Samarqand shahridagi yangi zamonaviy aeroport rekonstruksiya ishlari hajmining 80 foizi bajarildi. Loyiha sentyabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidenti aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektorda tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan, ishsizlarga yer maydonlarini ajratish orqali yangi ish o‘rinlari sonini 1,5−2 baravarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Prezident seshanba kungi videoselektorda endi yer faqat auksionda sotilishi yoki ijaraga berilishini ma’lum qildi. «Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — dedi u. Qolaversa, davlat rahbari Surxondaryo tajribasi doirasida 2021 yilning o‘zida qariyb 100 gektar g‘alladan bo‘shagan yer ishsiz aholiga berilishini ta’kidlagan.
Turkiyalik bir guruh tadbirkorlar, shu jumladan Mexmet Zeki Obuz, O‘zbekistonga qarshi Investitsiya bo‘yicha nizolarni hal qilish xalqaro markaziga da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Obuz 2007 yilda O‘zbekistonda 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Everestni zabt etgan o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Sportichiga prezident sovg‘asi — Trailblazer topshirildi.
15 aprel sanasini Madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilashga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat bilan shuningdek, soha rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan va fidokorona mehnat qilganlar «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni bilan ham ayni shu kuni taqdirlanishi belgilanmoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 30 ta medalni (8 ta oltin, 11 tadan kumush va bronza) qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Namangan viloyatining uchta tumanida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini qurish uchun 70 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 ming 163 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 268 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting