O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. 1 iyun kuni “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti keltirilgan edi.
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi cho‘l qumlik hududida suv quvurini qazigan 4 kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan 3 nafari vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga yo‘l oldi. Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab oladigan 30 dan ziyod hujjat qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Pashinyanning o‘z o‘g‘lini Ozarbayjondagi arman asirlariga ayirboshlashni taklif qilgani, Suriya TIVning Golan tepaliklari respublika tarkibida qolishini ta’kidlagani, Johnson & Johnson vaksinasining millionlab dozasi yaroqsiz holga kelgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Surxondaryo viloyati hokimligi ikkita Skoda Kodiaq Ambition avtomobilini 347 mln so‘mdan xarid qildi. Ular viloyat hokimining yangi o‘rinbosari va maslahatchisiga xizmat avtomobili sifatida, qonunchilik talablari asosida sotib olingan, deb tushuntirish berdi viloyat ma’muriyati.
Reklama bannerlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar, Milliy bog‘da qurilishi rejalashtirilayotgan kutubxona, Adliya vaziri ishtirokidagi brifing, Muborak hokimining ishdan olinishi, Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketishi — “Gazeta.uz"ning 9 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari bosh muharriri, taniqli jurnalist Ostonov Safar olamdan o‘tdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yer munosabatlarini tartibga solishga oid prezident farmoni nima sababdan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini izohladi. «Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi, butun davlat miqyosida yerlar talon-toroj qilinmasligi uchun mana shunaqa yondoshuv qilindi», — dedi u. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi hokimlar yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Faqat viloyat hokimlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishga oid vakolat qolgan.
O‘zbekiston va Qatar «Doha-Toshkent-Doha» yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladi.
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida ikki nafar fuqaroni qutqarish vaqtida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi halok bo‘ldi.
10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimcha reyslar seshanba kuni Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni «Aeroflot» tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 31 dekabrgacha e’lon qilingan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriyni bekor qildi. Kengash 4 iyunda avvalgi qaroriga o‘zgartirishlar kiritgan, ammo bu haqda hali e’lon qilinmagan.
Iyun oyi boshida Toshkent shahrida kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o‘tgan asr boshlari va XIX asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi.
Dollarning rasmiy kursi 16 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 571 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilayotgan mahbuslarga mart-may oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmagani aniqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlari to‘lab berilishiga erishildi.
Quacquarelli Symonds tomonidan e’lon qilingan World University Rankings 2022 reytingida Massachusets texnologiya instituti birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, kuchli uchlikni Oksford va Stenford universitetlari to‘ldirib turishibdi.
Toshkentda ehtiyotsizligi tufayli Damashi kanaliga tushib, cho‘kib ketgan o‘spirinning jasadi qidirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib, ammo o‘zi suvdan chiqolmagan fuqaroni qidirish ishlari ham davom etmoqda.
Birinchi O‘zbekiston — Tojikiston investitsiyaviy forumi Boxtarda bo‘lib o‘tdi. Unda 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston jamg‘armasi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Forum yakunida avtomobil va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha bitimlar ham imzolandi.
Boysun GQIZ tovarbop gaz uzatish quvuri va tashqi suv ta’minotining asosiy manbasini loyihalash ishlari yakunlandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi. Teatrning sobiq direktori Mirza Azizov 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting