Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi
19 may 2020, 23:25

Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi
19 may 2020, 23:16

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.

O‘zbekiston yana 12 ming fuqaroni xorijdan qaytaradi
19 may 2020, 20:48

O‘zbekiston yana 12 ming fuqaroni xorijdan qaytaradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunga qadar 39 ming nafar fuqaro mamlakatga qaytarilganini ma’lum qildi. Yana 12 ming nafar fuqaro horijdan qaytarilishi rejalashtirilmoqda.

“Hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi” — prezident tadbirkorlar mulkini olib qo‘yish holatlari haqida
19 may 2020, 20:02

“Hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi” — prezident tadbirkorlar mulkini olib qo‘yish holatlari haqida

“Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi.

O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi — Shavkat Mirziyoyev
19 may 2020, 19:50

O‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinishi haqida ma’lumot berildi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi
19 may 2020, 19:16

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi

25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.

KOICA suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam jo‘natdi
19 may 2020, 19:09

KOICA suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam jo‘natdi

KOICA Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yubordi. Yuk tarkibidan shaxsiy gigiyena vositalari, birlamchi mahsulotlar va bolalar ozuqlari o‘rin olgan.

Moliya vazirligi sug‘urta bozoridagi joriy holat bo‘yicha ma’lumot berdi
19 may 2020, 18:59

Moliya vazirligi sug‘urta bozoridagi joriy holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Sirdaryodagi ofat natijasida 4,351 ta uy-joyga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa, ulardan faqatgina 212 tasining sug‘urtalangani ma’lum bo‘ldi. Sug‘urta sohasining umumiy hajmi esa YaIMning 0,5 foizini, aholi jon boshiga 14,7 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonga yagona moliyaviy regulyator kerak — Otabek Nazirov
19 may 2020, 18:20

O‘zbekistonga yagona moliyaviy regulyator kerak — Otabek Nazirov

Hozirda moliyaviy bozorning u yoki bu segmentini kamida uchta davlat organi boshqarmoqda; bu esa yagona siyosat shakllanishini yanada murakkablashtiradi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbari Otabek Nazirov yagona moliyaviy regulyatorni tashkil etish O‘zbekistonga nima berishi va bu iqtisodiyotga mablag‘ jalb etishning asosiy manbai sifatida davlatga bo‘lgan bosimni yumshatish imkonini berishi haqida.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlanadi
19 may 2020, 18:11

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlanadi

Prezident farmoniga binoan, O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlanadi. Organik qishloq xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi
19 may 2020, 18:08

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.

Poytaxt savdo markazi qarshisidagi avtoturargoh o‘rnida nima quriladi?
19 may 2020, 17:07

Poytaxt savdo markazi qarshisidagi avtoturargoh o‘rnida nima quriladi?

Chexiya kompaniyasi o‘zbek ta’sischisi bilan birgalikda Toshkentdagi Poytaxt savdo markazi qarshisida joylashgan avtoturargoh o‘rniga 9 qavatli tijorat ob’ektini qurishni rejalashtirmoqda. Uchta yer osti qavatining avtoturargohga ajratilishi, qolgan qavatlarda savdo ob’ektlari va idoralar bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunga inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritiladi
19 may 2020, 16:15

Yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunga inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritiladi

Yangi tahrirdagi “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonunga har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash, har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan “inklyuziv ta’lim” tushunchasi ham kiritildi.

COVID-19 holatlari soni 23 taga ko‘paydi
19 may 2020, 16:05

COVID-19 holatlari soni 23 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 2825 taga yetdi.

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi
19 may 2020, 14:32

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi

Dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘cha va yopiq binolarga sepish koronavirusga qarshi kurashda samarasiz, deb hisoblamoqda JSST. Aksincha, bunday amaliyot ko‘z, nafas olish organlari va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Captiva haydovchisi velosipedchining o‘limiga sabab bo‘ldi
19 may 2020, 12:29

Captiva haydovchisi velosipedchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Dang‘ara tumanida to‘satdan chapga qayrilgan Captiva velosipedchining o‘limiga sabab bo‘ldi.

XVJ 375 mln dollarlik imtiyozli kreditni ma’qulladi
19 may 2020, 11:33

XVJ 375 mln dollarlik imtiyozli kreditni ma’qulladi

XVJ koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini yumshatish uchun O‘zbekistonga 375 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi.

Koronavirus bemorlari soni 2800 nafardan oshdi
19 may 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 2800 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2802 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 475 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 515 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Prezident inqirozga qarshi yangi choralarni tasdiqladi
18 may 2020, 22:56

Prezident inqirozga qarshi yangi choralarni tasdiqladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra kichik biznes mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushiriladi va boshqalar.

34 kishiga COVID-19 yuqtirgan shifokorga ochilgan jinoyat ishi bekor qilindi
18 may 2020, 21:58

34 kishiga COVID-19 yuqtirgan shifokorga ochilgan jinoyat ishi bekor qilindi

Bosh prokuratura Samarqand viloyatida 34 kishiga koronavirus yuqishiga sabab bo‘lgan shifokorga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qilib, barcha holatlar to‘liq tekshirilmasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tan oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting