Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2 balldan sezildi. Magnituda M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.
Andijon shahri yaqinida «Yangi Andijon» massivi bunyod etiladi. Uning bosh rejasi prezidentga taqdimot qilindi. 4 ming gektarda joylashadigan ob’ektda 411 ming nafar aholi uchun uy-joy, savdo maskanlari, kichik sanoat zonasi va yashil hudud bo‘lishi reja qilingan.
Alisher Usmonov fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda sovet ittifoqidan so‘ng bo‘lgan turg‘unlikdan keyin endi haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi. «Ushbu islohotlarning tashabbuskori, birinchi navbatda, o‘z aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan davlat rahbari hisoblanadi», — dedi u Shavkat Mirziyoyev haqida.
Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Xorijdagi konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. Muassasa 2 ish kunida fuqarodan arizani qabul qiladi va Tashqi ishlar vazirligining roziligiga ko‘ra fuqaro bilan qarz shartnomasi tuziladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkaziladi.
Toshkentning Sharof Rashidov ko‘chasidagi (Mustaqillik maydoni yonida) ma’muriy bino rekonstruksiyasi va favvora ostiga avtoturargoh qurilishiga 431,5 mlrd so‘m sarflanishi mumkin. Pudratchi sifatida aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va rafiqasi bo‘lgan «12-trest» tanlanmoqda.
Isroilning Eron yadro inshootidagi fojiada ayblanishi, AQSHda politsiyachi afroamerikalikni otib o‘ldirgani sababli namoyishlar boshlangani, Parijda noma’lum shaxsning kasalxona yaqinida odamlarga o‘q uzgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Aviakompaniya Quvayt — Toshkent — Quvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Haftaning birinchi yarmida respublikada iliq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Haftaning ikkinchi yarmiga kelib havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9−14 daraja, kunduzi 22−27 daraja iliq bo‘lgan biroz yuqori, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 2 so‘mga arzonladi va jami 10 475 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa biroz qimmatladi.
Izboskan tumanida G. va O. kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida 700 dollar evaziga «er-xotin mijoz»ga chaqaloqni bergan. Fuqaro O. 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, chaqaloqning onasiga esa shartli jazo tayinlandi.
Telegram messenjeri IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Messenjerning 30−50 mlrd dollarga baholanishi ko‘zda tutilmoqda.
Texnopark va Kuka kompaniyalari «Innoprom-2021» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomalar tuzishdi.
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Marg‘ilonda ham Lacetti avtomashinasi velosipedchini urib yuborgan. Natijada velosipedchi shifoxonada vafot etgan.
«Tolibon»ning Qatardagi vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar davomida O‘zbekistonning yirik infratuzilma loyihalari Afg‘onistonda to‘laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
Qirg‘izistondagi konstitutsiya referendumida saylovchilarning deyarli 80 foizi prezidentning vakolatlarini kengaytiradigan konstitutsiyaning yangi tahririni qo‘llab-quvvatlashdi.
Nura al-Matrush arab davlatlaridagi ilk ayol-astronavtga aylanadi. U va Muhammad al-Mulla BAAda 4 ming nafar nomzod orasidan tanlab olindi. Ular tez orada NASA astronavtlar tayyorlash dasturiga qo‘shilishadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting