Xonobodda temir yo‘l stansiyasi ishga tushdi
19 mart 2021, 15:51

Xonobodda temir yo‘l stansiyasi ishga tushdi

Andijon viloyatining Xonobod tumanida kuniga 500 nafargacha yo‘lovchi tashish mumkin bo‘lgan temir yo‘l stansiyasi ochildi.

«Hakam yangi o‘zgarishlarga tupurib ketdi» — Diyor Imomxo‘jayev
19 mart 2021, 15:31

«Hakam yangi o‘zgarishlarga tupurib ketdi» — Diyor Imomxo‘jayev

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev «So‘g‘diyona» — «Turon» uchrashuvida hakam bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan fikr bildirdi. Imomxo‘jayev hakam shu yo‘l bilan futboldagi o‘zgarishlarga tupurgani, futboldan ketgan ayrim insonlarga sodiqligini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

«Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — prezident hokimlar saylovi haqida
19 mart 2021, 14:56 1

«Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — prezident hokimlar saylovi haqida

Nurafshonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident hokimlar saylovi haqida gapirar ekan, «Biz bitta mahalla raisini ham adolatli saylay olmaymiz-ku» — deya ta’kidladi. «Jamiyat tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi?», — bu xiyonat dedi davlat rahbari.

17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga reabilitatsiya uskunalari topshirildi
19 mart 2021, 13:43

17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga reabilitatsiya uskunalari topshirildi

MTV tomonidan Toshkentdagi 17 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga ortopedik yurish trenajyorlari, rangli to‘p bilan to‘ldirilgan quruq hovuzlar, biziborlar topshirildi.

Davron Xidoyatov prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
19 mart 2021, 13:27

Davron Xidoyatov prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Shavkat Mirziyoyev viloyat yangi rahbarining «harakatchanligi, bilimi va o‘z ustida ishlashini» ta’kidlab o‘tdi. «Bunday kadrlardan har bir viloyatda 4−5 tadan bo‘lganida edi, yana ancha rivojlanib ketardik. Ming afsuski yo‘q», — dedi u.

O‘zbekiston kubogi-2021 saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi
19 mart 2021, 13:23

O‘zbekiston kubogi-2021 saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi

18 mart kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqichi uchrashuvlariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston kubogi-2021 final uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi
19 mart 2021, 13:10

FVV O‘zbekistonda uch kun kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.

«Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q» — prezident
19 mart 2021, 12:18

«Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q» — prezident

Prezident raisligida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, prezident hozirga qadar hech kim shahar yoki tuman hokimi o‘zi ariza yozmaganini qayd etdi.

IKEA O‘zbekistonda fabrika ochishi haqidagi xabarlarni rad etdi
19 mart 2021, 11:55

IKEA O‘zbekistonda fabrika ochishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Prezidentga Chirchiq shahrida IKEA kompaniyasining mebel ishlab chiqarish fabrikasi loyihasi taqdim etilgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda fabrika ochish rejada yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 2025 yilga qadar IKEA dunyo bo‘ylab 12 ta do‘qonini ochishni ko‘zda tutgan. Biroq, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatda ham mavjud emasligi aytilmoqda.

Xabib Nurmagomedov faoliyatini rasman yakunladi
19 mart 2021, 11:50

Xabib Nurmagomedov faoliyatini rasman yakunladi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov sportdagi faoliyatini rasman yakunladi, deb xabar berdi UFC rahbari Dana Uayt. Nurmagomedov hozirgacha 29 marta jang o‘tkazib, ularning hech birida mag‘lub bo‘lmagan.

Qibrayda beshta avtomobil to‘qnashdi
19 mart 2021, 09:59

Qibrayda beshta avtomobil to‘qnashdi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida payshanba kuni ertalab beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yo‘l kechasi yuvilgan, quyuq tuman ham tushgan.

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi
19 mart 2021, 00:20

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi

Toshkent metrosining «Olmazor» yer osti metro bekatidan «Sirg‘ali» yo‘nalishi «Choshtepa» yer usti metro bekatiga harakatlanayotgan tarkib to‘xtab qolishi natijasida navbatdagi tarkib bilan to‘qnauv sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

«U davlatning joyi» — prezident «Shovvozsoy» haqida
18 mart 2021, 22:35

«U davlatning joyi» — prezident «Shovvozsoy» haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda «Shovvozsoy» dam olish maskani O‘zbekiston rahbari uchun qurilgani haqida tahminlar paydo bo‘lgan edi. 18 mart kuni Prezidentning Quyi Chirchiq tumanidagi klasterga tashrifi mobaynida jurnalistlar undan shu haqida so‘radi. «U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor unga?», — deya munosabat bildirdi davlat rahbari.

Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yiladi, agar u ham ma’qul bo‘lmasa yerusti metrosi quriladi — prezident
18 mart 2021, 20:56

Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yiladi, agar u ham ma’qul bo‘lmasa yerusti metrosi quriladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning Iftixor mahallasi aholisi bilan uchrashuvdan Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yilishi, agar u ma’qul kelmasa yerusti metrosi qurilishini ma’lum qildi. «Chirchiq ancha charchab qoldi. Ya’ni, suv quvurlari, elektr energiya ta’minoti charchagan», — dedi davlat rahbari.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 mart 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Ispaniyaning evtanaziyani qonuniylashtirgani, Avstraliya aholisining 100 yildan beri ilk bor kamaygani, Baydenning so‘zlaridan keyin Rossiyaning o‘z elchisini Moskvaga maslahat uchun chaqirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Prezident Chirchiqda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ko‘zdan kechirdi
18 mart 2021, 19:56

Prezident Chirchiqda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ayrim ishlab chiqarish korxonalarini Chirchiqqa ko‘chirish hamda yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shaharda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ham ko‘zdan kechirdi.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» direktori o‘rinbosari 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi
18 mart 2021, 17:30

«Toshkent shahar suv ta’minoti» direktori o‘rinbosari 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi

Toshkentda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi.

«Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz» — prezident
18 mart 2021, 17:09

«Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz» — prezident

Prezident Quyi Chirchiqdagi klasterni borib ko‘rdi. Klasterda 8 ming 750 nafar, sholini qayta ishlash korxonasida 365 nafar aholi mehnat qilmoqda. Davlat rahbari asosiy e’tibor va harakat aholini ish bilan ta’minlashga qaratilganini aytdi. «Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz», — dedi prezident.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
18 mart 2021, 16:48

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi
18 mart 2021, 16:32

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting