Qiymati qariyb 157 mln dollar bo‘lgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» quvvatining 15 foizida ishlamoqda. Zavod 2018 yil avgustida qurilgan, biroq sifat talabga javob bermagani uchun 100 mingta shina sotilmay qolgan, bu muddat davomida UzAuto Motors 60 mln dollarga shina sotib olgan. Parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov tashqi qarzlar qanchalik samarali sarflanayotganini so‘radi.
Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
O‘zbekistonda 1 aprel sanasidan buyon 5 kun ichida 35 mingdan ortiq kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani qabul qildi. Eng ko‘p emlanish holati Samarqand viloyati (1783 nafar) hamda Toshkent shahriga (1691 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.
Moliya vazirligi, «O‘ztransgaz», VEB.RF va «Gazprombank» O‘zbekistonning gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Loyihaga 618 mln dollargacha kredit ajratilishi mumkin.
Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko‘rsatgan itboqar unvonlari ta’sis etilib, unvonlar sohiblariga bir martalik pul mukofotlari hamda oylik, nafaqa va stipendiyalariga ustamalar belgilandi.
Toshkentda aviachipta sotuvchi operatorlar aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so‘m va 58,7 ming AQSH dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishganliklari aniqlangan.
Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydi. KXDR ma’muriyati ushbu qarorni o‘z sportchilarini COVID-19`dan himoya qilish istagida ekanligi bilan izohladi.
Phanes Group xalqaro kompaniyasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini quradi.
Ukrainaning MAU aviakompaniyasi 8 apreldan 29 aprelgacha Kiyevdan Toshkentgacha va Toshkentdan Kiyevgacha charter reyslarini amalga oshiradi.
Toshkent viloyatidagi 3 ta shahar va 3 ta tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 500 mlnga yaqin pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Carrefour brendi Samarqand Darvoza savdo markazidagi Makro o‘rnida o‘z supermarketining ochilishi haqida xabar bergan edi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro`ning mazkur masala bo‘yicha da’volarini qondirmadi.
Mirobod tumanida Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Nexia haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.
Adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinladi. U bilan O‘zbekistonda ayol prokurorlar soni ikki nafarga yetdi.
Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi «huquqiy bo‘shliq"lar mavjud bo‘lgan qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqmoqda, deya qayd etdi senator Farhod Boqiyev. Qurol va o‘q-dorilar muomalasi ustidan davlat nazorati funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish, qolaversa, o‘qotar bo‘lmagan qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Iordaniyada qirolning o‘gay ukasi davlat to‘ntarishini uyushtirishda gumon qilinishi, Vladimir Putinning unga yana prezidentlik saylovlarida qatnashishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagani, Myanmadagi to‘qnashuvlarda vafot etganlar sonining 564 kishiga yetgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Uch yil davomida qariyb 400 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qonliko‘ldagi 1-DMTT direktori sud tomonidan lavozimiga qayta tiklangan. Bundan norozi bo‘lgan tarbiyachilar namoyish o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘cha mudirasini qaytadan lavozimidan chetlashtirdi.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining sobiq bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qariyb 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkentning Yunusobod tumanida kechki payt 3 nafar fuqaro IIBga so‘rov uchun olib kelingan. Fuqarolar qo‘yib yuborilgandan keyin taxminan 6 soatlardan so‘ng ulardan birining murdasi topilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasida marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgani aniqlandi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatladi va jami 10 483 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting