Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi
29 sentabr 2020, 12:43

Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

Prezident byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ushbu qonun bilan hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlarini bekor qilindi.

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi
29 sentabr 2020, 11:06

Jahonda koronavirus qurbonlarining soni 1 mln dan oshdi

Dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi. Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSH (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston vaksinalar ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda
29 sentabr 2020, 09:06

O‘zbekiston vaksinalar ishlab chiqarish va eksport qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati Xitoyning ikkita kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovining so‘nggi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha bitimlar imzoladi. Kelgusida dori vositasini ishlab chiqarish va uni qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Rossiya kompaniyalariga ham vaksinani birgalikdan sinovdan o‘tkazish taklif qilindi.

Kun davomida 477 kishida koronavirus tasdiqlandi, 501 kishi sog‘aydi
28 sentabr 2020, 23:55

Kun davomida 477 kishida koronavirus tasdiqlandi, 501 kishi sog‘aydi

28 sentyabr kuni O‘zbekistonda 477 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi va jami holatlar soni 55878 taga yetdi. 2 kishi infeksiya asoratlaridan vafot etdi.

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
28 sentabr 2020, 23:31

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida VOLVO yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi va uy atrofida o‘ynab yurgan ikki bolani bosib ketdi. Haydovchi va bolalar shifoxonada vafot etdi.

OAV AQSHning FinCEN tarmog‘idagi maxfiy moliyaviy hujjatlarni e’lon qildi
28 sentabr 2020, 21:03

OAV AQSHning FinCEN tarmog‘idagi maxfiy moliyaviy hujjatlarni e’lon qildi

90 ga yaqin mamlakat jurnalistlari AQSH moliyaviy jinoyatchilik tarmog‘ining (FinCEN) maxfiy hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarda Alisher Usmonovning kompaniyasi va O‘zbekiston milliy banki (NBU) tilga olingan.

Bolasining onlayn ta’limiga sharoit yaratib bermagan ota-onalarga chora ko‘riladimi?
28 sentabr 2020, 18:59

Bolasining onlayn ta’limiga sharoit yaratib bermagan ota-onalarga chora ko‘riladimi?

Xalq ta’limi vazirligi bolasini masofaviy ta’lim shaklida o‘qitayotgan oilalarda farzandining onlayn o‘qishi uchun sharoit yaratib bermagan ota-onalarga nisbatan chora ko‘rilishi haqidagi savolga javob berdi.

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi
28 sentabr 2020, 17:58

Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etdi
28 sentabr 2020, 17:28

O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etdi

O‘zbekistonning birinchi va oxirgi davlat kotibi, sobiq bosh vazir Rahim Rajabov vafot etdi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi
28 sentabr 2020, 16:13

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi

O‘zbekistonda COVID-19 ning keng tarqalishini oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 2 mln yevrodan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan ishlamaydigan, boshqa sohadagi tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashga sarflanadi.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda
28 sentabr 2020, 15:30

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashmoqda

Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yana kuchaymoqda. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi oqibatida bir kun ichida ushbu hududda o‘nlab tinch aholi vakillari, shuningdek, har ikkala tomondan ham ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan. BMT, Yevropa Ittifoqi va bir qator mamlakatlarning ikkala tomonni harakatlarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga o‘tishga chorlashiga qaramasdan, vaziyat haligacha keskinligicha qolmoqda.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga soxta COVID-19 ma’lumotnomalari bilan borayotgani aniqlandi
28 sentabr 2020, 14:44

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga soxta COVID-19 ma’lumotnomalari bilan borayotgani aniqlandi

O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga borayotgan fuqarolardan koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnomalar aniqlanmoqda. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida COVID-19 qayd etilmoqda. Shu sababli Janubiy Koreya elchixonasi test natijalari ustidan konsullik nazorati tizimini joriy etdi.

Haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
28 sentabr 2020, 13:38

Haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning birinchi qismida O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. 29−30 sentyabr kunlari havo harorati 15−20 darajagacha pasayadi. Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda.

Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalni qo‘lga kiritdi
28 sentabr 2020, 13:03

Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Kiyevda bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi, yevro esa pastladi
28 sentabr 2020, 12:12 1

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi, yevro esa pastladi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 5 so‘mga qimmatlab, jami 10 321 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pastladi.

Koronavirus holatlari soni 55593 taga yetdi
28 sentabr 2020, 10:12

Koronavirus holatlari soni 55593 taga yetdi

O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus holatlari soni 55593 taga yetdi. Yakshanba kuni 448 kishining infeksiyaga chalingani tasdiqlandi.

1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
28 sentabr 2020, 09:45

1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar: 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Namangan viloyatining yangi hokimi Namangan city qarorini bekor qildi
28 sentabr 2020, 09:15

Namangan viloyatining yangi hokimi Namangan city qarorini bekor qildi

Namangan viloyatining yangi hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan city loyihasini bekor qildi. Yangi shahar qurilishi Namangan shahriga tumanlardan qo‘shib beriladigan yerlarda amalga oshirilishi bildirildi.

Koronavirus holatlari soni 55 mingtaga yaqinlashdi
26 sentabr 2020, 23:53

Koronavirus holatlari soni 55 mingtaga yaqinlashdi

26 sentyabr kuni O‘zbekistonda 491 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topib, aniqlangan barcha holatlar soni 55 mingtaga yaqinlashdi.

Toshkentda 224 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi
26 sentabr 2020, 20:02 1

Toshkentda 224 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkentda bitkoin savdogarlari ushlandi. Ular 20 ta bitkoinni noqonuniy ravishda 224 ming dollarga sotmoqchi bo‘lishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting