O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, qolaversa, o‘zbek-tojik investitsiya kompaniyasi tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida jami 35 ta hujjatni imzoladi.
Xonanda Jasur Umirovga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi. U 2 fevral kuni voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani sabab 5 yilga qamalgan edi.
O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonning Botken va Leylek tumanlarida 400 va 300 o‘rinli maktablar quriladi. Ular 2021 yilda — yangi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat sudlari raislari uchun 26 ta Skoda Kodiaq va 3 ta Malibu avtomobillari xarid qilindi. Avtomobillar narxi 10,1 mlrd so‘mga teng deya baholanmoqda. Oliy sudning izohlashicha, oldingi xizmat avtomobillarining «yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek ular ma’naviy va jismoniy jihatdan ham eskirgan».
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni davom ettirdi. «Istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston tomoni avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, aviaqatnovni kengaytirish va avtobus yo‘nalishlarini tiklash, shuningdek, diplomatik munosabatlarning 30 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlarni o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev yerga bo‘lgan huquqni bozor aktiviga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hokimiyatlar yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiralash, obodonlashtirishga ajratish va boshqa vakolatlaridan mahrum etiladi. Yerga bo‘lgan huquqlarning turlari 6 dan 3 gacha qisqartiriladi. Yer uchastkalari xususiy sektorga mulk huquqi va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga esa doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. «Gazeta.uz» ushbu farmon bo‘yicha barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lum qilinishicha, may oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etib, aprel (10,7 foiz) oyiga nisbatan biroz tezlashgan.
Hukumat «Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etishga oid qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, nishon bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo‘shganlar 7 may — «O‘zgidromet» tashkil topgan kun arafasida taqdirlanadi.
Dushanbedagi «Qasri Millat» qarorgohida O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tor doiradagi uchrashuvini o‘tkazdilar. Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishga taklif qildi.
Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikkita oltindan ishlangan qalam sotib olishni rejalashtirmoqda. Avval ham premium toifadagi ish yuritish materiallari sotib olingan. Bunga misol qilib, Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi rasmiy delegatsiyalarni qabul qilish uyi va prezident administratsiyasi ma’muriy bo‘limi davlat qarorgohlari direksiyasi amalga oshirgan xaridlarni olish mumkin.
Murod Nazarovning «Tashkent city» ishbilarmonlik markazidagi qurilishlar tasdiqdan o‘tmagani, hattoki Hilton mehmonxonasi hujjatlari ham endi tayyorlanayotganini aytgan edi. Bunga «Tashkent city» direksiyasi munosabat bildirib, «Murod Nazarovning fikrlari xaqiqiy holatga to‘g‘ri kelmasligi va asossiz"ligini aytdi. Mazkur holatga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham izoh berdi.
Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e’lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM ta’limni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi. Loyiha bo‘yicha darsliklarning standartlarini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish ko‘zda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida uni mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi.
O‘tgan besh oy ichida poytaxt ko‘chalarida avtobuslar ishtirokida haydovchilari aybi bilan 35 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularning 21 tasi avtobus ichida yo‘lovchilarning yiqilib, jarohat olishi bilan bog‘liq. Avariyalardan biri esa fuqaro o‘limiga olib kelgan.
O‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozada O‘zbekistonga olib kelindi.
Moskva shahar sudi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi, Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish jamg‘armasi va Rossiya muholifatchisi Aleksey Navalniyning hududiy shtabini ekstremistik tashkilotlar deb tan oldi.
AQSh yil oxirigacha Pfizer vaksinasining 200 mln doza, keyingi yilning iyun oyigacha esa yana 300 mln dozasini sotib olib turli mamlakatlarga taqsimlab tarqatishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 ming 605 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 191 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Prezident farmoniga muvofiq, 24 ta tuman va shahar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Ularga bank kreditlari bo‘yicha imtiyozlar hamda bir qator kompensatsiyalar taqdim etiladi. Qurilish materiallari sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirishga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 200 mln dollar jalb etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting