Suv toshqinida ilmiy yozmalari yo‘qolgan tadqiqotchiga doktorlik darajasi berildi
21 may 2020, 13:57

Suv toshqinida ilmiy yozmalari yo‘qolgan tadqiqotchiga doktorlik darajasi berildi

Prezident topshirig‘i bilan Sardoba toshqinida ilmiy yozmalarini yo‘qotgan sirdaryolik yosh olimaga doktorlik darajasi istisno tariqasida berildi. Tayanch doktori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn tarzda o‘z dissertatsiyasini yoqladi.

22 maydan muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat beriladi
21 may 2020, 13:14

22 maydan muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 22 maydan boshlab “sariq” va “yashil” toifadagi hududlarda ochiq sayilgoh, muzey va san’at galereyalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari mumkin emas. O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Toshkentda birlamchi bozordan uy sotib olishga qo‘yilgan 5 foizlik stavka bekor qilindi
21 may 2020, 12:28

Toshkentda birlamchi bozordan uy sotib olishga qo‘yilgan 5 foizlik stavka bekor qilindi

Prezident qaroriga binoan, Toshkentda “propiskaga” ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari uchun birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor qilindi.

Poytaxtdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi
21 may 2020, 12:14

Poytaxtdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi

Toshkentdagi Homiylik xayriyalairni muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi. 50 kunlik faoliyat davomida markaz tomonidan 85 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilib, ularga jami 11,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar va dori vositalari yetkazib berilgan.

Prezident Andijonga jo‘nab ketdi
21 may 2020, 10:13

Prezident Andijonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, odamlar hayoti bilan tanishish maqsadida Andijonga jo‘nab ketdi.

Koronavirus bemorlari soni 2950 nafarga yetdi
21 may 2020, 10:04

Koronavirus bemorlari soni 2950 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2950 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 565 kishi davolanmoqda, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 45 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 540 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Toshkentda qurilgan uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi
21 may 2020, 00:41

Toshkentda qurilgan uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi

Toshkentda Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz o‘tkazish imkoniyatiga ega uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.

Koronavirus holatlari soni 2939 taga yetdi (+12)
20 may 2020, 22:58

Koronavirus holatlari soni 2939 taga yetdi (+12)

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 12 taga ko‘payib, jami 2939 taga yetdi. Kun davomida 84 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi.

Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona Bolalar milliy tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi
20 may 2020, 22:15 4

Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona Bolalar milliy tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda foydalanishga topshirilgan Bolalar milliy tibbiyot markazini borib ko‘rdi. Markaz, jumladan, onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Adliya vazirligi tuzilmasida ikkita yangi boshqarma tashkil etildi
20 may 2020, 21:25

Adliya vazirligi tuzilmasida ikkita yangi boshqarma tashkil etildi

Adliya vazirligi tuzilmasida Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi va Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi tashkil etildi. Shuningdek, Namangan va Qarshida sinov tariqasida yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.

Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi
20 may 2020, 20:57

Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda barpo etilgan Adiblar xiyoboni, xiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurdi. Davlat rahbari “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.

1-yanvargacha idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish to‘xtatiladi
20 may 2020, 20:34

1-yanvargacha idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish to‘xtatiladi

Idoraviy qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida, 1-oktyabrdan boshlab esa to‘liq yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi vakolatlari kengaytirilmoqda
20 may 2020, 20:18

Adliya vazirligi vakolatlari kengaytirilmoqda

Adliya vazirligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. 2018−2019 yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyatini o‘rganish, aholiga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar sonini 15 taga oshirish shular jumlasidan.

Urganchda karantin hududidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
20 may 2020, 18:07

Urganchda karantin hududidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Harbiylar Urganchdagi karantin hududidan bir necha marta qochishga uringan shaxsni ushladi. U panjaradan oshib o‘tayotgan vaqtda havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.

Qozog‘iston prezidenti YeOII rivojlanish strategiyasini qabul qilmadi
20 may 2020, 17:54

Qozog‘iston prezidenti YeOII rivojlanish strategiyasini qabul qilmadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev YeOIIning 2025 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasini qabul qilmadi. U strategiya hozirgi holatida jamoatchilik tomonidan rad etilishi, shuningdek, hukumat va parlamentning suveren huquqlarini cheklashini ta’kidladi.

Mudofaa vazirligida armiya sporti tashkil etiladi
20 may 2020, 17:44

Mudofaa vazirligida armiya sporti tashkil etiladi

Mudofaa vazirligi Sport klubi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markaziga aylantiriladi. Markaz mustaqil boshqarma sifatida armiyada ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Surxondaryodagi eng oxirgi koronavirus bemori ham sog‘aydi
20 may 2020, 17:30

Surxondaryodagi eng oxirgi koronavirus bemori ham sog‘aydi

Surxondaryodagi eng oxirgi COVID-19 bemori sog‘ayib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni 2369 nafarga yetdi.

Koronavirus aniqlangan holatlar soni 2900 tadan oshdi
20 may 2020, 17:01

Koronavirus aniqlangan holatlar soni 2900 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga oshdi va jami 2927 taga yetdi. Yangi holatlarning 28 tasi karantindagilar, 19 tasi xorijdan kelganlar orasida aniqlandi.

Xalq qabulxonalari: suv toshqinidan zarar ko‘rgan 3,5 ming oila holati o‘rganildi
20 may 2020, 16:54

Xalq qabulxonalari: suv toshqinidan zarar ko‘rgan 3,5 ming oila holati o‘rganildi

Xalq qabulxonalariga suv toshqinidan zarar ko‘rgan fuqarolardan 1,1 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 89 foizi joyida hal qilindi. Shuningdek, vaqtincha ko‘chirilgan oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularning kunlik ehtiyojlari qondirilmoqda.

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi
20 may 2020, 16:45

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi

Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting