Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi o‘yin yomon o‘tmaganini ta’kidladi. “Umuman olganda, ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu juda katastrofa deb ayta olmayman. Chunki guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik”, — dedi u.
Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Koreya kompaniyasi bilan “Toshkent-Xiva” tezyurar yo‘nalishi bo‘yicha oltita poyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi.
Namangan viloyatida “Ifoda Agro Kimyo Himoya” korxonasi granulali organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Loyiha uchun USAID’ning o‘g‘itlardan samarali foydalanish jamg‘armasi 460 ming dollar miqdorida grant ajratdi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozoriga 2027-yilda, gaz bozoriga esa 2028-yilda to‘liq o‘tish rejalashtirilgan, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. “Biz O‘zbekiston qazib olish bozoriga ko‘proq kompaniyalar kirishini istaymiz”, — ta’kidladi u.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi.
Saylov arafasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan faol targ‘ibot kampaniyasini olib bormoqda.
Ashxobod forumi doirasida O‘zbekiston va Eron prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Imtiyozli savdo bitimi mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish, kooperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
2025-yilda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham aholi, ham korxonalar tomonidan energiya resurslaridan ratsional foydalanilishiga xizmat qiladi.
Poytaxtda metall konstruksiyali avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Ular Wi-Fi, USB portlari, reklama bannerlari uchun ekranlar, favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuv kamerasi bilan jihozlanadi.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 300 mingdan ziyod avtomobili sotildi. UzAuto Motors`ning bu bozordagi ulushi 89,4 foizni tashkil etmoqda. Mashinalari eng ko‘p sotilayotgan brendlar o‘rtasida Chevrolet`dan keyingi o‘rinlarni Kia, BYD va Chery egalladi.
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.
Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.
Yettita kinopremyera, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, “Bravo” va Konsta konsertlari, fotoko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. U turkman shoiri merosi sharq she’riyati va jahon adabiyotini boyitganini ta’kidladi. “Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo”, — dedi davlat rahbari.
Raqobat qo‘mitasi “Namangan musaffo iqlim” MCHJga 700 mingdan ortiq iste’molchiga 11 mlrd so‘mlik mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.
Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida, yakshanba kuni katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda u qorga aylanadi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
2024-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan jabrlanganlarni birlashtirgan Nixon Hidankyo tashkilotiga topshirildi. Mukofot “yadro qurollaridan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini isbotlagani uchun” berildi.
O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi.
13-oktabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8, ba’zi joylarda 0…−2 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajagacha pasayadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting