Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Tashrif iyun oyi o‘rtasida amalga oshirilishi kutilmoqda.
O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.
Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.
«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.
Dollarning rasmiy kursi 16,77 so‘mga arzonladi va jami 10 535,24 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Adliya vazirligi «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini taqdim etdi. «Davlat ehtiyojlari» tushunchasidan voz kechish, yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati keltirilib, jarayonlarni murakkablashtirish va «misli ko‘rilmagan shaffoflik standartlari» ni o‘rnatish taklif etilmoqda.
Namangan viloyatida Damas rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi yuqori prognoz chegarasida (5,5%) kutilmoqda.
1 maydan “yoshlar daftari"ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun subsidiyalar beriladi. 25 yoshgacha bo‘lgan ish beruvchilarga 2023 yilgacha ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Toshkentda ijarada yashayotgan talabalarga ijara to‘lovining BHMning 1, viloyatdagilarga esa 0,5 baravar miqdoridagi qismi qoplab beriladi.
Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib makulatura to‘plab yurgan erkak va ayolga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Toshkentda yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida avtomashinaning motor va kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan. Xabar berilishicha, yong‘in bartaraf etilgan.
8 apreldan boshlab Toshkent shahrida reklama qurilmalarini ommaviy buzib tashlash ishlari olib borilmoqda. Tadbirkorlar 300ga yaqin bilbordlarni demontaj qilgan hokimiyat vakillarining harakatini noqonuniy ekanligini aytmoqda va ushbu qarorni asoslab berishni talab qilmoqda. Biznes-ombudsman vaziyatni o‘rganishga kirishdi. “Gazeta.uz” tadbirkorlar va Reklama industriyasi milliy assotsiatsiyasi bilan gaplashdi.
Xalqaro yuridik forumda Akmal Saidov nutq so‘zlab, yangi O‘zbekistonda yangi huquqiy asoslar yaratila boshlanganini aytdi. Uning fikricha, ilgari nomi aytilmagan tashkilotlarga tegishli qonunlar ham ishlab chiqilgan. U shuningdek, ayni vaqt mamlakatda 18 ta kodeks mavjudligi, yana 12 ta yangi kodeks ishlab chiqish jarayonida ekanligini qo‘shimcha qildi.
Namanganda tunda farzandini o‘ziga bog‘lagan holda ko‘prikdan o‘zini tashlagan ayol Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro tomonidan qutqarib olindi.
Ikki yilda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan, oxiriga yetkazilmagan hamda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan yo‘llarda 532 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 191 kishi vafot etib, 511 nafar fuqaro jarohatlangan.
Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan tergovchiga holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli hayfsan berildi. Shuningdek, holat bo‘yicha idoraviy nazoratni yetarli darajada ta’minlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga «hayfsan», tuman IIB boshlig‘iga esa «tanbeh» intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Ruslanbek Davletov xalqaro yuridik forum ochilishida eskicha ishlashga o‘rgangan ayrim mansabdorlar va tashkilotlar hanuz raqamlashtirishga qarshi ekanini qayd etdi. Ularga qarshi kurashish uchun esa sohalarda ochiqlikni ta’minlash standartlarini yaratish kerakligi aytildi. «Amaldorlarning ko‘chmas mulklari va mashinalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi vazir.
O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Sentyabrgacha 77 ta shunday zona ochiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting