«SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari» bolalar mahallalari, yoshlar uylari va ijtimoiy markazlari etib qayta nomlanadi.
11 oyda poytaxtda daraxtlarni kesish bilan bog‘liq 307 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 297 tasi ma’muriy huquqbuzarlik, 9 tasi esa jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq. «Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov.
Toshkent viloyatida iste’molchilarni asossiz ravishda elektr ta’minotidan uzib qo‘ygan Toshkent, Zangiota, Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.
25 noyabr kuni ertalab Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokidagi YTH yuz berdi. Unda haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Samarqand viloyati — elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lib, viloyatdagi qarzdorlik 646 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Qarzdorlik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Navoiy (410 mlrd so‘m) va Andijon (273 mlrd so‘m) viloyatlari turibdi.
Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan Shoxrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Bemorlar kamaygani bois, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi «Atlas» do‘konida COVID-19 va atipik pnevmoniya bemorlari uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopildi. «Yoshlik» sport majmuasidagi markaz faoliyati ham to‘xtatilishi kutilmoqda.
Ilon Maskning eng boy odamlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi, bitkoin narxining sezilarli o‘sishi, Apple xavfsizlik xizmati rahbarining korrupsiyada ayblanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi ko‘tarildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Huquqbuzarlarning 167 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi. Ular qatorida Sirdaryo tumani hokimi [11,7 mln so‘m] va «Vuildinig and Supplies» qurilish korxonasi [630,4 mln so‘m] jarimaga tortilgan. 17 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
COVID-19 ga qarshi «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiquvchilari uning samaradorligini 95% dan yuqori ekanligini e’lon qilishdi. Xalqaro bozorlar uchun bitta vaksina dozasi 10 dollardan kamroqqa narxlanmoqda.
Toshkent hokimining boshqaruv apparati 1 mlrd so‘mga 4965 dona prezident portretlarini sotib olgan. Shartnoma Kolorpak kompaniyasi bilan tuzilgan.
Sirdaryo viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘l chetidan o‘tgan gaz tarmog‘iga borib urildi. Oqibatda Shirin shahri vaqtincha gazsiz qoldi.
10 oy davomida avtomobil eksporti hajmi 66,8 foizga, ya’ni 50,9 mln dollarga oshgan bo‘lib, tashqi bozorlarga sotilgan avtomobillarning deyarli 90 foizini Qozog‘iston xarid qilgan.
Koronavirus infeksiyasi sababli Xitoyda yuzlab reyslar bekor qilindi. Jumladan, Shanxayning «Pudong» xalqaro aeroportida kamida 436 ta, Tyanszindagi «Binxay» aeroportida esa 165 ta reys to‘xtatilgan.
2021 yil davomida tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmasligi belgilanmoqda, deya xabar qildi deputat Rasul Kusherbayev. Bosh vazir Abdulla Aripov ushbu xabarni tasdiqlab, bu aholi uchun yengillik yaratish yo‘lida qilinayotganini ta’kidladi.
Baxmal tumanida yupun kiyingan bolalar ishtirok etgan tadbir tashkilotchilariga tumani hokimligi tomonidan ogohlantirish berildi hamda qonuniy tartibda chora ko‘riladigan bo‘ldi. Tadbir 5−6 daqiqa davom etgan va bolalar uzoq vaqt tashqarida qolmagan, deya xabar berdi hokimlik.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining aniqlashicha, ikkilamchi bozor hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400−500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi. ITIM ekspertlari ikkilamchi avtomobil bozordagi avtomobillarning narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish bo‘yicha amaliy tadqiqot o‘tkazdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga moratoriy 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin. Qo‘mita bu boradagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritdi.
Qashqadaryo viloyatida 2018, 2019 va 2020 yilning shu davriga nisbatan ichimlik suvi uchun ajratilgan 23 mlrd so‘m mablag‘ samarasiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Aytilishicha, buning oqibatida 10 ta hududga haligacha ichimlik suvi yetib bormagan. Viloyatning Nishon, Kasbi, Koson, Muborak tumanlariga ham ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanilmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting