O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi
16 oktabr 2024, 08:56

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi bo‘ldi.

Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16 oktabr 2024, 00:40

Toshkentda Nikolay II davriga oid 100 ta oltin tangani sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Toshkentda XIX va XX asrlarga oid 100 ta “Nikolay” oltin tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringanlarni qo‘lga oldi. Ushbu tangalar madaniy boylik hisoblanadi va tarixiy ahamiyatga ega. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oktabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
15 oktabr 2024, 23:27

Oktabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

IHMA oktabr oyi davomida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelinmoqda. Tez orada yana bir guruh bolalar keltiriladi.

Navoiyda 100 mln dollarlik alyuminiy bankalar zavodi quriladi
15 oktabr 2024, 22:05 1

Navoiyda 100 mln dollarlik alyuminiy bankalar zavodi quriladi

Navoiy viloyatida ichimliklar uchun alyuminiy bankalar ishlab chiqaradigan O‘zbekistondagi birinchi zavod quriladi, bu uchun 100 mln dollar investitsiya jalb qilinadi. Korxona 2025-yilning kuzida ishga tushishi kutilmoqda.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston minimal hisobda BAAdan ustun keldi
15 oktabr 2024, 21:32

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston minimal hisobda BAAdan ustun keldi

O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida o‘z uyida BAAni minimal hisobda mag‘lub etdi. Raqib ikkinchi bo‘limni bir kishi kam holda o‘tkazdi, yagona gol esa penaltidan kiritildi. Foto, video.

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident
15 oktabr 2024, 21:15

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat” — prezident

Prezident Toshkent viloyatida kambag‘allikka qarshi kurashish rejalarini ma’qullamadi. U hudud kichik biznes orqali aholini ishli qilishda eng oxirgi o‘rinlarda turganini tanqid qildi. “Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishining o‘zi uyat”, — dedi davlat rahbari.

Yumoristik klipi uchun qamoqqa olingan blogerlar apellyatsiya asosida ozodlikka chiqdi
15 oktabr 2024, 20:54

Yumoristik klipi uchun qamoqqa olingan blogerlar apellyatsiya asosida ozodlikka chiqdi

Apellyatsiya sudi brbalo musiqiy guruhi a’zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi, ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgandi.

Prezident OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi
15 oktabr 2024, 20:28

Prezident OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi

Shavkat Mirziyoyev OKMKda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlab berdi. Loyiha qiymati 5,3 mlrd dollar bo‘lib, zavodda 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin, 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi, 3 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.

Toshkent viloyati hokimining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
15 oktabr 2024, 18:11

Toshkent viloyati hokimining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosarlari Botir Alimbekov va Erkin Muhiddinov lavozimidan ozod etildi. Bunga ularning xizmatdagi qator kamchiliklari sabab bo‘lgan.

Video: Qamchiq dovonida qor yog‘di
15 oktabr 2024, 18:07

Video: Qamchiq dovonida qor yog‘di

15-oktyabr tongidan beri Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. «Gazeta.uz» tarmoqlarda e’lon qilingan qorli hududdan olingan tasvirlarni jamladi.

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida
15 oktabr 2024, 17:34

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», — dedi u.

Toshkent viloyatida 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib to‘lashga beriladi. Sharti — ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak
15 oktabr 2024, 16:51

Toshkent viloyatida 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib to‘lashga beriladi. Sharti — ishchilarning 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak

Ancha vaqtdan beri sotilmagan obyektlar poytaxtdagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash evaziga beriladi. Bunda korxona ishchilarining 50 foizi kambag‘al oiladan bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi (foto, video)
15 oktabr 2024, 16:34

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi (foto, video)

Prezident mis, oltin va kumush ishlab chiqariladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi “Yoshlik-1” koni hamda 2021-yilda qurilishi boshlangan, kon ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barpo etilayotgan 3-misni boyitish fabrikasida bo‘ldi.

«Kichik AES O‘zbekiston mulki bo‘ladi, yadro chiqindilari Rossiyaga olib ketiladi» — direksiya rahbari
15 oktabr 2024, 16:19

«Kichik AES O‘zbekiston mulki bo‘ladi, yadro chiqindilari Rossiyaga olib ketiladi» — direksiya rahbari

Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi.

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi
15 oktabr 2024, 15:18

Navoiyda parranda fermasida mayning ferma tashkil etilgani aniqlandi

Navoiy shahrida tovuq fermada mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Beeline Uzbekistan`ning yangi bosh direktori tayinlandi
15 oktabr 2024, 15:03

Beeline Uzbekistan`ning yangi bosh direktori tayinlandi

Andrey Pyataxin Beeline Uzbekistan yangi bosh direktori etib tayinlandi. Ilgari u Beeline Kyrgyzstan`ni boshqargan. Kompaniyaning yangi rahbari raqamli texnologiyalar vaziri bilan uchrashdi.

O‘zbekiston — BAA futbol uchrashuvi sabab «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
15 oktabr 2024, 13:59

O‘zbekiston — BAA futbol uchrashuvi sabab «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va BAA uchrashuvi sabab soat 22:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.

Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV
15 oktabr 2024, 12:42

Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi
15 oktabr 2024, 12:22

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi
15 oktabr 2024, 11:59

Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklanadi

Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Avtotransport oqimi bir oyga to‘rt chiziqli yo‘ldan faqat ikkitasiga yo‘naltiriladi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting