«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 5-tur uchrashuvini «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq karantin cheklovlari amal qiladi. Bunda barcha maktablarda darslar to‘xtatilishi va imtihonlar qoldirilishi e’lon qilindi. Shuningdek, barcha savdo markazlari faoliyati vaqtinchalik cheklab qo‘yiladi.
Telegram’dagi guruhlar va kanallarda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati mavjud bo‘ldi. Ilovada sakkizta o‘rnatilgan to‘lov tizimlaridan ikkitasi — O‘zbekistondagi PayMye va CLICK.
Qurilish vaziri Botir Zokirov Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida barpo etiladigan «Istiqlol» konsepsiyasi loyiha yaqin kunlarda tasdiqlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tanlov ishtirokchilarining loyihalari bilan tanishib, tanlov muddatini yana 10 kunga cho‘zish topshirig‘ini bergan.
Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining topilgani, Suriyaning 1 mlndan ortiq aholisi ichimlik suvisiz qolganida Turkiyani ayblagani, Isroilning G‘azo sohilidagi baliq ovi hududini butunlay yopib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 samolyotini qabul qilib oldi. Bir oy ichida yana bir xuddi shunday bortning yetib kelishi kutilmoqda.
«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati viloyatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi veterinarlarni uysiz mushuk va itlarni strelizatsiya qilishga o‘qitish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi.
Toshkent mexanika zavodi (sobiq TAPOiCh) hududida sanoat chiqindilari yonib ketdi. Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.
Sergeli tumanida Damas yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. YTH natijasida haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Davlat jahon tillari universitetining 6 nafar talabasi masofaviy ta’lim vaqtida elektr uzilishi sabab nazorat ishlarini modulga kirita olmay, 4 kursdan yiqilgan. Ota-onalarning vazirlik va tashkilotlarga qilgan murojaati esa besamar ketgan. Oradan qariyb bir yil o‘tib, Ombudsman aralashuvi bilan talabalar o‘qishga qayta tiklandi.
Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga qimmatladi va jami 10 548 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
Joriy yilning ilk uch oyida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 108 mingdan ortiq qonun buzilishi holati aniqlandi. Shundan, 79 mingdan ortig‘i muddat buzilishi va 1129 tasi ortiqcha hujjat talab qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p qonunbuzarlik kommunal tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lib, 88 509 ta holat qayd etilgan. Natijada 20 nafar mansabdor ishdan olingan.
O‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi Nigina O‘ktamovaga Nexia-3 avtomobili sovg‘a qilindi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqdi. Bu vaqt ichida u Vazirlar Mahkamasining rahbari bo‘lib ishlaydi.
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida 64 yoshli otaxonga oilali erkakka boshqa bir ayol bilan nikoh o‘qigani uchun 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. U oldinroq ham ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan va jarimaga tortilgan.
Hafta davomida O‘zbekistonga harorat me’yordan 5−8 darajaga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14−17 daraja, kunduz kunlari 32−35 daraja, janubda va cho‘l hududlarida 37−38 darajagacha bo‘ladi.
Prezident aprel oyining so‘nggi haftasida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Uning matbuot kotibi ma’lum qilishicha, yana 3 ta taqdimot o‘tkazilishi hamda Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqoti ham reja qilingan.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov Osiyo chempionatida siltab ko‘tarish mashqida 241 kg toshni ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatdi.
AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning ommaviy qirg‘in qilinganini rasman tan oldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li buni «siyosiy opportunizm» deb atadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu qaror uchun Baydenga minnatdorchilik bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting