Daniyadagi qorakuzanlarda (norka) mutatsiyaga uchragan koronavirus aniqlangani sababli, 1139 ta fermer xo‘jaligidagi 15−17 mln jonivorni yo‘q qilish rejalashtirilmoqda.
Covid-19 ga qarshi vaksina nafaqat Xitoy, balki vaksina ishlab chiqilayotgan boshqa davlatlardan ham keltirilishi rejalashtirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vaziri aholiga har qanday vaksinani olib kelish uchun bir necha vaksinalarning sinovini parallel ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Toshkentda kamerunlik fuqaroni to‘rt kun davomida tutqunlikda saqlab, unga turli tan jarohatlari yetkazgan jinoiy guruhga 5 yillik qamoq jazosi belgilandi.
Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Fiskal institut tashkil etish rejalashtirilmoqda. Institutda darslar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
O‘zbekistonda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishadi. Yanvar-sentyabr oylari davomida ushbu markazlar tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.
O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.
Farg‘ona viloyatida «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish boshlandi. Investitsiyaviy loyihaning umumiy qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi.
Poytaxtda «Toshkent yoshlarni sevadi!» shiori ostida bir oy davom etadigan yoshlar festivali o‘tkaziladi. Festival doirasida mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ekskursiyalar, viktorinalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden eng muhim Viskonsin va Michigan shtatlarida g‘olib bo‘ldi. Donald Tramp ushbu shtatlardagi ovozlarni hisoblash bo‘yicha shikoyat qilmoqchi. Jo Bayden g‘alaba qozonishi uchun saylovchilar kollegiyasining yana 6 ta ovozini olishi kifoya. 4 ta shtatdagi natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Alisher Jamoliddinov direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.
O‘zbekiston 9 oy davomida 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarib, Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarga 24,2 mln dollarlik mahsulot sotdi.
«O‘zneftmahsulot» boshqaruvi raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Koronavirus tarqalishi sababli Italiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy qildi. Muzey va ko‘rgazmalar yopilib, yuqori maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.
Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini oshkor qildi. Avvalroq abituriyentlardan 80 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ kelib tushgani xabar qilingan edi.
Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisadan jarohat olgan yoki vafot etganlar yo‘q.
Hukumat qarori bilan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar hokimi va sektorlar rahbarlari tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting