Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 443 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz qimmatladi.
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Tashkent Pharma Park hududida koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarishni taklif qildi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi «Sanoat enegriya» qozonxonasida noqonuniy ravishda ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Gaz ta’minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar deyarli 572 million so‘mni tashkil etmoqda.
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi qo‘shma O‘zbekiston-Rossiya investitsiya fondini yaratishni taklif qildi.
4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.
Noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, rahbarlarning 61 foizi undan o‘ta olmagan.
4 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etish tashabbuslarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Oldin Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar bo‘ldi.
Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira.uz to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga oid retseptlar to‘plamini taqdim etadi.
Germaniyada COVID-19 ga qarshi emlanishning bepul va ixtiyoriy bo‘lishi, Moldova parlamentining prezident vakolatlarini qisqartirgani va rus tili maqomini oshirgani, Pfizer yil oxiriga qadar vaksinalarning yarmini ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi faoliyati bilan tanishdi. Majmuada 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib, o‘rnatilgan. «Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilishi uchun juda katta zamin bo‘ladi», — deya ta’kidladi prezident.
O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50−100 BHM dan 100−150 BHM gacha oshirildi. Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.
Rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqaradigan Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi. Loyihaning umumiy qiymati 420 mln dollarni tashkil etib, yiliga 750 ming tonnagacha metall ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‘zini qoplash muddati taxminan 8,6 yil.
Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. 2018 yilgi ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatilgan edi. Endi, Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishi mumkin. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — dedi uning advokati Gregori Manja.
Qashqadaryo viloyatida «Matiz» avtomashinasi nosoz yo‘lni aylanib o‘tish chog‘ida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, «Cobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Mazkur YTH oqibatida ikki kishi vafot etgan.
Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayib, havo harorati odatdagidan biroz past bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 4−7 daraja iliqqacha ko‘tarilib, kechalari 4−7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17−20 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
O‘zbekistonga Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi. Preparat namunalari O‘zbekiston hududida vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlar uchun yetkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodini ishga tushirdi. Mazkur majmuada birinchi bosqichda 400 mln dollarga yaqin mablag‘ tejaladi, yiliga 90 mln dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Davlat rahbari ushbu majmua ochilishini «tarixiy voqea» deb atadi. «Harakatlarimizning asosiy maqsadi yaqin yillarda yaxlit, „noldan tayyor mahsulotgacha“ bo‘lgan metall ishlab chiqarish klasterini yaratishdan iborat», — dedi prezident.
Fayzulla Mamanov Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralarda TAPOiCh aviazavodining taqdiri muhokama qilinganini ma’lum qildi. «Meni ham alamim bor. Dunyoda sanoqli samolyot chiqaradigan davlatlar bor edi, biz uni o‘z qo‘limiz bilan yopdik, ming afsus. Lekin baribir biz uni tiklashga juda ko‘p harakat qilayapmiz», — dedi davlat rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting