Iordaniyada qirolning o‘gay ukasi davlat to‘ntarishini uyushtirishda gumon qilinishi, Vladimir Putinning unga yana prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagani, Myanmadagi to‘qnashuvlarda vafot etganlar sonining 564 kishiga yetgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Uch yil davomida qariyb 400 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qonliko‘ldagi 1-DMTT direktori sud tomonidan lavozimiga qayta tiklangan. Bundan norozi bo‘lgan tarbiyachilar namoyish o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘cha mudirasini qaytadan lavozimidan chetlashtirdi.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining sobiq bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qariyb 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkentning Yunusobod tumanida kechki payt 3 nafar fuqaro IIBga so‘rov uchun olib kelingan. Fuqarolar qo‘yib yuborilgandan keyin taxminan 6 soatlardan so‘ng ulardan birining murdasi topilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasida marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgani aniqlandi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatladi va jami 10 483 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hokimlikdagi qimmatbaho mashinalar chetdan keladigan mehmonlar uchun kerakligini ta’kidladi. U bu orqali ko‘plab investitsiyalar kelishi mumkinligiga urg‘u qaratdi.
Poytaxt hokimining qaroriga muvofiq, 7 apreldan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi.
Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun asosiy yig‘im va tariflarni pasaytiradi. Ushbu qaror havo transporti orqali sayohat qilishni jamoatchilik uchun yanada qulayroq qilishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosining «hozircha aniq kuni ma’lum emas, lekin bu aprel oxirida ro‘y beradi». 20 iyun kuni esa Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Navoiy shahrida o‘ziga tegishli bo‘lmagan 200 kv/metr yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
O‘zbekistonda hafta davomida respublikaning shimoliy hududlariga Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi, buning oqibatida ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati markaziy, sharqiy hududlarda kunduzi 23−26° iliqgacha, shimolda va janubda 27−32° iliqgacha ko‘tariladi.
Aprel oxiriga qadar Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjatda patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash ko‘zda tutiladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov internetda yoziladigan negativ fikr-mulohazalar bekorchilikdan kelib chiqishini aytdi. U konteynerda yashayotgan joyda insonlar Facebook va internet nimaligini bilmasligini ta’kidladi.
AQSH Kubaning Guantanamo prefekturasidagi qamoqxonasining eng maxfiy bo‘limi hisoblanadigan 7-lagerni yopdi. Endilikda qamoqxonadagi barcha mahbuslar ikkita lagerda (bungacha uchta lagerda saqlangan) saqlanadi, bu esa «qamoqxona xarajatlarini» kamaytiradi.
Moliya vazirligi mehnatga haq to‘lashning yagoni tizimini joriy etish bo‘yicha prezident qarori loyihasini ishlab chiqadi. Davlat organlari sonini administrativ islohotlar doirasida qisqartirish, qolaversa, hokimliklar tarkibi va boshqaruv kadrlari sonini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
50 ming dollarga Andijon shahar shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. U yerni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali olib berishini aytgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Yakshanba kuni yuz bergan suv toshqinlari va yer o‘pirilishi oqibatida Indoneziya va Sharqiy Timorda jami 76 kishi halok bo‘ldi, minglab aholi uysiz qoldi.
2020 yilda Davlat xavfsizlik xizmati organlari to‘rtta teraktning oldini oldi, ulardan ikkitasi O‘zbekistonda, yana ikkitasi MDH mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, 67 ta yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, 594 ta qurol noqonuniy muomaladan chiqarildi.
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tan jarohati yetkazganlik, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun jazoni kuchaytirish, shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlikni joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting