Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘ldi
19 iyun 2020, 08:30

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida Captiva haydovchisi Cobalt mashinasini o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘ldi va yo‘l chetidagi ikkita avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi. Jami beshta avtomobil ishtirokidagi YTH natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘llab, qisqa fursatlarda virusni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi
19 iyun 2020, 01:43

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘llab, qisqa fursatlarda virusni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga yo‘llagan maktubida uning koronavirus kasalligiga chalingani to‘g‘risidagi xabarni katta xavotir bilan qabul qilganini ta’kidladi. O‘zbekiston prezidenti Elboshi virusni qisqa fursatlarda yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.

COVID-19 bo‘yicha kunlik o‘sish 85 tani tashkil etdi
18 iyun 2020, 23:34

COVID-19 bo‘yicha kunlik o‘sish 85 tani tashkil etdi

O‘zbekistonda kun davomida 85 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5767 taga yetdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 60 dan ziyod kishi cho‘kib ketdi
18 iyun 2020, 22:14

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 60 dan ziyod kishi cho‘kib ketdi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 64 kishi cho‘kib ketdi. Ularning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir.

“Og‘zidan ko‘pik oqib, boshi yorilgan edi” — Andijonda qiynoqlar qurbonining singlisi
18 iyun 2020, 22:04

“Og‘zidan ko‘pik oqib, boshi yorilgan edi” — Andijonda qiynoqlar qurbonining singlisi

Andijonda qiynoqlardan vafot etgan Alijon Abdukarimovning singlisi Daryo.uz nashriga bergan intervyusida akasi yil boshidan buyon bir necha marta IIBga chaqirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akasini fuqaro kiyimidagi odamlar raqamsiz avtomobilda olib ketgan.

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotlarini e’lon qiladi
18 iyun 2020, 20:05

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalar moliyaviy hisobotlarini e’lon qiladi

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga xalqaro standartlarga bo‘yicha moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish talabi qo‘yiladi. Jumladan, daromad va xarajatlar, qarzdorlik, kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqa statistik ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.

Karantin davrida Toshkentda 3270 ta nikoh qayd etildi
18 iyun 2020, 19:39

Karantin davrida Toshkentda 3270 ta nikoh qayd etildi

Karantin davrida Toshkentda FHDYO bo‘limlari tomonidan 3270 ta nikoh qonuniy qayd etildi.

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi
18 iyun 2020, 18:43

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining koronavirus aniqlangan ikki xodimida kasallik klinik belgilarsiz kechayotgani ma’lum qilindi. Ayni paytda hukumat doimiy tartibda ishlamoqda

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi
18 iyun 2020, 18:34

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi

Rossiya hududida 2018 yildan buyon rasman taqiqda bo‘lgan Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi. Roskomnadzor messenjer asoschisining terrorizm va ekstremizga qarshi kurashga tayyorligini ijobiy baholadi.

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi
18 iyun 2020, 17:10

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan 1️ avgustdan Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi
18 iyun 2020, 17:07

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi

Toshkent yana 35 nafar koronavirus bemori tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari soni oshdi
18 iyun 2020, 17:05

Koronavirus holatlari soni oshdi

O‘zbekistonda 33 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5730 taga yetdi. Yangi holatlarning 23 tasi Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelib, karantinga olinganlar orasida qayd etildi.

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
18 iyun 2020, 16:51

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urildi. YTH va yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi.

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
18 iyun 2020, 16:30

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash borasidagi qonunni imzoladi.

Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etiladi
18 iyun 2020, 16:24 1

Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etiladi

Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etiladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri — tibbiyot xodimlari — Tanzila Narbayeva
18 iyun 2020, 15:57

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri — tibbiyot xodimlari — Tanzila Narbayeva

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning 32 foizi tibbiyot xodimlari. Shuningdek, chaqaloq sotish sabablari o‘rganilganda, 9 tasi aybini yashirish, 10 tasi moddiy manfaat uchun ekani ma’lum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan
18 iyun 2020, 15:25

Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan

18 iyun Toshkentda aniqlangan 9 ta koronavirus holatlarining 2 nafari Vazirlar Mahkamasining xodimlarida qayd etilgan. 17 iyun kuni aniqlangan holatlar orasida esa ichki ishlar organi xodimi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJning 2 nafar mutaxassisi ham bor.

Dunyo bo‘ylab aviaqatnovlar 65 foizga qayta tiklandi
18 iyun 2020, 15:16

Dunyo bo‘ylab aviaqatnovlar 65 foizga qayta tiklandi

Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin bir kecha-kunduzda 181 mingta reys amalga oshirgan aviakompaniyalar hozirda kuniga 118 mingta reysni amalga oshirishmoqda.

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi
18 iyun 2020, 13:23

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlangan Dilshod Axatov Deli shahriga jo‘nab ketdi. Avvalroq, u tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi
18 iyun 2020, 12:18

Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti va mamlakatning xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi. U masofadan turib ishlashni davom ettirayotganligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting