Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi pandemiya davrida MSKT tekshiruvlari narxlarining asossiz oshirilganini o‘rganishda «Biznes-ombudsman» qarshiligiga duch kelganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston senatori mamlakat tadbirkorlari O‘zbekistonga eksport qilishda duch kelayotgan asosiy muammolarni sanab o‘tdi. Uning gaplariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan kirib kelayotgan 96 turdagi tovarga bojxona qiymatidan 5 foizdan 50 foizgacha aksiz solig‘ini qo‘llaydi. Qozog‘istonda esa o‘zbek mahsulolari uchun o‘xshash aksiz soliqlari mavjud emas.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisning birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovini pasaytirishni UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi kurashishning yagona yo‘li deb atadi. Shuningdek, qo‘mita o‘z hisob-kitoblariga shubha qilmasliklarini ta’kidladi.
Prezident tomonidan imzolangan Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Milliy gvardiya xizmatchisining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy qilib qo‘yiladi. Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. Qonun 2021 yil 20 maydan kuchga kiradi.
Hindistonda bosh aylanishi va hushidan ketish kabi alomatlar bilan noma’lum kasallik avj olgani sababli 350 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi. Bugungi kunga kelib ulardan 180 dan ortig‘i shifoxonadan chiqarildi, 160 ga yaqini xaligacha davolanishni davom etmoqda.
To‘rtko‘l tumanida o‘g‘rilikka ushgan uyda 79 yoshli ayol va uning nabirasini pichoqlab o‘ldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Yaqin ikki kun ichida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari, O‘zbekistonning aksariyat hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Tun vaqtlarida havo ayozli bo‘ladi.
S&P O‘zbekiston reyting prognozini «BB-» — salbiy deb baholadi. Ushbu prognoz tashqi qarzlar tez sur’atlarda o‘sishi mumkinligini anglatadi. Shunday bo‘lsa-da, agentlikning ta’kidlashicha, mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqei nisbatan kuchli bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) — Ochiq ma’lumotlar reytingida 125 pozitsiyaga yuqoriladi va Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariyatining Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati bilan olib borgan muzokaralari davomida quritilgan o‘rik mahsuloti uchun taqiq qo‘yilmaslikka kelishilib, faqatgina mahsulot yuklangan eksporter korxonaga nisbatan fitosanitar choralar ko‘riladigan bo‘ldi.
Samarqandda 4 gramm giyohvandlik vositasini 6 mln so‘mga sotgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 443 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz qimmatladi.
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Tashkent Pharma Park hududida koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarishni taklif qildi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi «Sanoat enegriya» qozonxonasida noqonuniy ravishda ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Gaz ta’minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar deyarli 572 million so‘mni tashkil etmoqda.
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi qo‘shma O‘zbekiston-Rossiya investitsiya fondini yaratishni taklif qildi.
4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.
Noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, rahbarlarning 61 foizi undan o‘ta olmagan.
4 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etish tashabbuslarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Oldin Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar bo‘ldi.
Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira.uz to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga oid retseptlar to‘plamini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting