AQSH O‘zbekiston uchun savdo imtiyozlarini saqlab qoldi
3 noyabr 2020, 12:52

AQSH O‘zbekiston uchun savdo imtiyozlarini saqlab qoldi

AQSH Savdo vakolatxonasi O‘zbekistondagi ishchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tekshiruvlarni yakunladi va mamlakatning AQSHga umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha bojsiz mahsulot jo‘natish huquqini saqlab qoldi.

Venada bir nechta hujumlar sodir etildi
3 noyabr 2020, 12:40

Venada bir nechta hujumlar sodir etildi

Noma’lum shaxslar guruhi Avstriya poytaxti Venada hujum uyushtirdi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi vafot etgan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan. Hujumchilardan biri qo‘lga olish paytida o‘ldirildi, qolganlari qochishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat kansleri ushbu hujumlarni «terakt» deb atadi.

Islomshunos olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi
3 noyabr 2020, 12:03

Islomshunos olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi.

Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etilishi kutilmoqda
3 noyabr 2020, 11:11

Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etilishi kutilmoqda

Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Filialga qabul 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Xitoy vaksinasi 5 mingga yaqin o‘zbekistonliklarda sinovdan o‘tkaziladi
3 noyabr 2020, 10:44

Xitoy vaksinasi 5 mingga yaqin o‘zbekistonliklarda sinovdan o‘tkaziladi

Koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichi 5 mingga yaqin o‘zbekistonliklarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, O‘zbekiston vaksinani imtiyozli narxlarda sotib olishi mumkin.

Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish yil oxiriga qadar davom etadi
3 noyabr 2020, 10:27

Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish yil oxiriga qadar davom etadi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to‘xtatilgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» UK ushbu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilib, izoh berdi.

Davlat va huquq instituti tashkil etildi
3 noyabr 2020, 09:23

Davlat va huquq instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Muassasa qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar beradi.

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi
2 noyabr 2020, 22:52

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi

Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 noyabr 2020, 21:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Moldovada prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi, Germaniyada karantin choralarining kuchaytirilishi, Black Star kompaniyasi bank hisoblarining bloklanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Haftalik texno-yangiliklar dayjesti
2 noyabr 2020, 21:09

Haftalik texno-yangiliklar dayjesti

Samsung kompaniyasi rahbari vafot etdi, Starlink internetining sinovlari va natijalari, AMD kompaniyasining yangi videokartalari, Cyberpunk 2077ning qoldirilishi va boshqa texno-yangiliklar «Gazeta.uz» dayjestda.

Farg‘ona vodiysi yo‘llarida fotovideofiksatsiya qurilmalari (kameralar) ishga tushdi
2 noyabr 2020, 19:55

Farg‘ona vodiysi yo‘llarida fotovideofiksatsiya qurilmalari (kameralar) ishga tushdi

2 noyabrdan Farg‘ona viloyatida haydovchilarning qoidabuzarligini onlayn tarzda foto va video kameralar orqali aniqlash boshlandi.

Ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini oshirish rejalashtirilmoqda
2 noyabr 2020, 17:50

Ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini oshirish rejalashtirilmoqda

2021 yilda noturar va turar-joy binolari, shuningdek, yengil avtomobil va yuk mashinalari uchun ijaraning eng kam stavkalarini oshirish rejalashtirilmoqda.

Remdesivir dori vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
2 noyabr 2020, 17:30

Remdesivir dori vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida dorixonadan tashqarida remdesivir dorisini 850 ming so‘mdan hisoblab, 200 qutisini 170 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Oldinroq JSST remdesivir dori vositasini COVID-19 ni davolashda samarasiz deb topgan edi.

38 mln so‘mlik pirotexnika olib ketayotgan Mercedes-Benz ushlandi
2 noyabr 2020, 17:27

38 mln so‘mlik pirotexnika olib ketayotgan Mercedes-Benz ushlandi

547,2 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Mercedes-Benz to‘xtatildi. Olib ketilayotgan mahsulotning taxminiy qiymati 38 mln so‘m deb belgilanmoqda.

Olmazor tumanida 50 ming dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi
2 noyabr 2020, 17:13

Olmazor tumanida 50 ming dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi

Olmazor tumanida «internet» saytlarida ayol kishining videolarini tarqatishini va oila a’zolariga ko‘rsatishini tahdid qilib 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi.

Qoraqalpog‘istonda mast holda transport boshqarish 45,4 foizga kamaydi
2 noyabr 2020, 17:12

Qoraqalpog‘istonda mast holda transport boshqarish 45,4 foizga kamaydi

Qoraqalpog‘iston sudlari uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi. Xususan, bu davr mobaynida 954 kishiga nisbatan 735 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga kamaygan bo‘lsa, shaxslar soni esa 4,6 foizga ko‘paygan.

«Propiska»ni qanday qilib onlayn olish mumkin?
2 noyabr 2020, 15:32

«Propiska»ni qanday qilib onlayn olish mumkin?

Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olish (propiska) bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun OneID va elektron raqamli imzo kaliti talab etiladi. Uni qanday olish bo‘yicha qo‘llanma.

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
2 noyabr 2020, 15:13

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Noyabr oyida o‘rtacha harorat oktyabrga nisbatan 5−7 daraja pastroq bo‘lishi va yog‘ingarchilik ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Oyning ikkinchi qismidan boshlab harorat kechasi 5−8 daraja iliqdan 0−3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17−20 daraja issiqdan 3−6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi
2 noyabr 2020, 13:39

Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi

Yaroqsiz holatga kelib qolgani uchun bundan olti oy oldin harakat to‘xtatilib, qatnovlar amalga oshirilmayotgan Norin daryosi ko‘prigi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlandi
2 noyabr 2020, 13:19

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlandi

Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting